Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar Kammerling-Onnes Heyke

Kammerling-Onnes Heyke

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Kammerling-Onnes Heyke

Heyke Kammerling-Onnes (gollandcha Heike Kamerlingh Onnes) - golland fizik va kimyogari. Tarixda ilk bora, past haroratlar fizikasida amaliy natijalarga erishgan olim hisoblanadi. Uning o‘z davri uchun rekord hisoblangan 0.9 K haroratga erishgani va bu orqali suyuq geliy olish usulini kashf etgani uchun, fizika bo‘yicha 1913-yilgi Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Shu tufayli ham uning ilmiy doiralardagi hazilomuz unvoni "Janob Mutlaq nol" bo‘lgan.

Kammerling-Onnes 1853 yilning 21-sentyabr kuni, Gollandiyaning Groningen shahrida tug‘ilgan. o‘rta ta'limni o‘z shahridagi maktabda tamomlagach, 1870 yilda Groningen universitetining fizika va matematika bo‘limiga o‘qishga kiradi. Keyinroq oliy ta'limni Geydelberg universitetida, mashhur olimlar Kirxgof va Bunzenlar qo‘l ostida davom ettiradi. 1873 yilda u yana Groningenga qaytib keladi. 1878-1882 yillar davomida Kammerling-Onnes, Delfta universitetida ma'ruzalar o‘qiy boshlaydi. 1882-yilda uni, Gollandiyaning eng mashhur oliy ta'lim muassasalaridan biri bo‘lmish Leyden universitetiga, amaliy fizika fanlari professori lavozimiga taklif etishadi va Kammerling-Onnes ushbu lavozimni qabul qilib oladi.

Kammerling-Onnesning doktorlik dissertatsiyasi o‘ziga xos mavzuda bo‘lib, unda olim Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishini g‘ayrioddiy usul bilan isbotlashga uringan. 1883 yilda himoya qilingan mazkur dissertatsiya, yirik ilmiy doiralarda katta qiziqish va munozaralarga sabab bo‘lib, olimga ilk muvaffaqiyatlar uchun katta yo‘l ochib bergan edi.

Bu orada uning ilmiy qiziqishlari doirasi, gazlarni siqish va ularning past haroratlardagi xossalarini o‘rganish masalalariga qaratilib, olim laboratoriya sharoitlarida mutlaq nol haroratga erishish uchun ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni boshlaydi. Ushbu maqsadda uning shaxsiy tashabbusi bilan, 1894-yilda Leyden universiteti qoshida kriogen texnologiyalari laboratoriyasini tashkillanadi va laboratoriyaning eng birinchi direktori etib, aynan Kammerling-Onnes tayinlanadi. Laboratoriyaning ilmiy-amaliy ehtiyojlari uchun, olimning o‘zi o‘sha yildayoq maxsus yangicha qurilma - gazlarni siqib-suyultiruvchi ilmiy-tajriba dastgohini yasaydi. Mazkur qurilmaning ishlab chiqarish samaradorlik ko‘rsatkichlari shu darajada yuqori bo‘lganki, undan keyingi bir necha o‘n yilliklar davomida ham yetarlicha foydalanish mumkin bo‘lgan ekan. Kammerling-Onnes, o‘zi tayyorlagan qurilma va laboratoriyada, tarixda ilk bora suyuq kislorod va suyuq neon moddalarini olishga muvaffaq bo‘lgan. 1906 yilda esa suyuq vodorod olishni ham uddalagan[1].

 

1908-yilga kelib olim, tarixda ilk bora suyuq geliyni olishga erishadi va bir vaqtning o‘zida, o‘sha davr uchun eng past haroratni, ya'ni, 0.9 K ni hosil qiladi. Ushbu tajribaning asosiy maqsadi mutlaq nol haroratga erishish bo‘lmay, balki, o‘ta past haroratlarda moddalarning xossalarini tadqiq qilish bo‘lib, jumladan uning asosiy muddaolari: o‘ta past haroratlardagi elementlarning yutish spektrlari; turli birikmalarning fosforoessensiyalari; suyultirilgan gazlarning qovushqoqlik ko‘rsatkichlari; hamda, moddalarning magnit xossalarini o‘rganish masalalarini o‘z ichiga olgan.

1911-yilga kelib, Kammerling-Onnes, simobning elektr o‘tkazuvchanligi 4.1 K haroratda birdaniga keskin kamayishini aniqladi. Ushbu hodisa fizikada o‘ta-o‘tkazuvchanlik nomni olgan. Bir yil o‘tib, u suyuq geliyning o‘ta oquvchanlik xossasini kashf etdi. Ushbu masalalar yuzasidan tekshiruvlarni davom ettirib, 1913 yilda, kuchli magnit maydoni ham toklar ta'sirida o‘ta-o‘tkazuvchanlikning buzilishi hodisasini aniqladi. Aynan shu yili Heyke Kammerling-Onnesni, "Natijasi suyuq geliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilishiga sabab bo‘lgan, o‘ta past haroratlardagi moddalarning xossalarini tadqiq qilgani uchun" fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ko‘riladi. Past haroratlar fizikasida erishgan yutuqlari sharafiga u, hamkasblari orasida "Janob Mutlaq nol" taxallusi bilan atala boshlaydi.

Olimning past haroratlar fizikasida faqat nazariyot bilan cheklanib qolmasdan, balki, mazkur soha yutuqlarini amaliyotga tadbiq etish borasida ham amalga oshirgan ishlari tahsinga sazovordir. Chunonchi u, sovutgichli vagonlar (refrijeratorlar) hamda, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash tizimlarini loyihalash-muhandislik ishlarida faol ishtirok etgan.

Kammerling-Onnesning fan oldidagi sharafli xizmatlari uchun, uni ko‘plab nufuzli akademiya va ilmiy muassasalarning faxriy a'zoligiga saylashgan bo‘lib, masalan u Berlin universitetining Faxriy Doktori, Amsterdam Qirollik Fanlar Akademiyasining haqiqiy a'zosi, shuningdek, Kopengagen, Gettingen, Galle, Uppsala, Turin va Vena Fanlar Akademiyalarining faxriy a'zoligiga saylangan. Bulardan tashqari olim, fan oldidagi xizmatlari uchun, London Qirollik Jamiyatining "Rumford" medali, Franklin universitetining "Franklin" medali, hamda, Italiya Milliy Fanlar Akademiyasining "Metuchchi" medallari bilan taqdirlangan.

Heyke Kammerling-Onnes, 1926-yilning 21-fevral sanasida Leydenda vafot etgan.

Uning o‘zi tashkillagan ajoyib ilmiy laboratoriyasi va ko‘p sonli mutaxassis shogirdlari, keyingi davrlarda ham ilm-fanning turli sohalarida yangidan-yangi yutuqlarga erishib, Kammerling-Onnes maktabining nufuzini yanada ortishiga sabab bo‘lishdi. Xususan uning eng iqtidorli shogirdlaridan bir bo‘lgan olim Villem Hendrik Keezom, 1926 yilda, tarixda ilk bora qattiq holatdagi geliyni olishga erishgandir.

Hozirda, Heyke Kammerling-Onnes tashkil etgan Leyden kriogen laboratoriyasi, uning nomi bilan ataladi; shuningdek, o‘sha laboratoriyada, olimning o‘zi loyihalagan mashhur kriogen qurilmasi namoyishga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu qurilmaga ham, uning nomi berilgan. Bundan tashqari, Oydagi kraterlardan biri, Kammerling-Onnes sharafiga, uning nomi bilan ataladi.


[1] Suyuq vodorodni birinchi bo‘lib 1898 shotland fizigi yilda Jeyms Dyuar olgan.

Yangilаndi: 24.05.2019 12:25  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Mendeleev ham, o'z xotiniga, birinchi o'rinda xotin emas, balki aynan Vodorod turishi kerakligini juda uzoq tushuntirishga majbur bo'lgan...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11593720

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)