Maks Plank. Kvant Nazariyasi.
Mikrodunyodagi inqilob.
Maks Plank garchi o‘zi bunga qarshi bo‘lsa-da, uni odatda inqilobchi deb atashardi. 1900-yilda olim energiyaning uzluksiz emas, balki, alohida-alohida qismlar (porsiyalar), boshqacha aytganda, kvantlar ko‘rinishida nurlanishi haqidagi g‘oyani ilgari surdi. Ushbu nazariyaning aks-sadosi o‘laroq esa, nisbiylik nazariyasi bilan birgalikda, olam tuzilishi haqidagi zamonaviy tushunchalarning asosini tashkil qiluvchi - kvant mexanikasi sohasi yuzaga keldi va taraqqiy eta boshladi. Kvant mexanikasi mikroskopik olam manzarasini o‘rganadi. Uning ayrim kashfiyotlari shu darajada hayratlanarliki, hatto Plank o‘zi ham ko‘p bora tan olganidek, bu sohaning kashfiyotlari inson aqlini shoshirib qo‘yadi. Ustozlar ustozi deya e'tirof etilgan olim, o‘n yillar mobaynida olmon ilm-fani boshqaruvida bo‘ldi va natsizmning eng manfur illatlari qanot yozgan musibatli kunlarda ham, ilm va zakovat shamchiroqlari shu'lasini saqlab qola bildi.
Diqqat! Kitobxonlardan kitob haqidagi mulohazalarni va xatolarimiz ko'rsatilgan konstruktiv-tanqidiy fikrlarni kutib qolamiz.
Muallif: Alberto Tomas Perez Izquierdo ( Asl nusxa, Barcelona, RBA Collectionables S.A. 2012).
O‘zbek tiliga www.Orbita.Uz sayti tarjimasi
Tematik yo‘nalishi: Fizika, kvant nazariyasi, nurlanishlar, kvant, noanqiliklar nazariyasi, biografiya
Tarixi: www.Orbita.Uz elektron kutubxonasii, 2015-yil.
Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .pdf formatidagi, kompyuterda terilgan.
Grafikasi: O‘zbek tili lotin alifbosida.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|