Massaning atom birligi
Zarracha (molekula, atom va hokazo) larning massasini ifodalash uchun avvallari ikki usuldan foydalanilar edi. Birinchisi - ularning massa birligi - grammlar bilan ifodalanadigan mutlaq qiymatlari va ikkinchisi - ularning nisbiy kattaliklari (shartli ravishda birlik sifatida qabul qilingan biror zarracha massasiga nisbati). Fizika va kimyoda qabul qilingan bunday kattalik - massaning atom birligi (m.a.b.) bir-biridan bir oz farqlanar edi.
Kimyoda massaning atom birligi sifatida tabiiy kislorod atom massasining 1/16 hajmi qabul qilingan edi. Bu birlik kimyoviy-kislorod shkalasi bo'yicha massaning atom birligi nomiga ega bo'lib,u
1,660210-27 kg ga teng edi.
Fizikada esa massaning atom birligi sifatida massa soni 16 ga teng bo'lgan eng yengil kislorod izotopi massasining 1/16 qismi qabul qilingan edi (ma'lumki, massa soni atom yadrosidagi proton va neytronlarning yig'indisiga teng).
Bu birlik fizik-kislorod shkalasi bo'yicha massaning atom birligi nomi bilan atalib, u 1,659710-27 kg ga teng edi.
Massaning atom birligi kattaliklarining kimyoviy va fizik-kislorod shkalalari bo'yicha olingan o'lchamlaridagi farq quyidagicha tushuntirilar edi. Kimyoviy shkalaga asos qilib olingan tabiiy kislorod, massa sonlari 16; 17 va 18 ga teng bo'lgan uchta barqaror kislorod izotoplaridan iborat; bu uch izotop tabiiy kislorod tarkibida 99,76; 0,04 va 0,20 foizdan mavjud. Shuning uchun kimyoviy-kislorod shkalasi bo'yicha olingan massaning atom birligi fizik-kislorod shkalasi bo'yicha olingan massaning atom birligidan 1,00 275 marta katta.
Massaning atom birliklarini birxillashtirish maqsadida va, shuningdek, atom massalarining aniq eksperimental ta'rifi kislorod atomidan ko'ra uglerod atomlari bilan ko'proq bog»liq ekanligini e'tiborga olib, Nazariy va amaliy fizika Xalqaro ittifoqi [IYUPAP] bilan Nazariy va amaliy kimyo Xalqaro ittifoqi [IYUPAK] birgalikda, 1961-yilda uglerod atomi asosida fizika va kimyo uchun yagona bo'lgan massaning atom birligini o'rnatishga qaror qabul qildi.
Uglerod shkalasi bo'yicha massaning atom birligi , yuqorida aytganimizdek, massa soni 12 ga teng bo'lgan uglerod massasining 1/12 qismiga teng. Uglerod shkalasi bo'yicha massaning atom birligining hozirgi kunda aniqlangan eng katta anqilik darajasidagi qiymati 1.66053886 (28) 10-27 kg ga teng.
Kimyoviy-kislorod shkalasi bo'yicha massa atom birligining uglerod shkalasi bo'yicha massa atom birligiga nisbati 1,00 0043Â ga teng; fizik-kislorod shkalasi bo'yicha massa atom birligining uglerod shkalasi bo'yicha massa atom birligiga nisbati esa 1,000319 ga teng.
Hozirgi kunda buning unchalik ahamiyati bo'lmasa ham, shuni yodda tutish kerakki, massaning yangi atom birligi kimyoviy shkala bo'yicha olingan eskirgan birlikka ancha yaqin. Massaning yangi atom birligi asosida kimyoviy elementlarning atom massalari, kimyoviy moddalarning molekulyar massalari va atom yadrolarining massalari aniqlanadi.
Massaning atom birligi (m. a. b.) ga old qo'shimchalar qo'shib ishlatish va yangi o'lchovlar hosil qilish mumkin emas.
.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda:https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda:@OrbitaUz
Google+ :https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz:https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|