Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli matematika Pit Xeyn superellipsoidi

Pit Xeyn superellipsoidi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Pit Xeyn superellipsoidi

1965-yilda Daniyalik olim, ixtirochi va konstruktor Pit Xeyn (1905-1996) turli obyektlar uchun badiiy bezak va interyer elementi sifatida ishlatish maqsadida "supertuxum" yoki, "superellipsoid" ixtiro qildi. Ushbu ellipsoidning o‘ziga xosligi shundaki, u har ikki tarafida o‘ta barqaror tik tura oladi va ag‘anab ketishi amri maholdir.

Superellipsoidning uch o‘lchamli shakli |x/a|2,5+|y/b|2,5=1 formula orqali aniqlanadigan superellipsning x o‘q atrofida a/b=4/3 bo‘yicha aylanishidan hosil qilinadi. Umumiy holatda superellipsoidning tenglamasi (|x|2/a+|y|2/a)a/b+|z|2/a=1 ko‘rinishida bo‘lib, bunda a va b albatta noldan katta sonlar bo‘lishi lozim.

 

Xeyn superellipsoidi shaklida turli materiallardan tayyorlangan buyumlar XX asrning 60-yillarida juda mashhur bo‘lib ketdi. Xeyn superellipsoidi ko‘rinishida turli o‘yinchoqlar, suvenirlar va badiiy bezak buyumlari keng ommalashdi. Undan hatto mebel dizaynida, qandillar shaklini tayyorlashda, shuningdek, ichimlik qadoqlarining shakli sifatida ham keng foydalanildi. 1965 yilda Daniyaning Skyern shahrida joylashgan Skjøde qurilish firmasi superellipsoid shakildagi arxitektura elementlarini tadbiq etish orqali o‘z biznesini juda rivojlantirib ham olgandi. 1971-yilda esa, Shotlandiyaning Glazgo shahridagi Kelvin-Xoll maydonida vazni deyarli 1 tonna bo‘lgan metall supertuxum o‘rnatilgan. Shu tariqa, Xeyn superellipsoidi shaharlarda landshaft dizaynining ham yangi bezak elementiga aylanib bordi.

Adolat yuzasidan shuni ham aytib o‘tish lozimki, Pit Xeyndan deyarli 100 yil muddat avval, farang matematigi Gabriel Lame (1795-1870) ham superellipsoidning umumiy matematik formulasi bilan jiddiy shug‘ullangan edi. Biroq, superellipsoidni amaliy maqsadlarda qo‘llanishiga erishgan, ya'ni, nazariyadan amaliyotga olib o‘tgan ilk olim aynan Xeyn bo‘lgan. Xeyn superellipsoidi XX-asrning 70-80 yillarida ayniqsa Skandinaviya mamlakatlarida arxitektura va landashft dizaynida juda ommalashdi.

Tez orada esa Xeyn superellipsining badiiy bezak sifatidagi ahamiyatidan ham muhimorq yana bir amaliy jihati ma'lum bo‘ldi. 1959-yilda Stokgolm shahar ma'muriyati, olim Pit Xeynga shahar markazidagi transport tuguni chigalligini bartaraf etish va markaziy ko‘chalardagi transport yuklamsini kamaytirish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan yo‘lsozlik tuguni uchun eng qulay geometrik shakl borasida amaliy ko‘mak so‘rab murojaat qiladi. Xeyn yo‘lsozlarga aynan superlellips ko‘rinishidagi aylanma yo‘l g‘oyasini taklif qildi. Oddiy ellips shakllarida barpo etilgan transport tugunlari unchalik ham qulay emasdi. Sababi, oddiy ellipsning keskin qayriladigan joylari bo‘lib, bu transport harakatida xavfsizlik masalasida o‘zini unchalik ham oqlamagan. Qolaversa, oddiy ellipsning uzun tomonlari bo‘ylab harakat biroz cho‘zilib ketar va bu ham vaqt va yoqilg‘i masalasida yo‘lsoz muhandislarni qanoatlantirmagan. Xeyn chizmalariga binoan qurilgan transport tugunlari ko‘p o‘tmay o‘z afzalliklarini ko‘rsata boshladi. Stokgolm superellips yo‘l tugunlari ham chiroyli, ham qulayligi bilan barcha avtomobil egalariga ma'qul tushdi. Stokgolm yo‘lsozlari superlleipsning a/b nisbati 6/5 ga teng bo‘lgan 2,5 daraja ko‘rsatkichiga ega shaklini qabul qilishdi va undan shahar markazidagi yangi yo‘llarni rejalashtirish uchun keng tadbiq etishdi.

Stokgolm avtomobil tuguni aylanma yo‘lidan tashqari shuningdek, 1968-yilgi Olimpiada o‘yinlarining bosh stadioni bo‘lgan Mexikodagi mashhur "Atsteka" stadioni ham superellips shaklida barpo etilgan.

Mexikodagi �Atsteka� stadioni � superellips ko�rinishida qurilgan

Daniyaning Fyun orolidagi Egesk qasrida o�rnatilgan superllipsoid


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 14.12.2018 08:27  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Bir kuni Evkliddan so'rashibdi:

-Sizga ikkita butun olma ma'qulmi, yoki to'rtta yarimtakkimi?

-To'rtta yarimtakisi

-Nima uchun?

-Yarimtakki olmani ichida qurti bormi-yo'qmi aniq ko'rinib turgan bo'ladi.



Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov