Kopernikiy
Kopernikiy - Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalning VII-davr IIB-guruh elementi. Atom raqami 285. Cn (lotincha Copernicium so‘zidan) formulasi bilan belgilanadi. IUPAC ushbu nomni tasdiqlashidan avvalroq mazkur elementni ununbiy deb ham nomlangan (aynan tarjimasi "bir yuz o‘n ikkinchi" - degani).
Kopernikiy - sun'iy olingan element bo‘lib, tabiatda uchramaydi. U simob, kadmiy va rux bilan bir guruhdan joy olgani bois, xossalari ham o‘xshash bo‘lsa kerak deb ilmiy taxmin yuritiladi.
Aniqlangan izotoplari ichida nisbatan barqarori 285Cn ning yadrosida 112 ta proton va 173 ta neytronlar mavjud bo‘ladi va uning yarim yemirilish davri taxminan 29 soniyani tashkil qiladi. Nuklidining atom massasi 285,177(4) m.a.b. ni tashkil qiladi.
Kashf etilishi tarixi va atama etimologiyasi.
Davriy jadvalda 112-elementni sintez qilish imkoniyati haqidagi ilmiy g‘oyalarini birinchi bo‘lib 1971-yilda Marinov boshchiligidagi ilmiy guruh tekshira boshlagan. Ular volframni 24 GeV energiyaga ega protonlar bilan nurlantirish orqali 112-raqamli elementi sintez qilishni maqsad qilishgan edi. Biroq, ushbu guruhning izlanishlari kutilgan natijani bermagan.
112-element ilk bora sintez qilinishi esa 1996-yilning 9-fevral sanasida Germaniyaning Darmshtadt shahrida joylashgan German Gelmgolts nomidagi Og‘ir Ionlarni Tadqiq qilish Institutida kimyogar olimlar Sigurd Xoffman hamda Viktor Ninov boshchiligidagi ilmiy guruh tomonidan amalga oshirilgan. Element og‘ir ionlar tezlatkichi uskunasida nishon sifatidagi qo‘rg‘oshin-208 yadrosini qizitilgan rux-70 yadrolari bilan bombardimon qilish yo‘li bilan sintez qilingan:
Aynan ushbu ilmiy guruh, 2000-yilning may oyida mazkur tajribalarni muvaffaqiyatli takrorlay oldi va natijada, 112-element haqiqatan ham sintez qilingani amalda tasdiqlandi. Keyinchalik, 2004 va 2013-yillarda ham ushbu reaksiya Yaponiyaning RIKEN universiteti ilmiy guruhi tomonidan muvaffaqiyatli takrorlangan. Biroq, elementning kashf etilganligi faqat 2000-yilga kelibgina IUPAC tomonidan tan olindi. 112-elementga nom berish huquqidan foydalangan Darmshtadt jamoasi unga mashhur nemis astronomi Nikolay Kopernikning nomini berishga qaror qilgan. Ushbu 2010-yilning 19-fevral sanasida, ya'ni, Kopernik tavalludining 537-yilligi kunida IUPAC tomonidan rasman tasdiqlandi.
Izotoplari
Kopernikiyning tabiiy izotoplari mavjud emas. Shuningdek, u barqaror izotoplarga ham ega emas. Hozircha, ushbu elementning 10 xil izotopi sintez qilingan bo‘lib, ularning hammasi juda-juda qisqa yarim yemirilish davri bilan alfa-yemirilish orqali darhol parchalanib ketadi. Ayrimlari esa spontan parchalanishga uchraydi. Kopernikiyning 283Cn izotopi yana Fleroviy va Livermoriy elementlarini kashf etilishida muhim ahamiyat kasb etgan.
Kopernikiy izotoplari:
Izotop |
Yarim yemirilish davri |
Yemirilish jarayoni |
Kashf etilgan yili |
reaksiya |
277Cn |
≈0,69 ms |
α-yemirilish |
1996 |
208Pb(70Zn, n) |
278Cn |
≈10 ms |
spontan parchalanish |
Noma'lum |
- |
279Cn |
≈0,2 ms |
spontan parchalanish |
Noma'lum |
- |
280Cn |
≈0,5 ms |
spontan parchalanish |
Noma'lum |
- |
281Cn |
≈97 ms |
α-yemirilish |
2010 |
285Fl (‒, α) |
282Cn |
≈0,8 ms |
spontan parchalanish |
2004 |
238U(48Ca, 4n) |
283Cn |
≈4 s |
spontan parchalanish |
2002 |
238U(48Ca, 3n) |
284Cn |
≈97 ms |
spontan parchalanish |
2002 |
288Fl (‒, α) |
285Cn |
≈29 s |
α-yemirilish |
1999 |
289Fl (‒, α) |
286Cn |
≈8,45 |
spontan parchalanish |
2016 |
294Lv (‒, 2α) |
Fizik va kimyoviy xossalari.
Kopernikiy o‘ta beqaror va radioaktiv modda bo‘lgan uchun, hamda, nisbatan yaqinda kashf etilganligi sababli, uning fizik va kimyoviy xossalari hali yaxshi o‘rganilmagan va manbalarda keltiriladigan ma'lumotlar barchasi taxminiy fikrlardir. Uning metall xossalari o‘ta beqaror bo‘lgani sababli, kopernikiy xona haroratida gaz holatida bo‘ladi deb taxmin qilinadi. Uning mis, palladiy, platina, kumush va oltin bilan metall-metall bog‘lanishlari hosil qilishi mumkinligi aytiladi.
Fizik xossalari haqida gap ketganda, kopernikiy zichligi taxminan 23,7 g/sm3 bo‘lgan og‘ir metall bo‘lishi taxmin qilingan. Taqqoslash uchun, hozirda ma'lum eng katta zichlikka ega metall bu osmiy bo‘lib, uning zichligi 22,61 g/sm3 ni tashkil qiladi. Ushbu elementining atom radiusi 147 mkm atrofida deb baholangan. Kristall panjarasi esa geksagonal tuzilishiga ega deb taxmin qilinadi. Hozirgi kunda, olimlar kopernikiyni yaxshiroq o‘rganish ustida izlanishlarda davom etishmoqda.
Kopernikiy haqida ma'lumotnoma jadval:
Umumiy ma'lumotlar |
|
Nomi |
Kopernikiy; |
Formulasi |
Cn |
Raqami |
112, VII-davr, IIB guruh; |
Atom xossalari |
|
Atom massasi |
285 m.a.b. (g/mol); |
Elektron konfiguratsiyasi |
[Rn] 5f14 6d107s2 |
Atom radiusi |
≈147 pm; |
Kimyoviy xossalari |
|
Kovalent radiusi |
≈122 pm; |
Oksidlanish darajasi |
+2; (taxmin) |
Ionizatsiya energiyasi (birinchi elektron) |
1154,9 kJ/mol; |
Termodinamik xossalari |
|
Zichligi (m.sh.) |
≈23,7 g/sm3; |
Qaynash harorati |
≈84 °C; ≈357 K; |
Struktura panjarasi shakli |
Taxminan geksagonal; |
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|