Kyuri (birlik)
Kyuri – radionuklid faolligi o‘lchov birligi bo‘lib, SI tizimiga kirmaydi. O‘zbekcha belgilanishi Ki (кирилл алифбосида Ки), xalqaro belgilanishi Ci. Asosan, yadro fizikasida va tibbiyotning ayrim tor sohalarida qo‘llanadi. Xalqaro Metrologiya qonunchiligi tashkiloti tomonidan, milliy qonun hujjatlariga ko‘ra qo‘llashga ruxsat berilishi mumkin bo‘lgan tizimlashmagan birliklar safida e’tirof etadi.
Uning ta’rifi quyidagicha: agar, moddada har soniyada 3,7∙1010 marta radioaktiv parchalanish sodir bo‘layotgan bo‘lsa, ushbu moddaning faolligi 1 Ki bo‘ladi.
Kyuri birligining SI tizimidagi muqobili bu – bekkerel birligi bo‘lib, ular orasidagi nisbat quyidagicha:
1 Ki = 3,7∙1010 Bk (aniq);
1 Bk ≈ 2,7027∙10−11 Ki.
1 Ki radionuklid faolligi avvaliga 1 gramm radiy-226 bilan radioaktiv muvozanatda turgan radiy (radon-222) emanatsiyasi faolligi tarzida ta’riflanar edi. Lekin, keyinchalik ushbu ta’rifdan voz kechildi. Sababi, radiy-226 ning yarim yemirilish davri aniq o‘rnatilmagan buning oqibatida kelib chiqadigan o‘lchov xatoligi o‘ndan bir foizgacha yetishi mumkin edi. Kyuri birligi 1910-yilda fransuz fizigi Pyer Kyuri sharafiga nomlangan bo‘lib, Bryusselda bo‘lib o‘tgan, radiologiya va elektr kongressida qabul qilingan.
Kyuri birligining gigakyuri (GKi), megakyuri (MKi), kilokyuri (kKi), millikyuri (mKi), mikrokyuri (mkKi), nanokyuri (nKi), hamda, pikikyuri (pKi) tarzidagi karrali va ulushli birliklari ham qo‘llaniladi. Bunga ko‘ra:
- 1 GKi = soniyasiga 3,7∙1019 Bk yemirilish ≈ daqiqasiga 2,22∙1021 Bk yemirilish;
- 1 MKi = soniyasiga 3,7∙1016 Bk yemirilish ≈ daqiqasiga 2,22∙1018 Bk yemirilish;
- 1 kKi = soniyasiga 3,7∙1013 Bk yemirilish ≈ daqiqasiga 2,22∙1015 Bk yemirilish;
- 1 mKi = soniyasiga 3,7∙107 Bk yemirilish ≈ daqiqasiga 2,22∙109 Bk yemirilish;
- 1 mkKi = soniyasiga 3,7∙104 Bk yemirilish ≈ daqiqasiga 2,22∙106 Bk yemirilish;
- 1 nKi = soniyasiga 3,7∙101 Bk yemirilish ≈ daqiqasiga 2,22∙103 Bk yemirilish;
- 1 pKi = soniyasiga 3,7∙10−2 Bk yemirilish ≈ daqiqasiga 2,22 Bk yemirilish.
Inson organizmida kaliy elementining tabiatda tarqalganlik bo‘yicha 0,0117% ulushini tashkil qiluvchi kaliy-40 radioaktiv izotopi mavjud bo‘ladi. Kaliy-40 ning yarim yemirilish davri 1,248 milliard yilni tashkil qiladi va uning faolligi 0,1 mkKi (4-5 Bk) ni tashkil qiladi.
Kyuri birligini yadro fizikasida shuningdek, radioaktiv atomlar miqdorining o‘lchov birligi sifatida ham ishlatiladi. Ya’ni, ma’lum miqdordagi radionuklidning atomlari sonini uning radioaktiv parchalanishlari soniga ko‘ra belgilash mumkin. Bunda, parchalanish natijasida, muayyan radionuklidning belgilangan sondagi atomlari, berilgan vaqt ichida kamayib boradi. Muayyan radionuklidning bir gramm atomlarida bir soniya ichida ro‘y beradigan parchalanishlar soni ushbu radionuklidning solishtirma faolligi deyiladi.
Shu tariqa, muayyan radionuklid faolligini bilgan holda, undagi atomlar sonini aniq hisoblab chiqish mumkin bo‘ladi. Bunda 1 Ki radioaktiv atomlar soni quyidagi formulaga ko‘ra aniqlanadi:
bunda, NA – Avogadro soni, t1/2 – yarim yemirilish davri.
Xuddi shu kattalikni daqiqa, soat, kun va yil hisoblarida ifodalasak, quyidagi natijalarga ega bo‘lamiz:
≈5,3183×10−12 mol-daqiqa;
≈3,1910×10−10 mol-soat;
≈7,6584×10−9 mol-kun;
≈2,7972×10−6 mol-yil.
Ushbu formulaga ko‘ra ayrim radioaktiv elementlarning 1 Ki radionuklid faolligi bilan bog‘liq massalarini hisoblab chiqish mumkin. Buning uchun mollar miqdorini m.a.b. ga ko‘paytirish orqali, grammlarga o‘girish mumkin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda:https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda:@OrbitaUz
Google+ :https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz:https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|