Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Plazma

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 19
Juda yomon!A'lo! 

Plazma

Plazma bu ko‘p sonli ionlar va elektronlardan tashkil topgan kuchli ionlashgan gazdir. Plazma hosil qilish uchun, energiyaning turli shakllaridan - issiqlik energiyasi, elektr, yoki, nurlanish energiyalaridan foydalanish mumkin. Masalan, gazni shunchalik kuchli qizdirilsaki, unda, atomlarning o‘zaro to‘qnashishi natijasida, bir-biridan elektronlarni urib chiqarib yuborsa, ushbu gaz plazma holatiga o‘tadi. Gazning o‘zi singari, plazma ham, o‘zi turgan idish shakliga kiradi. Oddiy gazlardan farqli o‘laroq, plazma magnit maydoni ta'sirida turli xil strukturalar hosil qiladi va ularning ko‘rinishi xuddi naqshlar singari, turli katakchalar, qatlamlar va chiziqlar ko‘rinishida bo‘ladi. Shuningdek, oddiy gazlarda uchramaydigan yana bir holat - uning muhitida tarqaladigan to‘lqinlar xilma-xilligi bilan ham plazma gazdan farqlanadi.

 

Moddaning plazma holatini ilk marta payqab qolgan olim Britaniyalik mashhur fizik Uilyam Kruks (1832-1919) bo‘lib, u keyinchalik o‘z nomi bilan atalgan (Kruks trubkasi) gazorazryadli vakuum trubkasi bilan tajriba o‘tkazayotgan paytda ushbu fizik fenomenni sezib qolgan. Aslida, plazma - moddaning agregat holatlari ichida Koinotda eng keng tarqalgan ko‘rinishidir. Xususan, deyarli barcha charaqlab turgan yulduzlar asosan plazmadan tashkil topgan bo‘ladi. Yer sharoitidagi plazma manbalariga oddiy misollar tariqasida, fluoressent lampalar, plazmali televizorlar, neon reklamalari va chaqmoqlarni keltirish mumkin. Yer atmosferasining yuqori qatlamlaridan biri - ionosfera ham Quyosh nurlanishlari tufayli yuzaga kelgan plazmadan iborat. Olis masofalarga radioaloqa signallari uzatish sohasida aynan ionosfera juda katta ahamiyat kasb etadi.

Plazma xossalarini o‘rganishda turli tuman gazlardan va juda keng harorat diapazonlaridan foydalaniladi. Shuningdek, plazma xususiyatlarini tadqiq qilishda, gazlarga nisbatan qo‘llaniladigan tashqi maydon intensivligi ham ba'zan juda katta darajalarga olib chiqiladi. Ayrim tajribalarda, plazmaning o‘zini qanday tutishini o‘rganish maqsadida, gazga shunchalik katta maydon kuchlanganligi berilganki, bunday maydon intensivligi tabiatda faqat astrofizikadagi termoyadroviy reaksiyalarda bo‘ladi. Plazmadagi zaryadlangan zarralar bir-biriga nisbatan juda yaqin joylashadi va shu sababli, undagi har bir zaryadlangan zarraga o‘z yaqinidagi boshqa ko‘plab zarrachalar ta'sir ko‘rsatadi. Plazmali televizorlarda ksenon va neon gazlari atomlarining kuchli qo‘zg‘alishi natijasida, ular yorug‘lik kvantlarini - fotonlarni chiqara boshlaydi. Ushbu kvantlarning ba'zilari, yorug‘likning biz ko‘ra olmaydigan ultrabinafsha spektriga taalluqli bo‘ladi. Aynan o‘sha kvantlar ekrandagi lyuminoforga ta'sir ko‘rsatib, o‘z navbatida, lyuminoforni biz ko‘ra oladigan spektrdagi yorug‘lik chiqarishga majbur qiladi. Displeyning har bir pikseli, yanada kichikroq bo‘lgan pikselchalardan iborat bo‘lib, undagi lyuminofor turli rangdagi yorug‘lik nurlarini - yashil, ko‘k va qizil nurlarni chiqaradi.

Rasmda: Plazma lampada murakkab fizik hodisalar kuzatiladi. Masalan, filamentatsiya (tolalar yuzaga kelishi) jarayoni shular jumlasidandir. Ajoyib, go‘zal rangli manzaralarning hosil bo‘lishi esa, plazmada elektronlarning kuchli qo‘zg‘algan holatdan, nisbatan past energiyali holatga o‘tishi natijasidan vujudga keladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 30.11.2018 18:00  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!



Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis