Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Fan tarixidan.... Bag‘dod batareykasi

Bag‘dod batareykasi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 3
Juda yomon!A'lo! 

Bag‘dod batareykasi

Siz va biz maishiy turmushda keng qo‘llaydigan oddiy batareykalarni 1800-yilda italyan olimi Alessandro Volta (1745-1827) kashf etgan deb hisoblanadi. Volta bir necha dona mis va rux plastinalarni ustma-ust joyladi va ularning orasiga nomakob suvi shimdirilgan mato qo‘yib chiqdi. Shu orqali u, bizlar "batareyka" deb nomlaydigan doimiy tok manbaini ixtiro qildi. Agar batareykaning pastki va ustki qismlarini elektr o‘tkazgich sim bilan ulansa, simda tok oqa boshlaydi. Biroq... ba'zi arxeologik asori-atiqalarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, elektr batareykalari aslida Volta ixtirosidan ham ming yillar avvalroq, yaqin sharqda allaqachon mavjud bo‘lgan degan xulosaga kelish mumkin.

 

"BBC-Science" ilmiy-ommapob teledasturlaridan birda jurnalist shunday xitob bilan o‘z dasturini ochadi: "Iroqning ilmiy va madaniy me'rosi juda katta, xususan, Semiramida osma bog‘lari, Bobil minorasi aynan shu tuproqda joylashgan". 1938-yilda Bag‘dodda ilmiy ekspeditsiya olib borayotgan olmon arxeologi Vilgelm Kyonig balandligi 13 sm keladigan sopol ko‘zacha topib oldi. Ko‘zachaning boshqa topilmalardan farqi shunda ediki, uning usti zich yopilgan bo‘lib, ichida... olim o‘ylaganidek tilla tangalar emas, balki mis silindri bor ekan. Mis silindrning atrofini temirdan yasalgan qoplama bilan o‘ralgan bo‘lib, undagi zanglashdan qolgan alomatlarga ko‘ra ilmiy xulosa qilinsa, ushbu ko‘zachada o‘z vaqtida uzum sirkasi yoki, vinoga o‘xshash juda kuchsiz kislota saqlangan bo‘lishi mumkin edi. Kyonig ushbu ajoyib topilmaning elektr toki ishlab chiqishga mo‘ljallangan batareyka ekanligini fahmlasa-da, lekin ko‘zlariga ishonolmasdi. Axir topilma eramizdan avvalgi 250-225 yillar orasiga mansub edida! U ushbu mo‘jaz idishdan galvanik element sifatida foydalanilgani, yoki, qandyadir yanada kuchliroq batareykaning bir qismi bo‘lgan bo‘lishi ehtimolini inkor qila olmasdi. Uning fikricha, bunday turdagi elektr manbaidan qadimgi Iroq zargarlari kumushga ishlov berishda foydalangan bo‘lishlari mumkin ekan. Uzum sirkasi singari kuchsiz kislotali eritma esa, "Bag‘dod batareykasi" uchun elektrolit hamda o‘tkazgich vazifasini bajarib bergan. Kyonig topilmasining asl yoshi hanuzgacha fanga noma'lum bo‘lib qolmoqda. Aytganimizdek, olmon arxeologining o‘zi uni eramizdan avvalgi yuz yilliklarga qiyoslasa, boshqa olimlar tomonidan eramizning 224-600 yillari oralig‘i deb ham qaraladi. Nufuzli oliy dargohlardan birida o‘tkazilgan "Bag‘dod batareykasi"ning rekonstruktsiyasi shuni yaqqol ko‘rsatib berdiki, agar shunday ko‘zachani haqiqatan ham uzum sirkasi yoki, uksus bilan to‘ldirilsa, undan rosdtan ham elektr toki olish mumkin ekan.

Metallurg Pol Kredok 2003-yilda ushbu topilma haqida so‘z yuritarkan, shunday degan edi: "Bag‘dod batareykasining o‘xshashi yo‘q. Bilishmcha, bunday batareykalarni boshqa hech kim, hech qayerdan topmagan. Bu g‘alati narsa - biz yashayotgan hayotning jumboqlaridan biridir..."

Olimlar va ziyolilar tomonidan Bag‘dod batareykasining o‘z egasiga nima maqsadda xizmat qilgani haqida xilma-xil fikrlar bildirilgan. Ular ichida mijozga akupunktura qilishga urinadigan tabibdan tortib, odamlarni o‘z g‘ayritabiiy "hislat"lariga ishontirmoqchi bo‘lgan folbinlargacha bo‘lgan "batareyka egalari"ni sanash mumkin. Agar ushbu batareyka bilan birgalikda yana qandaydir o‘tkazgich simlar yoki boshqa elektr jihozlarining qadimgi namunalari topilganida, ushbu artefakt asori-atiqani haqiqatan ham insoniyat tarixidagi dastlabki batareyka deyish mumkin bo‘larmidi. Yana kim biladi deysiz, tarix bizdan qanchadan-qancha sinoatlarni yashirib qolgan ekan?!...


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 19.12.2018 07:47  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.



Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)