Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Fan tarixidan.... Neptunning kashf etilishi

Neptunning kashf etilishi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Neptunning kashf etilishi

Sayyora harakatini aniq kuzatib borish va ayniqsa sayyoraning keyingi holatini oldindan aniq bilish - nihoyatda qiyin masala. Agar, o‘zaro tortishayotgan atiga ikkita jism qaralayotgan bo‘lsa, unda ularning tortishish kuchi va harakat trayektoriyalarini aniq hisoblash uchun ilm-fanda nihoyatda sodda va aniq qoidalar to‘plami mavjud. Lekin, o‘zaro tortishayotgan obyektlar atiga bittaga ko‘paysa, ya'ni, uchtagina bo‘lib qolsa ham, ularning o‘zaro ta'sirini hisoblash benihoya qiyin ish bo‘lib qoladi. Endi buning uchun biz bilgan sodda fizik qonuniyatlar va matematik usullar ish bermaydi. Bu matematik isbotlangan haqiqatdir. Shunga binoan, Neptunning kashf qilinishi - inson aql-zakovatining haqiqiy tantanasi, matematikaning asl triumfi bo‘lgan desak zarracha ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Neptunning kashf etilishi - matematikadagi o‘zaro ta'sirlar nazariyasi hamda, Nyuton mexanikasining haq ekanini ko‘rsatib bergan, zakovatning chin g‘alabasi bo‘lgan.

 

2016-yil avvalida AQSHlik astronomlar Braun va Batigin Quyosh tizimi chekkasida yangi yirik sayyorani kashf etishgani haqida shov-shuvli xabar tarqatishgan edi. Ular, mazkur hozircha o‘zi ham, nomi ham noma'lum sayyorani ko‘rmay turib, ya'ni, matematik hisob-kitoblarga asosan kashf etishgan. Agar o‘sha sayyora haqiqatan ham mavjud bo‘lsa va uni teleskopda ko‘rishga kimdir muvaffaq bo‘lsa, unda Batigin va Braun kashf qilgan sayyora, " qalam uchida" kashf etilgan ikkinchi sayyora bo‘lib qoladi (aniqrog‘i, "kompyuter klaviaturasida" birinchi sayyora bo‘ladi desak to‘g‘riroq bo‘lsa kerak). Quyosh tizimidagi eng chetki yirik sayyora - Neptun ham xuddi shu singari tarzda, ya'ni, matematik hisoblashlar orqali kashf etilgan birinchi sayyora bo‘lgan.

 

Neptunni qalam uchida kashf qilgan olim - Urban LeveryeXIX asr boshlarida kuzatishlar olib borgan ko‘plab astronomlar, o‘sha davrdagi eng so‘nggi va yangi kashf etilgan sayyora - Uran o‘zining Quyosh atrofidagi orbitasidan muayyan chetlanishlarga chiqayotganini payqashgan edi. Orbital harakat qonuniyatlaridan bunday g‘alati chetlanishlarning sababi astronomlarni qattiq qiziqtirib qo‘ydi. Olimlarda ikkita asosiy taxminlar bor edi. Birinchisi - balki, Nyuton qonunlari bunday favqulodda katta masofalarda amal qilmay qo‘yishi mumkin, yoki, Nyuton qonunlarida ko‘zda tutilmagan yana qandaydir tabiiy kuch mavjudligi haqidagi taxmin bo‘lsa; ikkinchisi - Uranga narigi tarafda yana biror o‘ta katta massali, yirik obyektning tortishish kuchi ta'sir qilayotgani haqidagi taxmin bo‘lgan. Umuman olganda, Nyuton qonunlarini shubha ostiga olish biroz noto‘g‘ri ish bo‘lib, chunki, Quyoshdan Urangacha bo‘lgan istalgan osmon jismi uchun tadbiq qilinganda, Nyuton mexanikasi o‘zini to‘liq oqlagan, ya'ni, Nyuton formulalari bilan hisoblangan harakat va tortishish qonunlari doimo amaliyotda o‘z isbotini topib kelgan edi. Shu sababli, asosiy e'tibor, ikkinchi taxminni tekshirib ko‘rishga, Urandan naridagi yana bir yirik, massiv obyektni qidirishga qaratildi. Masala yuzasidan o‘sha davrning eng zukko matematiklari ishga kirishishdi va 1846-yilda fransuz Urban Leverye, hamda ingliz Jon Kuch Adam deyarli bir vaqtning o‘zida va bir-biridan mustaqil ravishda, Uranga gravitatsion ta'sir qilayotgan o‘sha noma'lum yirik massali obyektning koinotdagi joylashuv koordinatalarini hisoblab chiqishdi. Lekin, ular orasida birinchi bo‘lib, Urban Leveryening hisob-kitoblari Berlindagi rasadxona mudiri Iogann Gallening qo‘liga kelib tushdi. Galle Leveryening hisob-kitoblarida ko‘rsatilgan tarafga o‘z teleskopini qaratdi va bir soatga bormasdan, olim ko‘rsatgan joydan atiga 1° farq bilan o‘sha noma'lum osmon jismini, ya'ni, biz Neptun nomi bilan biladigan sayyorani kashf qildi. Bu - Nyuton qonunlari va matematik zakovatning yaqqol tantanasi edi. Galle Leveryega shunday yozgan edi: "Msye, siz hisoblab chiqqan sayyora haqiqatan ham mavjud ekan!". Leverye ham Gallega darhol javob yozgan: "Mening ko‘rsatmalarimga amal qilganingiz uchun minnatdorman! Sizning sayi-harakatingiz evaziga biz endi yangi dunyoga egalik qilmoqdamiz!".Neptunni birinchi bo'lib ko'rgan astronom - Iogann Galle

Britaniya tarafi zudlik bilan bahsga aralashdi. Ular Neptunni Adams kashf qilganini isbotlash va birinchilik bayrog‘ini qo‘lga kiritish payida bo‘lishgan. Lekin, tarix baribir Leverye nomini saqlab qoldi. Qizig‘i shundaki, Neptun kashf etilgunigacha bo‘lgan oxirgi bir asr mobaynida ham, kuchli teleskoplarga ega astronomlar uni bir necha martadan ko‘rishgan va kuzatishgan ham. Lekin, hech kimning kallasiga uning sayyora ekani haqidagi fikr kelmagan. Chunki, Neptun o‘sha zamon teleskoplarida ham xuddi olis yulduzlar singari juda kichik bo‘lib ko‘ringan hamda, orbital harakati nihoyatda sekinligi bois, uning boshqa yulduzlarga nisbatan joy o‘zgartirishlarini ham hech kim payqamagan.

Neptunni qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydi. U Quyosh atrofini har 164,7 yilda bir marta aylanib chiqadi. Quyosh tizimidagi eng shiddatli, kuchli uyurma va po‘rtanalar aynan Neptun atmosferasida kechadi.

Rasmda: Neptun sayyorasi va uning yaqinidagi Protey yo‘ldoshi. Hozirda Neptunning 14 ta tabiiy yo‘ldoshi aniqlangan. Ushbu gigant sayyoraning ekvatorial radiusi Yer radiusidan 4 barobar katta.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda:https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda:@OrbitaUz

Google+ :https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz:https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 01.12.2018 10:44  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!



Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov