Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Inert gazlar

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 23
Juda yomon!A'lo! 

Inert gazlar

Davriy jadvaldagi faqat bitta guruh to‘laligicha gazlardan tashkil topgan guruh sanaladi. 18-guruhni tashkil qiluvchi ushbu gazlar umumiy qilib "inert gazlar" deyiladi. Chunki, ushbu gazlar boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishmaydi.

Ushbu guruh tarkibi - geliy (He), neon (Ne), argon (Ar), kripton (Kr), ksenon (Xe) va radon (Rn) elementlaridan iborat. Ushbu elementlar tabiatda mavjud barcha elementlar ichida eng past kimyoviy faollikka ega bo‘lgan, sust elementlardir. Bunday sust reaktivlikning boisi esa, mazkur elementlar atomlarining tashqi elektron qobiqlari to‘la ekani bilan bog‘liq. Shu sababli, ushbu element atomlari shundoq ham juda barqaror bo‘lib, shuning uchun ular inert deyiladi.

Mazkur inert gazlar bir birlik havo tarkibida quyidagi nisbatlarda mavjud bo‘ladi:

Argon (Ar): 0,932%;

Geliy (He): 0,0046%;

Neon (Ne): 0,001818% ;

Kripton (Kr): 0,00141%;

Ksenon (Xe): 0,0009%.

Fizik xossalari.

Barcha inert gazlar bir atomli holatda bo‘ladi. Ya'ni, ular tabiatda alohida atomlar holida uchraydi. Boz ustiga, inert gazlarning qaynash harorat favqulodda darajada juda past bo‘ladi. Masalan, geliy −269,8 °C da qaynaydi.

Kimyoviy xossalari.

Ushbu guruh inert gazlar deb atalishining boisi ham, ularning boshqa moddalar bilan umuman reaksiyaga kirishmaydi deb hisoblangani sababidan bo‘lgan. Biroq, bu narsa faqat geliy, neon va argon gazlariga tegishli gap xolos. Kriptonga muayyan sharoitlar qilib berilsa, u ftor bilan reaksiyaga kirishib, rangsiz va qattiq modda KrF2 hosil qiladi. Qolaversa, ksenonning ham ftor hamda, kislorod bilan turli kimyoviy birikmalar hosil qilishi ma'lum.

Kashf qilinishi.

Inert gazlar ichida eng birinchi bo‘lib argon kashf etilgan. Ushbu gazning kashf qilingani haqidagi xabar butun dunyoga 1894-yilda Angliyadan tarqalgan. Kashfiyot mualliflari lord Reley (1842-1919) va Uilyam Ramzay (1852-1916) bo‘lishgan. Argonning kashf etilishda, muayyan hajmdagi havo ajratib olingan va undan avvaliga azot va keyin kislorod chiqarib yuborilgan. Natijada, tajriba idishlarida, hali fanga noma'lum bo‘lgan gaz qolgan. Birinchi tajribaning o‘zidayoq Ramzay laboratoriyada 100 m3 atrofidagi argon gazini olishga muvaffaq bo‘lgan edi. "Argon" - yunon tilidan olingan atama bo‘lib, uning ma'nosi "nofaol", "sust" degan ma'nolarni beradi.

1895-yilda Uilyam Ramzayning o‘zi yana bir inert gaz - geliyni kashf qildi. U turli minerallar tarkibidan argon qidirgan edi. Lekin, buning o‘rniga u geliyni kashf qilishga muvaffaq bo‘ldi. 1906-yilda esa Britaniyalik yana ikki olimlar - Ernest Rezerford (1871-1937) va Tomas Royds (1884-1955) radioaktiv parchalanishdagi uchib chiquvchi alfa-zarracha bu - geliy yadrosi ekanini aniqlashdi.

1898-yilda Uilyam Ramzay va uning hamkasbi Moris Travers (1871-1962) birgalikda kripton va neon gazlarini kashf qilishdi. Ular mazkur ikki gazni, suyultirilgan havoning tarkibini o‘rganish jarayonida kashf qilishgan.

Radon esa sof holatda 1908-yilda Uilyam Ramzay va Robert Vitlou-Grey (1877-1958) tomonidan ajratib olingan. Ushbu olimlar uning zichligini ham aniqlashgan. Ulardan biri radon - xona haroratidagi eng og‘ir gaz hisoblanadi.

Inert gazlarning qo‘llanilishi.

Inert gazlar kimyoviy faol bo‘lmasa-da, lekin ularning ayrimlari sanoat miqyosida keng qo‘llaniladigan moddalarga aylangan. Xususan, geliy, argon va neon turli sohalarda ancha keng ko‘lamda qo‘llanadi. Biroq, ksenon, kripton va radonning amaliy ahamiyati unchalik emas.

Geliy - sanoatda nisbatan ko‘p ishlatiladigan inert gazdir. Geliy eng past qaynash haroratiga ega bo‘lgan modda sanaladi va uning ushbu xossasidan, kuchli muzlatish talab etiladigan o‘rinlarda foydalaniladi. Suyuq holatdagi geliy o‘ta o‘tkazgich xossasiga ega bo‘ladi. o‘ta o‘tkazgich suyuqliklar esa katta aniqlikka ega o‘lchov asboblarini tayyorlashda qo‘llaniladi.

Qolaversa, geliy - juda yengil gaz bo‘lgani uchun, havo sharlari, dirijabllar va aerostatlarni to‘ldirish uchun eng maqbul gaz sanaladi. Geliy, vodorod bilan deyarli bir xil ko‘tarish kuchiga ega, hamda, undan afzal faqri shundaki, geliy yonuvchan gaz emas. Bu esa, dirijabl va aerostatlarda yong‘in xavfini kamaytiradi. Geliydan shuningdek yadroviy reaktorlarda issiqlik tashuvchi modda sifatida foydalaniladi va chuqur suvosti sho‘ng‘ishlari bilan shug‘ullanuvchi g‘avvoslar uchun nafas olish havosi aralashmalariga ham kiritiladi.

g‘avvoslar faqat muayyan belgilagan chuqurliklargacha sho‘ng‘ishlari mumkin. Buning sababi, suv ostida chuqurlik ortgani sayin organizmga ta'sir qilayotgan bosimning ham ortishi va buning natijasida, azot va kislorodning organizmga salbiy ta'sir ko‘rsata boshlashi bilan bog‘liq. Agar, g‘avvos uchun nafas olish havosi tarkibida azotni geliy bilan almashtirilsa, u yuqoridagi kabi bir necha muammolarni bartaraf etadi. Masalan, bosim yuqori bo‘lgan chuqur suvosti hududlariga sho‘ng‘igan g‘avvos oddiy havodan nafas olsa, uning o‘pkasiga havo bilan kirgan azot qonda eriydi va tanaga singiy boshlaydi. Qonda azot ko‘payishi nerv tolalarining sezgirligi pasaytiradi va odamning atrof-muhitdagi hodisalarga nisbatan munosabat (reaksiya) berish qobiliyatini susaytiradi. Boz ustiga, azot g‘avvos tanasini bo‘shashtirib, uyquga tortadi. Agar g‘avvos suv tubidan keskin shiddat bilan ko‘tarilib yuqoriga chiqsa, uning qon tomirlarida erigan azot yana gaz holatiga o‘ta boshlaydi va tomirlarning o‘zida pufakchalarga aylanib, qattiq azob beradi. Suvostiga maxsus tayyorgarliksiz sho‘ng‘iydigan odamlarda aynan shu holat kuzatiladi. Tibbiyotda bunday og‘riqlarni "kesson xastaligi" deyiladi va uning oqibatlari fojiali bo‘lishi ham mumkin...

 

Argon esa cho‘g‘lanma lampalarda ishlatiladi. Chunki, u eng yuqori haroratlarda ham lampa ichidagi cho‘g‘lanuvchi spiral metall tolasi bilan reaksiyaga kirishib ketmaydi. Shuningdek, argondan gaz payvandlash ishlarida ham keng foydalaniladi. Bunda argon payvandlanayotgan metallarning oksidlanib qolishini oldini oladi va himoya qiladi. g‘avvoslar argondan ham o‘z o‘rni kelganda samarali foydalanishadi. Juda past haroratli muzdek chuqur suvlarga sho‘ng‘ishda g‘avvoslarning maxsus kiyimlari ichki tarafdan argon bilan to‘ldiriladi. Siz muzeylarda yoki kutubxonalarda eng noyob kitoblarni yoki qo‘lyozmalarni maxsus shisha quti ichida namoyish qilinayotganini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. o‘sha shisha quti ichida ham argon to‘ldirilgan bo‘ladi. Chunki, argon o‘sha noyob manba yozilgan qog‘oz bilan reaksiyaga kirishmaydi va uni chiritmaydi. Bunday qog‘ozlar oddiy sharoitda saqlansa, havo tarkibidagi kislorod va namlik uni tez chirishiga, yoki, sifati buzilishiga olib keladi.

Neon esa, maxsus neon lampalari, neon chiroqlar va elektronikadagi fotoelementlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Siz neon lampa yordamida hosil qilingan ko‘cha reklamalarini albatta uchratgan bo‘lsangiz kerak.

Neon va geliy gazlari ishtirokida hosil qilinadigan lazer nurlari orqali esa oftalmologiyada ko‘z kasalliklarini davolanadi va xususan, ko‘z jarrohligi amaliyotlarini o‘tkaziladi. Geliyli-neonli lazer (He-Ne lazer) qizil rangli kuchli lazer nurlarini hosil qiladi. Ushbu lazer nuri bilan esa ko‘z mikrojarrohligi bajariladi. Chunki, geliy-neonli qizil lazer nurlari ko‘zning shaffof pardasi orqali o‘tib, ko‘zning to‘rpardasiga, eng ichkarisiga ham yetib boradi.

Neon va geliy gazlari ishtirokida hosil qilinadigan lazer nurlari orqali esa oftalmologiyada ko‘z kasalliklarini davolanadi va xususan, ko‘z jarrohligi amaliyotlarini o‘tkaziladi. Geliyli-neonli lazer (He-Ne lazer) qizil rangli kuchli lazer nurlarini hosil qiladi. Ushbu lazer nuri bilan esa ko‘z mikrojarrohligi bajariladi. Chunki, geliy-neonli qizil lazer nurlari ko‘zning shaffof pardasi orqali o‘tib, ko‘zning to‘rpardasiga, eng ichkarisiga ham yetib boradi.

Sanoatda olinishi.

Inert gazlarni sof holda ajratib olishning asosiy usuli bu o‘ta past haroratlarda sovitish, ya'ni, kriogen distillyatsiya usulidir. Bu jarayon katta miqdorlarda energiya sarfini taqozo qiladi. Jarayon mahsuli sifatida esa suyultirilgan havo hosil bo‘ladi. Jarayonda havo siqiladi va kuchli sovitiladi. Yo‘l-yo‘lakay, havo tarkibidagi suv bug‘lari, hamda, karbonat angidrid gazi chiqarib tashlanadi. So‘ngra, qolgan havo suyuq holga kelgunicha yanada chuqur sovitiladi. Jarayon davomida avval kislorod, keyin azot suyuq holda ajralib chiqadi. So‘ngra, haroratni asta-sekin yana oshirib borib, suyilgan gazlar birma-bir ajratib, chiqarib olinadi. Har bir elementning qaynash nuqtasi faqat o‘zigagina xos bo‘lgan, aniq harorat darajasiga ega. Suyiltirilgan havoni isitib borish orqali, uning tarkibidagi har bir gazni o‘zigagina xos bo‘lgan qaynash haroratiga yetgan payda, ya'ni, u suyuq shakldan gazsimon shaklga o‘tganda, alohida sof holda ajratib, boshqa idishga yig‘ib olish mumkin.

Argon - havo tarkibida mavjud bo‘lgan eng keng tarqalgan inert gazdir. Geliy esa tabiiy gaz bilan birikmalar tarzida uchraydi. Geliyni, suyiltirilgan tabiiy gazni distillyatsiya qilish orqali sof holda olish mumkin.

Radon.

Radon eng og‘ir gazlardan biridir. Uning atom og‘irligi 222 ga teng. Radonning bir necha tabiiy va 30 ta sun'iy izotoplari mavjud bo‘lib, ulardan birortasi ham barqaror emas. Radonning barcha izotoplari radioaktiv bo‘lib, juda qisqa yarim yemirilish davriga ega moddalardir. Radon izotoplari ichida nisbatan barqarori bu radon-222 bo‘lib, uning yarim yemirilish davri 3,8 kunni tashkil qiladi. Radon-222, radiy-226 ning yadroviy parchalanish mahsuloti bo‘lib, uning o‘zi ham yadroviy parchalanish jarayonida alfa-zarracha (geliy yadrosi) nurlantiradi. Radon-220 izotopi esa toriy elementining yadroviy parchalanishi mahsuli bo‘lib, shu sababli uni ba'zan toron deb ham ataladi. Radiy-220 ning yarim yemirilish davri 55,6 soniyani tashkil qiladi. Undan ham alfa-zarracha uchib chiqishi sodir bo‘ladi. Radiy-219 esa aktiniy elementining parchalanishi mahsuli bo‘ladi va shu sababli uni aktinon ham deyiladi. Albatta, radiy-219 ham o‘zidan alfa-zarra chiqaradi va uning yarim yemirilish davri 3,96 soniyani tashkil qiladi.

Radon tuproqda, grunt suvlari tarkibida va g‘orlarda to‘planadi. Chunki, u shunday muhitlarda yig‘ilib qoladi. Radon miqdori yerdagi radioaktiv minerallar miqdori bilan bog‘liq. Havo bilan ta'sirlashishi bilanoq radon tezkorlik bilan tarqalib ketadi. Ba'zi hududlarda tuproqda ko‘p miqdorda yig‘ilib qolgan radon asta-sekinlik bilan binolarning yerto‘lalariga sirqib chiqib, yig‘ilib boradi va vaqt o‘tishi bilan uning konsentratsiyasi ortib ketadi. Bu esa ancha xatarli holatdir. Yarim yemirilish davri qisqa bo‘lishiga qaramay, radon salomatlik uchun xavfli modda sanaladi. Radon o‘zi organizmdan bir necha kun ichida chiqib ketadi. Lekin, uning hosilalarining yarim yemirilish davri ancha uzoq bo‘lib, aynan ular organizmda nojo‘ya aks ta'sirlar keltirib chiqarishi mumkin. Hozirgi zamon tibbiyoti aniqlagan faktlarga ko‘ra, radon va uning hosilalari - o‘pka saratoniga sabab bo‘luvchi omillar ichida tamaki tutunidan keyingi ikkinchi o‘rinda turar ekan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda:https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda:@OrbitaUz

Google+ :https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz:https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 24.11.2018 21:33  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltavoy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11829309

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov