Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar David Gilbert - haqiqiy parishonxotir olim

David Gilbert - haqiqiy parishonxotir olim

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

David Gilbert - haqiqiy parishonxotir olim

Biz bilishimiz lozim va bilib olamiz ham!

David Gilbert.

David Gilbert 1862-yilning 23-yanvar sanasida Sharqiy Prussiya davlati poytaxti Kyoningsbergda (hozirda Rossiya Federatsiyasining Kaliningrad shahri) tavallud topgan. Gilbertning otasi ushbu shahar mahkamasida sudya bolib ishlagan. Oilaviy muhitning ilmiy faoliyatga ragbat beradigan darajada bolganidan, Gilbertlar oilasining hamma a'zolari ziyoli insonlar bolib yetishishgan. Xususan uning onasi ham falsafa, astronomiya hamda matematikani juda yaxshi biluvchi olima ayol bo'lgan.

18 yoshida orta maktabni tugatgan David Gilbert Kyoningsberg universitetiga oqishga kiradi. Ushbu oliy ma'hadda Gilbert matematika yonalishida tahsil olgan. Gilbertning ustozlar borasida omadi kelgan edi. Unga ustozlik qilgan insonlar oz davrining eng kuchli matematik olimlari bolib, xususan Genrix Veber va Ferdinand Lindemanlarni alohida korsatish mumkin. Talabalik yillarida David Gilbert invariantlar nazariyasini tadqiq qila boshlaydi va bu borada ilmiy bahs olib borishga tayyor bo'lgan boshqa bir kuchli matematik - German Minkovskiy bilan yaqindan tanishadi. Minkovskiy va Gilbert keyinchalik, bir umrga qalin dost bolib qolishgan. Aynan Minkovskiy orqali Gilbert, Ernst Kummer, Leopold Kroneker, Karl Vayershtrass, hamda Felkis Klyayn kabi osha zamonning eng yetuk matematik mutaxassislari bilan ilmiy aloqalar ornatadi. Gilbertning kasbiy faoliyatiga eng katta ta'sir korsatgan matematik aynan Feliks Klyayan bolib, u bilan David 1885 yilda Leyptsigda amaliyot otash paytida tanishgan edi. 1892-yilda Gilbertni Kyoningsberg universitetining matematika kafedrasida privat-dostesnt lavozimiga ishga tayinlanadi. Bu lavozim unga nafaqat moddiy tarafdan tokinchilikni, balki, nufuzli ilmiy doiralardan eng kuchli olim va mutaxassislar bilan muntazam kasbiy aloqalar ornatish imkonini ham berdi. Gilbert ishga joylashgach, oila qurishga qaror qiladi va Keyte Yerosh ismli ayolga uylanadi. Kopchilik Gilbertning xotinini XIX-asr Olmoniyasining mashhur avangard rassomi bo'lgan Keyt Kolvits bilan adashtirib yuborishadi. Ta'kidlash joizki, Keyt Kolvits ijodini Gilbert yoshligidanoq qattiq hurmat qilgan va uni kerakli orinlarda himoya qilgan ersa-da, harholda u bilan faqat dostona munosabat yuritgan. Gilbertning xotini Keytni esa, tasviriy san'atga umuman aloqasi bolmagan.

1895-yilda Gilbertning hayotidagi eng muhim voqea yuz beradi. Uning nomzodini Feliks Klyayan tavsiyasi bilan Gyottingen universiteti matematika kafedrasi mudiri lavozimi uchun tasdiqlandi. Gilbert shaxsi bilan bogliq eng muhim jihatlardan biri shuki, u oz prinsplariga doimo sodiq qoluvchi kishi bo'lgan. Jumladan u XX-asr dastlabki ikki on yilligining eng nufuzli matematigi bolib butun dunyoga dongi ketgan paytlarda ham, oz alma-materi, ya'ni Gyottingen universitetiga sodiq qolgan. Gilbertning jahonning eng nufuzli oliy dargohlaridagi, jumladan Berlin universiteti matematika kafedrasini boshqarish boyicha tushgan takliflarni qat'iyan inkor etgani ma'lum. 1930- yilda nafaqaga chiqqunicha Gyottingenda ishladi. Nafaqaga chiqqanidan keyin ham 4 yil, ya'ni 1934-yilgacha mazkur institutda matematikada dars berishda davom etgan.

XX asr matematiklarining bir necha avlodiga tinchlik bermagan mashhur 23 ta Gilbert muammolarini bayon qilgan ham aynan David Gilbert bo'lgan. Uning 1900-yil avgustida Parijda otgan II-xalqaro butunjahon matematiklari kongressida qilgan nutqida bayon qilingan 23 ta eng muhim va murakkav matematik masala va gipotezalar, ilm-fanda keyinchalik yangi sohalarni ochilishiga, yangi yutuqlarga erishilishiga sabab bo'lgan edi.

1920 yilda Gilbert kamqonlik xastaligiga chalinadi. osha paytlarda ushbu kasallikni butunlay davolash usuli jahon tibbbiyot amaliyotida mavjud bolmagan. U butunlay kuch-quvvatdan qolib, organizmi nihoyatda zaiflashib qoldi. Shunga qaramay u oz vaqtini asosan fundamental fanlarni tadqiq qilish bilan otkazar edi. 1927 yilda esa David Gilbert jahonda sariq kasalga qarshi ishlab chiqilgan ilk vaksinani oziga emlatib, amalda sinab korgan eng birinchi mijoz-bemorlardan bir boldi. U vaksinaning muvaffaqiyatli davolovchi ta'sirini oz tanasida his qilganini ta'kidlagan. Ya'ni, vaksina uning sogligini ushbu yomon kasallikdan saqlab qolgan edi.

XX asrning shubhasiz eng buyuk matematigi bo'lgan David Gilbert 1943-yilning 14-fevral kuni olamdan koz yumdi. U umrining songgi 10 yilini mavjud siyosiy tuzum bilan nomuvofiq dunyoqarashga ega ekani tufayli, uy qamogida otkazdi. Eslatib otamiz, 1933-yildan e'tiboran, Germaniya davlati (Federatsiyasi) boshqaruvida ota keskin millatchilik kayfiyatidagi fashizm tuzumi qaror topgan edi.

Gilbertning dafn marosimiga ham unchalik kop odam qoyilmadi. Marosimda qatnashgan kam sonli kishilardan biri bu vaqtga kelib kozi deyarli kormaydigan bolib qolgan xotini Keyt Yarosh bo'lgan bolsa, yana biri mashhur fizik Arnold Zommerfeld bo'lgan. Zommerfeld ham Myunxenda Gyottingenga arang, bir amallab yetib keladi va dafn marosimida vidolashuv nutqini oqiydi. Tobut ustida Zommerfld marhum haqida jumladan shunday degan: Gilbertning eng buyuk xizmati nimada? Savol ritorik mohiyat kasb etgan bolib, Zommerfeld Gilbertning invariantlar nazariyasinimi, geometriyaning aksiomalashtirilishimi, yoki, sonlar nazariyasi, yoxud, isbotlashlar nazariyalari orasidan qaysi birini eng buyuk ish deb tan olishni bilolmay qolganini aytadi. Shunday bolsada, Gilbertning hayotida ilm-fanga qoshgan eng buyuk xissalari qatorida, yuqoridagilardan tashqari yana, matematik analiz, funksiyalar nazariyasi, integral tenglamalar nazariyasi, kabi matematik ishlari, hamda, umumiy nisbiylik nazariyasining hamda, gazlar nazariyasining rivojiga qoshgan fizikaviy ishlarini e'tirof etish lozim.

1872-yilda olmon ilm-fanida kuchli ta'sirga ega bo'lgan olim Emil Genrix Dyubua-Reymon, pessimistik ruh bilan shunday degan edi: Bilmaymiz va bilolmaymiz ham (Ignoramus et ignorabimus). Bunga nisbatan mutlaq zid qarashlarga ega bo'lgan David Gilbert esa, 1930-yilda nafaqaga chiqishi munosabati bilan qilgan ma'ruzasida Tabiatni anglash va mantiq nomli nutq solagan. oz nutqini olim quyidagicha ibora bilan yakunlagan: Biz bilishimiz lozim va bilib olamiz ham! (Wir mssen wissen, wir werden wissen!).

David Gilbert hayotidan qiziqarli faktlar:

Gilbert oz siyosiy manfaatlarini, hamda garazli maqsadlarini niqoblash uchun ilm-fandan foydalanishga urinuvchi har qanday harakatni qattiq qoralagan. Aytish mumkinki, natsizm va fashizm illatlari quturgan osha suronli davrda ham, Gilbert oziing qat'iy fuqarolik pozitsiyasiga sodiq qolgan va millatchilik, irqchilik kabi manfur illatlardan olmon ilm-fanini himoya qilishga uringan. Shu qarashlariga binoan u ornatilgan militaristik fashistlar tuzumi hukmron doiralarida oziga dushmanlar orttirib olgan edi. Natsistlarning, muhim amaldorlari va mansab egalari, joylardagi muassasalarning boshliqlari faqat oliy irq vakillari egallashi mumkin degan qarori chiqqach, Gilbert gazabdan quturib ketgan va togni talqon qilar darajada nafratga chomilgan edi. U hatto mavjud fashistik tuzum konstitutsiyasini ham appelyatsiga berishga tayyor ahvolga yetib borgan. Bunda u avvalo nemis millatiga mansub bolmagan oddiy aholini va ayniqsa boshqa millat vakili bo'lgan, lekin Gyotingen, Geydelberg, Myunxen va Berlin universitetlari va boshqa oliy dargohlarda ishlayotgan olimlarni fashistlar tayziqida qutqarib qolmoqchi bo'lgan edi. Qanchalik urinmasin bu noteng kurashda Gilbert yolgizlik qildi. U olimlarni ozi istagan darajada himoya qilolmadi. Qolidan kelgan eng katta yordami esa, ularning havfsiz joylarga qochishlariga komaklashish boldi xolos. Kunlarning birida fashistlar Germaniyasining hukumat rahbarlaridan biri, aniqrogi madaniyat vaziri Gilbertdan, nemis akademik olamida otkazilgan irqiy tozalovdan keyingi nemis matematikasining joriy ahvoli haqida sorab qoladi. Unga esa Gilbert oziga xos jiddiylik bilan Zarar kordi deysizmi? Matematiklar umuman zarar korishmadi janob vazir! Shunchaki, endi ular umuman yoq!... - deb javob bergan edi.

Fashistlar Germaniyasining ozlari uchun yot deb bilgan madaniyatlarga nisbatan nafratlarini ifodasi sifatida, oz siyosatlariga mazmunan muvofiq kelmaydigan kitiblarni ommaviy yoqish marosimi av olgan edi.

- Gilbert - asl parishonxotir olim bo'lgan. Kunlardan bir kun Gilbert xonadoniga rasmiy mehmonlar kelishadi. U rasmiy sihbatlar uchun mos kiyinib chiqish, ya'ni, kostyum kiyib va galstuk boglab chiqish maqsadida, mehmonlarni dahlizda qoldiradi va ozi xonasiga chiqib ketadi. Uzoq vaqt otsa ham u qaytavermagach, gap nimadaligini bilib kelish uchun xotini Keyt uning orqasidan xonasini xabar olgani kiradi. lekun u ne koz bilan korsinki, Gilbert kravatda bamaylixotir pishillab uhlab yotardi! Ma'lum bolishicha, Gilbert favqulodda tartibli va punktual inson bo'lganidan, har safargidek kravat yoniga yaqinlashgach, uhlagani keldim degan hayol bilan (ta'bir joiz bolsa, kundalik odatiy algoritmga kora) yechinib, kravatga uhlashga yotib olgan ekan...

- Gilbert ozi shugullanayotgan matematik masala yuzasidan tinimsiz fikrlab yurardi. Aytishlaricha u kundalik 24 soat davomida, qayerda bolmasin, nima bilan yoki kim bilan mashgul bolmasin, hayolida baribir biror matematik masalani mulohaza qilib yurgan. Kunlardan bir kun u juda erta vafot etgan talabalirdan birining dafn marosimiga kech qolib keladi. Dafn marosimida nutq sozlash uchun unga navbat berishganida, u avvalo kech qolgani uchun uzr-ma'zur soramoqchi bo'lgan va ozini oqlash uchun, kecha tuni bilan kompleks funksiyalar boyicha bir murakkab masala ustida bosh qotirib chiqqanini rokach qiladi. lekin u shu gapni aytar ekan yana hayolan osha masalaga shongib ketadi va dafn marosimidaligini ham unitib, yigilganlarga kompleks funksiyalarni yechishdagi qollaniladigan matematik uslublar haqida ma'ruza qila boshlaydi...

- 1924-yilda David Gilbert boshqa bir olim Rixard Kurant bilan hammualliflikda Matematik fizika uslublari nomli kitob yozib nashr ettiradi. Ushbu kitob butun boshli XX-asr fiziklari va matematiklari uchun qomus olaroq qabul qilingan bolib, jahonda eng kop adadda chiqqan mumtoz adabiyotlar sirasiga kiradi. Gilbert va Kurantning mazkur kitobi hozirda ham oz dolzarbligini yoqotgan emas va Yevropaning nufuzli oliygohlarida hamon qollanma sifatida tavsiya etiladi.

-Gilbert Kyoningsberg universitetida privat-dotsent bolib ishlagan vaqtlarida, matematika kafedrasida 11 nafar oqituvchi bolib, ular 12 nafar talabaga dars berishgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 10.09.2018 08:32  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Fizika o'qituvchisi bolalarga savol beryapti:

-1 kg temir og'irmi, yoki, 1 kg paxtami?

Bir olg'ir so'zamol bola javob qaytradi:

-Domla oyoqqa tushib ketsami, yoki, tarozida tortib ko'rsami?



Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov