Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Ionosfera

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Ionosfera

Balandlik ortgan sari atmosferada gazlarning zichligi tez kamaya boradi. Ayni vaqtda quyosh spektrining ultrabinafsha qismi intensivlashadi. Bu qisqa to‘lqinli nurlanish atom va molekulalarni ionlashga qodir. Bundan hosil bo‘lgan elektron va ionlar mustaqil ravishda harakatlana boshlaydi. Albatta, o‘rtacha olganda har xil ishorali zaryadlar bir-biriga tortishadi va rekombinatsiyalashadi, ya'ni qayta birikadi. Biroq, ionlar konsentratsiyasi kichik bo‘lganda ularning qarama-qarshi ishorali ion yoki elektron bilan uchrashishi uchun ko‘p vaqt talab qilinadi. Bu vaqt (soatlar va hatto kunlar) mobaynida quyosh nurlanishi ko‘p yangi ionlar hosil qilishga ulguradi. Natijada har qaysi balandlikda elektronlar va ionlarning ma'lum konsentratsiyasi vujudga keladi. Turgan gapki, bu kunning qaysi vaqti ekanligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Chunki ionlar tunda faqat rekombinatsiyalashadi.

 

Yer sirtidan uzoqlashgan sari elektronlar konsentratsiyasi oldin ko‘payadi (quyosh yorug‘ligining ionlovchi ta'siri ortadi), yuqori balandliklarda esa kamayadi (chunki atmosfera zichligi kamayadi). Yuqori elektron (demak ion) konsentratsiyali soha vujudga keladi. Muhit butunlay elektroneytral bo‘lib qoladi. Bu muhit ionosfera deb ataladi.

Aksariyat sayyoralarda ionosfera mavjud. Xususan, Venera, Mars, Yupiterda ionosfera borligi aniqlangan. Yer ionosferasi bir necha qatlamdan iborat. Pastki qatlam D harfi bilan belgilanadi; u kunduz vaqtida 90 km balandlikda joylashib, tunda esa g‘oyib bo‘ladi. E qatlami 110 km balandlikda joylashadi va u tunda ham saqlanib qoladi. Lekin undag elektronlar konsentratsiyasi tun vaqtida 20 martagacha kamayadi. Nihoyat, 200 va 300 km balandliklarda F1 va F2 qatlamlar joylashgan. Ulardagi elektronlar konsentratsiyasi eng ko‘p bo‘lib, xususan kunduzi 1 m3 dagi elektronlar soni ikki millionga yetadigan darajada bo‘ladi.

Hali fazoga parvoz qiladigan raketalar paydo bo‘lmasdan avval va ionlar konsentratsiyasini bevosita o‘lchashning imkoni yo‘q bo‘lgan davrlardayoq, Yer atmosferasi tarkibida ionosfera mavjudligi aniqlangan edi. Ionosfera o‘zidan qaytgan radioto‘lqinlar yordamida kashf qilingan. 1895-yilda rus ixtirochisi A.S. Popov dunyoda ilk radiogrammani uzatdi. 1901-yilda Atlantika okeani orqali radioeshittirish amalga oshirildi.

Radioto‘lqinlar atmosferaning yuqori qatlamlaridan o‘tib koinot bo‘shlig‘iga chiqib tarqab ketmasdan, aksincha atmosferaning elektron zichligi yuqori bo‘lgan qatlamlaridan qaytib, yerni qamrab olgani tufayli, bunday radioefirlarni amalga oshirish amalda imkonli bo‘ladi.

Radioto‘lqinlarning qaytishi ularning chastotasi yoki to‘lqin uzunligiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Elektronlar konsentratsiyasi ne (sm−3 bilan ifodalanadi) bo‘lgan qatlamdan 33000 m/√ne dan uzun elektromagnit to‘lqinlar qaytadi. Bu formulaga F2 qatlam uchun o‘rinli bo‘lgan ne=2·106 sm3 ni qo‘yamiz. Bundan ma'lum bo‘ladiki, uzunligi 25 m dan ortiq to‘lqinlar yordamida katta masofaga barqaror radioeshittirishlar uzatish mumkin ekan. Endi radio qabul qilgich shkala diapazoniga ko‘z tashlang: qisqa to‘lqinlar diapazoni aynan shu to‘lqin uzunligidan yoki, unga mos 12 mHz chastotadan boshlanadi.

Bundan qisqa to‘lqinlar (metrli va detsimetrli) televidenie va UQT-radioeshittirishlar uchun qo‘llaniladi. Ularni antenna (teleminora) qabul ko‘lamidagina qabul qilish mumkin. Bundan ham qisqa, santimetrli to‘lqinlardan koinot apparatlari bilan aloqa bog‘lash uchun foydalaniladi. Ular ionosfera orqali bemalol o‘ta oladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 25.12.2018 14:38  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Matematikning hayotidagi eng go‘zal lahzalari - uning teorema isbotini topgani, lekin, qilgan xatosini hali fahmlamagini vaqtlari bo‘lsa kerak.


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11837359

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)