Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Fizika Etvyosh gravitatsion gradiometriyasi

Etvyosh gravitatsion gradiometriyasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 22
Juda yomon!A'lo! 

Etvyosh gravitatsion gradiometriyasi

1848-1919 yillarda yashab o‘tgan vengr alpinisti va fizigi Lorand fon Etvyosh ikkita massaning o‘zaro gravitatsion tortishishini o‘lchash uchun burama tarozidan foydalangan. Bunday tarozilar ipning chirpirak bo‘lib aylanishi evaziga, juda bo‘sh, zaif kuchlarni ham o‘lchash imkonini beradi. Garchi, Etvyosh bunday tarozidan foydalanib gravitatsion tortishuvni o‘lchashga uringan birinchi olim bo‘lmasa-da, lekin u mazkur tarozini takomillashtirib, uning sezgirligini yanada orttirishga erishganligi bilan nom qozongan. Etvyosh gravitatsion tarozisi Yer sirtida gravitatsion kuchlarni o‘lchash uchun ishlatiladigan eng yaxshi vositalardan biriga aylangan. Shuningdek, uning vositasida nafaqat Yer sirtidagi gravitatsiya, balki, yer ostidagi turli strukturalarni aniqlash ham mumkin bo‘lgan. Garchi, Etvyoshning o‘zi asosan fundamental tadqiqotlarga ko‘proq e'tibor qaratgan bo‘lsa hamki, lekin u takomillashtirgan mazkur asbob keyingi geologik qidiruv ishlarida, ayniqsa, neft va tabiiy gaz konlari ochilishida o‘ta muhim ahamiyat kasb etdi.


Lorand fon Etvyosh (1848-1919)Etvyosh tarozisi - gravitatsion gradiometriyani aniqlash, ya'ni, hududlarda mahalliy gravitatsiya maydonini o‘lchash uchun mo‘ljallangan ilk asbob bo‘lgan. Etvyoshning ilk gravitatsion tadqiqotlari o‘z ish kabinetining turli qismlarida gravitatsiya potensialini o‘lchab, mahalliy xaritasini tuzishdan iborat bo‘lgan. Keyingi bosqichda esa, u butun bino bo‘ylab turli joylardagi tortishish kuchi potensialini o‘lchab, xaritalashtirishga kirishgan. Albatta, bunda Etvyosh kabinetida mavjud qo‘l ostidagi buyumlar va ularning massasi tajriba natijalariga ta'sir ko‘rsatgan. Etvyosh tarozisini shuningdek gravitatsiya maydonining o‘zgarishlarini kuzatish uchun ham qo‘llash mumkin. Bunda o‘ta katta massali jismlar va suyuqliklarning sekin harakatini kuzatish evaziga aniq qiymatlarni olish mumkin bo‘ladi. Masalan, Etvyosh Dunay daryosi tubidan ham 100 metr chuqurroqda joylashgan yerto‘ladan turib, Dunaydagi suv sathining o‘zgarishini atiga 1 sm xatolik bilan aniqlay olgan.

Etvyosh o‘tkazgan tajribalar va u qayd etgan natijalar orqali, jismlarning butun olam tortishish qonuni F=g·m1m2/r2 dan kelib chiquvchi gravitatsion massasi va Nyutonning ikkinchi qonuni F=ma dan kelib chiquvchi inert massasi o‘zaro muvofiq kelishi aniqlandi. Boshqacha aytganda, jismga berilgan kuchning tezlanuvchan harakatiga qarshilik qilish kattaligi, ya'ni, inert massasi ushbu jismning vaznini tashkil qiluvchi gravitatsion massasi bilan aniq aynan bitta narsa ekanini ko‘rsatib berdi. Uning mazkur natijasi keyinchalik XX-asrning eng buyuk ilmiy kashfiyotlaridan bo‘lgan Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi tarkibida ham qo‘llangan. Eynshteyn o‘zining 1916-yilda e'lon qilgan maqolalarida Etvyoshning mazkur tadqiqotlariga bir necha marta murojaat qilgan va uning ishlarini manba sifatida ko‘rsatgan.

NASA tomonidan orbitaga chiqarilgan sun'iy yo‘ldoshlar orqali o‘tkazilgan GRACE nomli tajribada Amerika materigi bo‘ylab gravitatsiya maydonining o‘zgarishlari o‘rganilgan. Qizil rang bilan ajratib ko‘rsatilgan hududlarda gravitatsiya, ya'ni, tortish kuchi kuchliroqdir.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 03.12.2018 12:14  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Massaning saqlanish qonuni


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11840062

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis