Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa

Videofayllarni hajman siqish algoritmini ishlab chiqqan olimlar Olmoniya kelajak mukofoti uchun nomz

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Videofayllarni hajman siqish algoritmini ishlab chiqqan olimlar Olmoniya kelajak mukofoti uchun nomzod sifatida ko‘rsatildi.

Bugungi kunda internet tarmog‘ida aylanayotgan axborot hajmining 70% qismini videofayllar tashkil qiladi va bu raqam o‘sishda davom etmoqda. Agar odata juda katta axborot hajmini ishg‘ol qiladigan videofayllarni samarali siqish uchun xizmat qiladigan dasturiy texnologiyalar barpo etilmaganida, zamonaviy internetda video ulushu bu qadar katta bo‘la olmas edi. Videofayllarni maksimal siqish dasturiy texnologiyasini ishlab chiqqan nemis olimlari Germaniyaning Kelajak mukofoti uchun tavsiya etilishdi.

Hozirgi kunda vide har yer va har vaqtda bor. Harakatlanuvchi tasvir avvaliga faqat kinematografiya bilan bog‘lab tushinilgan bo‘lsa, keyinchalik, bu tushuncha televideniye bilan uzviylashdi. 90-yillrda bu jarayonga videmagnitafonlar aralashib kirdi. Yaqin yillar ichida esa, televideniye va kinematograf ham, o‘zining videouzatmalar bo‘yicha yetakchilik rolini internetga boy berib bo‘ldi. Endilikda harakatlanuvchi tasvirninig jozibasidan bahramand bo‘lish uchun, 100 yil avvalgidek chipta olib kinoteatrga kirish, yoki 50 yil avvalgidek, oq-qora ekranli televizorga termulish shart emas. 20-30 yil avvalgi chamadondek keladigan videmagnitafonlar va ularning yuzlab metrli tasmaga ega qutisimon kassetalari ham allaqachon urfdan qolgan. Tugmadek keladigan fleshka xotirasida o‘sha "qadimiy" video-saqlagichlarni bir nechtasini band qila oladigan ulkan hajmli videofayllardan bir nechtasini birdaniga saqlash mumkin. Qolaversa, global tarmoq bo‘ylab, ushbu videolarni jahonning istagan nuqtasiga bir necha daqiqialar ichida jo‘natish bugungi kunimiz uchun oddiy hol. Endilikda tarixiy xronika, konsertlar, opera, spektakl, klip va boshqa ko‘plab tomoshabop narsalarni internetdan oson topish va ko‘rib zavqlanish mumkin. Bundan tashqari, endilikda skayp, videotelefoniya, videokonferensiyalar, teletibbiyot haqida gapirib ham zamondoshlarimizni hayratlantira olmaysiz. o‘zbekistonimizda joriy, 2015-yildan e'tiboran, masofaviy videobog‘lanish orqali xo‘jalik sudlari majlislarini olib borish amaliyoti joriy qilingani ham yuqorida keltirgan so‘zlarimizning isbotidir.

Xayko Shvarts, Tomas Vigand, Ditlef Marpe (o‘ngdan chapga)

Tarmoq texnologiyalari bozorida yetakchi o‘rinlarni egallovchi Cisco Systems ekspertlarining ta'kidlashicha, joriy yilda global tarmoqdagi umumiy harakatlanayotgan trafikning 60-70% ulishi aynan videofayllarga to‘g‘ri kelmoqda. Tahlil natijalariga ko‘ra, butunjahon o‘rgimchak to‘rida har oyda 1019 bayt videoaxborot uzatilmoqda va ushbu raqam ham o‘sishdan toxtayotgani yo‘q. Taqqoslash uchun misol keltirsak, bu raqam 2 milliard dona DVD diskka joylangan videofayl deganidir. Shu bilan birga, videofayllarning sifati ham yaxshilanmoqda. Masalan, 90-yillrda hammani to‘liq qanoatlantirgan videokassetalardagi tasvirlarni bugungi kun tomoshani aftini burishtirish bilan, sifatidan norozi yuz ifodasi bilan tomosha qiladi. Yaqin-yaqinda ham hammaga hayrat bag‘ishlagan DVD disklar ham endilikda Blu-Ray disklar tomonidan siqib chiqarilmoqda. Anlagog formatdagi tasvir uzatishga asoslangan televideniye ham hozirda "eskilik sarqiti"ga aylanib bo‘ldi. Yurtimizning deyarli barcha telekanallari hozirda yuqori tiniqlik darajasiga ega bo‘lgan raqamli televideniye formatiga o‘tib bo‘lishdi. o‘ylashimcha yaqin 5 yil ichida bizni raqamli televideniye ham qanoatlantirmay qo‘ysa kerak. Zero jahonning ilg‘or texnologik ishlab chiqaruvchilarida uch o‘lchamli tasvir namoyich qiluvchi, ya'ni, hajmli tasvir uzatuvchi yangi inqilobiy texnologiyalarni bozorga olib chiqishga tayyorlanilayotgani haqida ma'lumotlar bor. Tasavvur qiling, "Zumrad va Qimmat" multfilmini uch o‘lchovli tasvirda tomosha qilsak-a? (Orzuga ayb yo‘q...)

 

Siqish texnologiyasisiz - hech qandaqa video bo‘lmaydi.

Ha, yuqorida bayon qilganlarimiz barchasi, analogli videotasvirlar zamonasidan raqamli videotasvirlar davriga o‘tib kelganimiz tufayli imkonli bo‘ldi. Bu esa videosignallarni maxsus qayta ishlash - siqish texnologiyalarini joriy etmasdan turib amalga oshirib bo‘lmaydigan narsadir. Bunday vazifaning, ya'ni, videoni siqishning asosiy mohiyati, videoaxborotning umumiy hajmini imkon qadar maksimal kichraytirib, ayni damda, uning sifati hamda, uzatish samaradorligini yuqori darajada saqlab qolinishini ta'minlash sanaladi. Faqat va faqat siqish texnologiyalari tufayligina, katta hajmli videofayllarni, masalan 2-3 soatlik kinofilmlarni tugmadek keladigan bitli ixcham xotira qurilmalariga saqlash, yoki, internet orqali do‘stimizga uzatish imkonli bo‘ladi. Bunday videosignallarni qayta ishlash uchun xizmat qiladigan dasturiy algoritmlar majui kodek deyiladi (Codec - inglizcha Comression-Decompression so‘zlarining birinchi bo‘g‘inlaridan yasalgan). Jahonda hozirda eng keng tarqalgan video siquvchi kodek H.264 yoki, AVC (Advanced Video Coding) deb nomlanadi va u turli xil sohalarda qo‘llashga mo‘ljallangan bir necha fayl kengaytmalariga ega. Ushbu kodek hattoki xalqaro standart sifatida qabul qilingan. Ushbu dasturiy algoritmik videosiqish texnologiyasini Berlindagi Fraungofer nomli ilmiy jamiyatga qarashli Axborot Texnologiyalari Institutida faoliyat yurituvchi uch nafar olimlar - professor Tomas Vigand, muhandis Detlef Marpe, hamda matematik Xayko Shvartslar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirda ular Olmon kelajak mukofotining 2012-yil uchun belgilangan dasturi doirasida nomzod sifatida qarab chiqilmoqda (joriy mukofot faqat bir ixtiro, kashfiyot yoki patent uchun u amaliytga kiritilgacha faqat necha yildan keyin beriladi, ya'ni, uning asosiy sharti vaqt sinovidan o‘tgan va o‘zini amalda oqlagan ixtiro va kashfiyotlar uchun berilishdir).

Ortiqchasini olib tashla, faqat zarurini qoldir.

Shu o‘rinda yana bir narsani yoddan chiqarmaslik kerakki, internetda videoning shu darajada ommaviy uzatilishi davri boshlanishidan oldin, global tarmoqda tovushli fayllarning ham shu darajada katta inqilobiy tus olib ommaviy tarqalishi jarayoni yuz bergan edi. Bu narsa ming yillik bo‘sag‘asida, aniqrog‘i, 2000-yilda boshlangan edi. Mazkur "musiqiy inqilob"ga sabab bo‘lgan narsa ham, tovushli fayllarni maksimal siqish imkonini bergan .mp3 texnologiyasining ishlab chiqishili bosh omil bo‘lgan. Shunisi e'tiborliki, MPEG-1, Audio Layer-3 standartlari asosida ishlab chiqilgan ushbu format ham, aynan Fraungofer instituti xodimlari mehnatlari evazaiga dunyo yuzini ko‘rgan. o‘sha ishlanma ham Olmon kelajak mukofotining 2000-yil dasturiga tavsiya etilib, g‘olib bo‘lgan edi. Mohiyatan, videoni siqish ham audioni siqish bilan juda-juda o‘xshashdir. Har ikkala vazifada ham bosh maqsad bir xil - barcha ortiqcha narsani chiqarib tashlash va faqat zaruruni olib qolish. Barcha ayyorlik shundaki, bir xillika ega bo‘lgan narsani boshqasidan farqlay olishdir. "Yuqori sifat ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan raqamli televideniyening bitta kadri bu - 2000"1000 nuqtadan iborat bo‘ladi" - deydi Detlef Marpe. "Shunday tarzda, har bir axborot paketi taxminan 3 megabayt hajmni egallaydi. Agar shu usul bilan biz, soniyasiga 24 ta kadr almashadigan koniflmni yozishga urinsak, unda bizda soniyasiga 70 megabayt axborot zichligiga ega videosignal oqimi hosil bo‘ladi. Bu degani, hozirda alqab maqtalayotgan 25-gigabaytli Blu-Ray disklarga ham biz faqat 6 daqiqalik yuqori tiniqlikdagi video yoza olrdik xolos".

Albatta videofayllarni siqish algoritmlarini ishlab chiqish faoliyati H.264 dan boshlangan emas va u bilan tugab ham qolmaydi. Bu boradagi ilk stabdasrtlar o‘tgan asrning 80-yillarida ishlab chiqila boshlangan bo‘lib, H.264/AVC standartning eng muvaffaqiyatli "ajdodi" shubhasiz MPEG-2 bo‘lgan edi. U birinchi avlod raqamli televideniyelarda hama optik DVD disklarda qo‘llanilgan. Undan keyin dunyo yuzini ko‘rgan MPEG-4 va H.263 standartlari ucnhalik ham omadli chiqmadi va MPEG-2ni surib tashlay olmadi. Bular MPEG-2 internet video uzatmalari ahmda, videotelefoniya sohalari bo‘yicha faqat to‘ldiruvchi vazifasini bajarib berishdi xolos. Biroq xalqaro internet tarmog‘idagi videoalmashinuv oqimining keskinlik bilan ortib borishi, videoni siqishning yanada samaraliroq texnologiyalarini o‘ylab topish va joriy etish zaruriyatini yuzaga chiqardi. Shunday algoritm o‘laroq, H.264/AVC standart yuzaga chiqdi. Bu standartning mualliflari, videoning sifatini pasaytirmasdan turib, uning hajmini ikki barobargacha qisqartirishga muvaffaq bo‘lishdi. Boshqacha aytganda, H.264/AVC standart bilan siqilgan video, fizik xotira qurilmasida ikki barobar kam joy egallaydi va tarmoq bo‘ylab uzatishda ham kanallarni ikki barobar kam yuklama bilan band qiladi.

Yanada yaxshirog‘ini kuting!

Aytish joizki, videofayllarni siqish texnologiyalarini yanada mukammallashtirish borasidagi ishalr yanada jadal tus olib davom etmoqda. Kommunikatsiya texnologiyalari sohasi odatda arg‘imchoqni yodga soladi: siqishning samaradorligining ortishi, kanallarning o‘tkazish qobiliyatini kuchaytirilishiga olib keladi, bu esa, tarmoq bo‘ylab videotraffikning yanada ortishiga turtki beradi. Vaqt o‘tishi bilan videouzatmalar hajmining yanada ortishi kuzatiladi va endilikda ushbu standart ham o‘z samarasini yo‘qota boshlaydi... Hozirda aynan ushbu ilmiy guruh, keyingi, kelajak videokodekini ishlab chiqish borasida allaqachon ish boshlab yuborgan. Loyihaning nomi HEVC dyiladi (High Efficiency Video Coding). Ilmiy guruhning o‘ylagan rejasiga ko‘ra, ushbu yangi standart yuqori tiniqlik darajasini ta'minlab berish bilan birga, avtostereoskopik tasvirli televideniyeni joriy qilishga ham yordam berishi ko‘zda tutilgan. Avtostereoskopik tasvirli televideniye deganda, tasvirni uch o‘lchamli formatda uzatilishi ko‘zda tutiladi va bunda hajmli tasvirni ko‘rish uchun hech qanday maxsus anjomlardan, shu jumladan 3-D ko‘zoynaklardan ham foydalanishga hojat qolmaydi deb umid qilinmoqda. Agar ushbu ixtiro ham dunyo yuzini ko‘rib, o‘zini amaliyotda oqlaydigan bo‘lsa, kim biladi deysiz, balki bir necha yillardan keyin u ham nufuzlik mukofotlarga sazovor bo‘lar...

www.dw.com asosida tayyorlandi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 19.12.2018 07:49  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so'rayapti (ko'chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo'ladi?

-eni va bo'yini ko'paytirasiz, ya'ni, S=ab...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 829
O'qilgan sahifalar soni : 4968424

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!