Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar Ser Rojer Penrouz - takrorlanmas mozaika va tafakkur ildizlari haqida bahs

Ser Rojer Penrouz - takrorlanmas mozaika va tafakkur ildizlari haqida bahs

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Ser Rojer Penrouz - takrorlanmas mozaika va tafakkur ildizlari haqida bahs

Birlashgan Qirollikda davlat va jamiyat uchun buyuk xizmatlar korsatgan shaxslarga Ritsarlik maqomi hamda, Ser unvoni berilishi tarixiy an'ana sanaladi. 1994-yilda zamonamizning eng nomdor olimlaridan biri, fizika, matematika, hamda, inson tafakkurining neyrofiziologik jihatlarini tadqiq qilish borasidagi eng ilgor tadqiqotlar muallifi Rojer Penrouz ham, qirolicha Elizaveta II tomonidan Angliyaning mazkur yuksak unvon va maqomlari bilan taqdirlandi. Haqiqatan ham u tom ma'noda zamonamiz ilm-fanining shavkatli ritsaridir. Keling, uning tarjimai holi va ilmiy faoliyati haqida ushbu maqola orqali imkon qadar batafsil toxtalamiz.

Ser Rojer Penrouzning ota-onasi tibbiyot mutaxassislari bolishgan. Chunonchi uning otasi Laynoel Sharplz Qirollik Jamiyati a'zosi bolib, tibbiy genetika boyicha oz davrining yetakchi mutaxassislaridan sanalgan. Qahramonimiz Rojer Penrouz otasining 1931-yilda Kolchester shahrida otkazilgan maxsus ilmiy tadqiqot dasturida ishtirok etayotgan paytida, osha yilning 8-avgust sanasida dunyoga kelgan.

Penrouzlar oilasi ilm-fanga nisbatan e'tiqodiy darajada yondoshadigan oila bolgan. Ularning oilaviy yalpi aqliy salohiyatidan shu narsa yaqqol darak beradiki, oilada Rojerdan boshqa farzandlar ham kuchli ilmiy salohiyatli olimlar bolib yyetishishgan. Xususan, akasi Oliver Penrouz ham Rojer singari fizik va matematik mutaxassis boib yetishgan bolsa, uning ukasi Jonatan Penrouz esa, kasbi boyicha psixolog, shuningdek Britan orollarida dongi ketgan mashhur shaxmatchi bolib tanilgan. Ma'lum sabablarga kora, Penrouzlar oilasi 1939-yilda avval AQSH va keyin Kanadaga kochib otadi. Aynan shu paytlarda Rojerda matematikaga nisbatan ishtiyoq paydo bola boshlaydi. Chunki bu vaqtlarda uning ota-onasi ham mazkur fan bilan qattiq berilib shugullanar edi. Ayniqsa otasi ozi genetik bolishiga qaramay, geometriyaga mukkasidan ketar darajada ishtiyoq bilan yondoshgan.

1945-yilda Yevropa II-jahon urush olovidan qutilgach, Penrouzlar yana Angliyaga qaytib kelishadi va Londonga joylashishadi. Ota Penrouz London Universitet Kollejida odam genetikasi fanidan professor unvoni bilan ishlay boshlaydi. U farzandlarini ham aynan shu dargohda ta'lim olishlarini istagan. Ayni istakka kora Rojer ham mazkur kollejga oqishga kiradi. Kollejdagi oqish yakuniga kora unga ota-onasi oilaviy an'analarni davom ettirishni, ya'ni tibbiyot xodimi bolib yetishishi uchun, biologiya va kimyo yonalishi mutaxassisligini taklif etishadi. Lekin Rojer ularning xafsalasini pir qilgancha, fizika va matematika sohalarini ozi uchun istiqbolli deb tanlaydi.

Universitet kollejini a'loga tamomlagach, akasi Oliver izidan borib, Rojer Penrouz ham Kembrij universitetiga oqishga kiradi. U faqat fizika bilan mashgul bolgan akasidan farqli ravishda, sof matematika bilan shugullanishni ma'qul koradi va XX-asrning eng obroli matematiklari sirasiga kiruvchi olim Uilyam Xodj rahbarligida algebraik geometriya boyicha tadqiqotlar boshlaydi.

Talabalik yillarida u asta-sekinlik bilan fizikaning fundamental masalalari borasida ham qiziqa boshlaydi. Chunonchi u Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi va zamon-makon tuzilishi strukturasi haqida izlanishlarga kirishadi. Ayni mavzular yoqalab esa kvant tamoyillarining fundamental masalalariga kirib keladi. 1957-Kembrij oliygohini fan doktori (PhD) bilan tamomlagach, avvaliga Londondagi Bedford Kollejida, keyin esa ozi ta'lim olgan Kembrij universitetida sof matematikadan ma'ruzalar oqiydi. 1959-yilda u NATOning granti sohibiga aylanadi va keyingi ikki yilni okean ortining eng nufuzli oliy ma'hadlarida, xususan, bir paytlar kimsan Eynshteynning ozi ishlagan dargoh - Prinston universitetida ilmiy faoliyat olib boradi. U 1978 yilda Oksford universitetining Rouzboll professori lavozimiga tayinlangan va to 1998 yilgacha, ya'ni qariyb 20 yil mobaynida mazkur lavozimda faoliyat korsatgan. Keyinchalik esa Oksford universitetining matematika kafedrasiga rahbar etib saylangan va hozirda ham mazkur vazifada ishlab kelmoqda.

Rojer Penrouz ilmiy faoliyati davomida koplab yuksak ilmiy mukofot va unvonlarga sazovor bolgan. Xususan u Albert Eynshteyn nomidagi mukofot, Kopli medali, Volf mukofoti, Gelmgolts medali kabi onlab nufuzli ilmiy e'tirflarga musharraf bolgan. Albatta, bundayin oliy maqomlar oz-ozidan kelmaydi. Ilm-fan ritsari Penrouzning ushbu mukofotlarga erishuviga sabab bolgan ilmiy ishlari haqiqatan ham tahsinga loyiqdir. Ularning ayrimlari shu darajada ajabtovur va ziddiyatlarga boyki, bir qarashda tushunish va ishonish juda-juda qiyin boladi. Shunday bolsa-da, ular borasida bahslashishga ham uncha-muncha kuchli olimning ham yuragi dov bermaydi. Chunki ular shu darajada benuqson hamda murakkab hamdir. Keling ularga birma-bir toxtalib otsak:

Ozining e'tirof etishicha Penrouzdan eng kop soraladigan narsa, fizika yoki matematika haqida emas, balki ong va tafakkur boyicha bolar ekan. Albatta bu bejizga emas, chunki uni mashhur qilgan kitoblari, ya'ni Imperatorning yangi tafakkuri, Idrok kolankasi, Katta, kichik va inson ongikabi kitoblari millionlab adadda chiqib, qolma-qol bolib ketgan. Ushbu kitoblarda Penrouz ozining inson ongi va tafakkur yuritish jarayonlarining oddiy psixologik tavsifidan boshlab, chuqur neyrofiziologik jarayonlarigacha tadqiq qilishga urinadi. U inson tafakkuri faqat insongagina xos bolgan oliy fenomen ekanini ta'kidlaydi va tafakkurni biror-bir mashinada modellashtirishning imkoni yoqligini ta'kidlash asnosida, ong va tafakkurning poydevori bolishi mumkin bolgan va balki, biz shaxsdeb ataydigan tushunchani ifodalaydigan fizik mexanizmni taklif qiladi. Penrouzning tafakkur borasidagi gipotezalarining asosiy tamoyil va xuloaslarini shartli ravishda, musbat(tasdiqlovchi) va manfiy (inkor qiluvchi) qismlarga ajratish mumkin.

Manfiyqism asosan, ong va tafakkurni modelini yaratishning imkonsizligini matematik jihatdan asoslashga bagishlanadi va bunda olim mashhur olmon matematigi Kurt Gyodelning toliqsizlik teoremasiga tayanib dalallar keltiradi. Uning ta'kidlashicha, idrok, ong kabi tushunchalarni gap faqatgina muayyan matematik ijodiyotga aloqador ma'lum atamalarni qollashda, masalan, teoremalarni keltirib chiqarishda, hisoblashlarni bajarishda va algoritmlarni yozishdagina ma'lum ma'noda qollasa bolar ekan. Lekin ong va tafakkur mexanizmlarining ozi uchun esa matematik teoremalar va ta'riflar bagishlashning imkoni yoq. Shu sababli, xatto inson zakovatining eng inja qirralarini ozida aks ettiruvchi matematikada ham, zakovat, ong, fahm va idrok masalalarining ozi ochiq qoladi. Bu esa, odam aqliy faoliyatining boshqa xossalarini modellashtirishga borasidagi imkoniyatlarni ancha pasaytirib yuboradi. Shu orqali, ongni mexanik modellashtirish imkoniyatiga manfiy tamga bosiladi (ya'ni inkor qilinadi).

Penrouz gipotezasining musbat qismi esa, umuman olib qaraganda, bir-biri bilan ozaro yaxshi muvofiqlikka ega bolgan gipotezalarning uygunligidan iborat. Ular bir tarafdan fizikaga, boshqa tarafdan neyrofiziologiyaga borib taqaladi. Uning fizik asoslari esa, miyaning fiziologik faoliyatini kvant fizikasi boshqaradi degan taklifga bogliq bolib, Penrouzning ta'kidlashicha, ong, tafakkur va idrok xossalarini shakllanishida miya neyronlarining mikrotrubkalarida yuz beruvchi qandaydir (hozircha tushunib yetilmagan) kvant jarayonlari boshqarar ekan. Bunda bir printspial muhim jihat borki, u ham bolsa, noaniqliklar tamoyili deb ataladi. Miya neyrofiziologiyasidagi kvant jarayonlarda esa bu narsa hisoblab bolmaslik(inglizcha nonsomputability) sifatida namoyon boladi. Manfiy qism xuloasiga kora esa, gipotezaning bu jihatisiz u toliq bolmaydi. Kvant nazariyasining hozirgi zamon darajasi bilan miya faoliyatining ushbu jarayonlariga oid hisoblashlarni bajarishning imkoni yoq. Bunga imkon beruvchi biror nazariya paydo bolguniga qadar esa, bu borada faqat muayyan miqdoriy nisbiy chamalashlarni bajara olamiz xolos. Lekin bunga imkon beruvchi nazariyaning yaqin orada paydo bolishiga ham hozircha ishonch yoq. Penrouzning aytishicha, agar miya faoliyatidagi kvant jarayonlarni ifodalab berishga qodir shunday nazariya paydo bolgan taqdirda, u oz vaqtida Eynshteynning nisbiylik nazariyasi amalga oshirgan ilmiy inqilobni takrorlashi mumkin ekan. Ya'ni bu zamonamiz fiziklari va matematiklari ongida mustahkam ornashib qolgan qarash va tushunchalarni kontseptual jihatdan butunlay qayta korib chiqishni taqozo etar emish. Shu sababli ong va tafakkurni modellashtirish uchun avvalo miyani va undagi kvant jarayonlarini modellashtira olish kerakligi vajidan, bu borada biz hozircha faqat ota dagal taxminiy ma'lumotlar ola olamiz xolos. Biroq Penrouz gipotezasini rivojlantirish boyicha ilmiy ishlar hozirda yanada qizgin jadallashmoqda va yangi-yangi yosh olimlar, tajribakorlar (eksperimentatorlar) kelib qoshilmoqda. Balki yaqin yillar ichida bu borada Penrouz maktabi vakillaridan yangi ilmiy kashfiyotlar eshitib qolarmiz...

Penrouz kosmologik tadqiqotlar borasida ham zamonamizning yetakchi olimlaridan sanaladi. Bu boradagi ilk ilmiy ishlarini u 1967-yildagi ozi ishlab chiqqan tvistorlar nazariyasi orqali bayon qilgan. Tvistorlar nazariyasiga kora, Minkovskiy fazosidagi geometrik obyektlarni Penrouz ozining tvistorlarning vektor fazosida tasvirlaydi. Kosmologiya haqida gap ketganda, Penrouzning Koinot senzurasigipotezasi haqida ham albatta toxtalib otmoq kerak. Unda Penrouzning tafakkur masalalaridagi tadqiqotlarining kurtaklarini korish mumkin. Mazkur gipotezaga kora koinotning ozi shunday xossaga egaki, u biz kabi kuzatuvchilar uchun singulyarliklarni kuzatishga imkon bermaydi, ya'ni, u singulyarliklarni hodisalar gorizontibilan tosib qoyish (ya'ni shunday majoziy ma'nodagi senzura qollash) orqali, singulyarlikda qanday fizik jarayonlar yuz berayotganini bilishga imkon qoldirmaydi. Penrouzning bu gipotezasi hozirda kosmologik tadqiqotlarda muvaffaqiyatli qollanib kelinmoqda. Xususan u ozi va yana bir mashhur ingliz olimi Stiven Xoking hamkorlikda, singulyarlik boyicha qator natijalarni qayd etishdi. Chunonochi, koinot senzurasi qora tuynuklar fizikasiga juda katta muvffaqiyat bilan tadbiq etildi.

Ser Rojerning ilm-fan olamida mashhur qilgan yana bir ilmiy ishi yuqorida ham aytganimizdek, zamon-makon strukturasining tadqiq qilishga bagishlanadi. Uning bu boradagi kattagina asari 1972-yilda nashr ettirgan bolib, Zamon-makon strukturasideb nomlanadi. Eynshteynning umumiiy nisbiylik nazariyasining keyingi rivoji hamda kosmolgiya sohasida erishilgan yangi ilmiy muvaffaqiyatlar (chunonchi astrofizik Edvin Xabbl tomonidan koinotning kengayishining kashf etilishi hamda, Xabbl qonunining shakllantirilishi) betoxtov kengayuvchi zamon-makon strukturasining turli modellarini barpo qilinishiga olib keldi (Fridman modellari). Koinotning bir jinsli izotrop modelinining kengayishi masalalarida singulyarlik muammosi ortaga chiqadi. Ya'ni koinot oz ibtidosida cheksiz katta zichlikka va zamon-makon egrilanishining cheksiz katta qiymatiga ega bolganligini koplab kosmolog mutaxassislar ta'kidlay boshlagan edilar. Bu borada XX-asrning 50-80 yillarida jahon ilmiy jamoatchiliga keskin bahs-munozaralar avjiga chiqqan edi. Ularda Penrouz ham ota faol ishtirok etib, ozining qator nodir uslublarini ishlab chiqqan. Uning ta'kidlashicha, umumiy nisbiylik nazariyasining zamon-makon strukturasini ifodalovchi tenglamalari aslida ikkinchi darajali nochiziqli matematik tenglamalarning hosilasi bolib, ular asosida, zamon-makon strukturasining fizik va matematik ifodasi uchun nozik matematik uslublar ishlab chiqish mumkin. Aynan shunday uslublardan birini Penrouzning ozi taklif etadi. Ularning kosmologiya borasidagi nazariy tadqiqotlarda qollanishijan esa, Penrouz va uning izdoshlari nihoyatda muhim va printspial ahamiyatga ega xulosalarga kelishgan. Ular ichida eng asosiysi - gravitatsion kollaps jarayonida singulyarlikdan qochib-qutulib bolmasligining ilmiy isboti keltirilganidir. Unga binoan, ulkan massali yulduzlar evolyutsiyasining songgi bosqichlarida yuz beruvchi gravitatsion kollaps jarayonida, uning oz sferik simmetrisiyadan oga boshlashi (chetlanishi) hamda aylanish korsatkichlarining ozgarishiga muvofiq, kollapsning umumiy manzarasi tashqi kuzatuvchi (masalan Yerdagi astrofizik) uchun korinmas holatga ota boshlaydi. Yulduzning olchami gravitatsion radius rg ga etib, undan ham kichraygandan keyin, tashqi kuzatuvchi u joyda nima bolayotganini endi hech qachon bila olmaydi. Rojer Penrouz ozining zamon-makon strukturasi haqidagi goyalarini bayon qilar ekan, yulduzning osha gravitatsion radiusdan keyingi taqdirida, uning tashqi maydoni Kerr metrikasiga intilishini isbotlab beradi. Isbot shunchaki Kerr metrikasining yulduz kollapsiga tadbiq etilishi bilan cheklanmay, balki Kerr metrikasining ozi ham kollapsga uchragan fazoviy jismning faqatgina massasi va burchak momentiga bogliq ekanini asoslab beradi. Bu esa, jismning gravitatsion kollapsdan keyingi evolyutsiyasida yana qayta kengayishi boshlanishi haqidagi farazlarni yoqqa chiqaradi. Keyingi davr astrofizik kuzatuvlari natijalari asosida, xususan pulsarlar va kvazarlarning songgi evolyutsion bosqichlarini kuzatish orqali, qayta kengayish haqidagi osha farazlarning puchligi isbotlandi va Penrouzning isbotlashlari tasdiqlandi.

Penrouzning ilmiy jamoatchilikda e'tirof etiladigan eng muhim kashfiyoti esa uning spin tarmoqlarini taklif etgani bolib (1971-yil), aynan ushbu kashfiyoti uning zamon-makon strukturasini bayon qilishdagi eng asosiy quroli bolib xizmat qilgan. Bu borada Penrouzni ba'zan shuningdek Eynshteynning toldiruvchisiham deya ta'riflanadi.

Yuqorida qayd etilganlaridan ham kora Penrouzga eng katta shuhrat keltirgan ilmiy ishi, atiga ikkita juda oddiy geometrik shakl vositasida cheksiz tekislikni takrorlanmas mozaika bilan toldirish usulini ixtiro qilgani bolgan edi. Penrouz avvaliga tekislikni geometrik shakllar bilan toldirishni fanda R1 usuli deyiladigan yol bilan uddalagan. Bunda u mashhur olmon astronomi Iogan Keplerning Fazoviy garmoniyaasarida keltirilgan goyalarga asoslangan va oltita geometrik shakl vositasida toldirishga erishgan. Keyinchalik Penrouz tekislikni toldiruvchi shakllar sonini maksimal qisqartirishga, ya'ni atiga ikkita shakl bilan toldirishga erishdi. Ular R2, ya'ni deltoidlar bilan toldiri usuli, hamda, R3, ya'ni romblar bilan toldirish usullaridir. 1984-yilda Penrouz mozaikalari kvazikristallar atomlarining joylashuv taritibida ham aks etishi isbotlandi. Ya'ni tabiatda bunday murakkab va betakror joylashuvlar allaqachon bor ekan. Hozirda Penrouz mozaikasidan binolarning ichki qismlariga bezak berishda keng foydalaniladi. Penrouz mozaikasi masalan pol va devorlarga betakror nafis naqshinkorlik bagishlaydi.

Rojer Penrouzning songgi shov-shuvli ilmiy gipotezalaridan biri esa 1990-yillar ortalarida maydonga chiqqan Xammerxoff-Penrouz neyrokompyuting nazariyasidir. Uning asosida inson tafakkurining Orsh OR deb nomlanuvchi modeli yotadi. Ushbu modelga kora, miyaning faolligi muayyan kvant jarayonlari bilan bogliq bolib, Penrouzning bu boradagi qarashlarining asosini maqola avvalida bayon qilgan edik. Ularga yana shuni qoshimcha qilish kerakki, Penrouz taklif qilayotgan Orsh OR modelidan kelajak kompyuterlari, ya'ni kvant kompyuterlarining kontseptual loyihalanishida keng qollanishi kutilmoqda. Ushbu modelning fizik asosida miyaning muayyan qismlarining tolqin funktsiyalarida shundayin uzluksiz ob'ektiv reduktsiya (OR ning mazmuni ham aynan shunda, ya'ni, inglizcha objestive redustion) jarayoni sodir boladi deb hisoblanadi va u miyadagi zamon-makon kvant holatlarining chegaraviy ogishidan kelib chiqadi, ogish sodir bolganidan keyin u qayta reduktsiyalanadi deb qaraladi. Model nomidagi Orsh sozi esa, ingliz tilidagi Orshestered sozini ifodalaydi. Ya'ni, Penrouz va Xammerhoffning ta'kidlashicha, miya mikrotrubkalaridagi kvant jarayonlarini muayyan oqsillar tomonidan boshqariladi (orkestrlanadi) deya ta'kidlashadi.

Rojer Penrouz yaqinda 84 yoshga tolishiga qaramasdan, haqiqiy shavkatli ritsar misoli ilm-fanning eng otkir muammolariga qarshi chaqiruv bilan chiqishda davom etmoqda. Uning ilmiy gipotezalari va nazariyalari esa hali yana bir necha avlod fiziklari uchun tadqiqot manbai bolib xizmat qilishi aniq.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 08.09.2018 09:23  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Bildirilgan fikrlar   

 
0 #2 MATEMATIKLAR SHOHIFarrux_Qashqarov 2016-09-24 12:15
Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman foydalanilganid a, saytga havola ko'rsatish shart emas, ammo lekin, judayam ma'qullanadi! :)



MUallifni hurmat qilish uchun yetarli menimcha. Chunki unga ma'lumotlarni tezroq tarqalishi va o'quvchilarni ko'payishi muhim.
Iqtibos
 
 
0 #1 Javob: S?r Roj?r P?nrouz takrorlanmas mozaika va tafakkur ildizlari haqida bahs.Bakhtisher Aslonov 2015-08-03 10:16
Muzaffar aka, to'g'risi yaqin orada siz kabi bu qadar fanga qiziqqan odamni ko'rmagan edim. Yonma yon shaharlarda yoki bir viloyatda siz bilan yashayotganimda n bir tomondan faxrlansam, shu paytgacha siz bilan shaxsan tanish emasligimdan afsuslandim. Bilmadim nega, lekin o'z sohasini bu qadar sevib o'rganish, tafakkur sarhadlarini asta-sekinlik bilan bo'lsada zabt etib borish bugungi kund amen uchun juda mushkul ish bo'lib ko'rinadi. Kunda bo'lmasa ham kun ora saytingizga kiraman, har safar sizga bo'lgan hurmatim ortib boraveradi. To'g'risi sizga juda ham o'xshagim kelib ketdi!
Iqtibos
 

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyogar ota o'z oshnalariga maqtanmoqda:

-Kecha meni o'g'lim tili chiqib, birinchi so'zini gapirdi!

-Nima dedi? Dadami, oyimi?

-Izopropiloftormetilfosfonat...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 784
O'qilgan sahifalar soni : 3672784

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov