Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Uilyam Rankin

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Uilyam Rankin

Uilyam Jon Makuorn Rankin [Renkin] (inglizcha William John Macquorn Rankine) shotland fizigi, mexanik-muhandis, muhandislik termodinamikasi asoschilaridan biri, Edinburg universiteti professori. 1820 yilning 5 iyulida, Britaniya Imperiyasi, Shotlandiya davlatining Edinburg shahrida, tugilgan. U 1836-1838 yillarda Edinburg universitetida tahsil olgan, biroq, tang moliyaviy ahvoli tufayli oqishni toliq tamomlay olmagan. 1849 yilda, Klauziusdan mustaqil ravishda, mexanik energiya va issiqlik miqdori ekvivalentligining umumlashtiruvchi tenglamasini keltirib chiqarishga erishgan. Uning asosiy ishlari, gazlarning termodinamik xususiyatlarining tadqiq qilishga bagishlangan bolib, 1850 yilda Rankin, suv buglarining turli haroratlardagi xossalarini ifoda etuvchi jadvallarni elon qilgan edi. Ushbu jadvallar keyingi davrlarda, ayniqsa bug qozonlari qollanadigan sohalarda keng foydalanilgan. Rankin 1859 yilda, bug mashinalarining toliq nazariy bayonini keltirib chiqaradi; xususan u, bug dvigateli uchun ideal siklni ishlab chiqadi, bu sikl keyinchalik uning nomi bilan ataladi. Aynan shu yili Uilyam Rankin tomonidan, Glazgo universiteti uchun yozilgan, Bug mashinalari haqida qollanma kitobi, termodinamika tarixidagi ilk darslik-oquv qollanmasi hisoblanadi.

Uilyam Rankin, Riman, Dopler, Max va Gyuginiolar bilan bir qatorda, gaz dinamikasining asoschilaridan biri sifatida etirof etiladi. Unda olim, zarba tolqinlarini organish orqali, Gyuginiodan 17 yil avval yorilish sirti yuzaga kelishining togri shartlarini (ya'ni, muayyan yorilish yuzasidan otishda, fizik kattaliklarning sakrash bilan ozgarishi shartlarini) keltirib chiqadi.

Uilyam Rankin, mexanika va termodinamikada keng qollaniladigan, potensial energiya, adiabatik va izotermik jarayonlar kabi tushunchalarni ilm-fanga joriy etgan. Zarba tolqinlari nazariyasida, Rankin-Gyuginio adiabatasi tushunchasi bilan mashhurdir. Shuningdek, Rankin ishlab chiqqan harorat shkalasi va Rankin termodinamik gradusi ham bazi mamlakatlarda hali hanuz amalda qollanadi.

 
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Bir kuni Evkliddan so'rashibdi:

-Sizga ikkita butun olma ma'qulmi, yoki to'rtta yarimtakkimi?

-To'rtta yarimtakisi

-Nima uchun?

-Yarimtakki olmani ichida qurti bormi-yo'qmi aniq ko'rinib turgan bo'ladi.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 784
O'qilgan sahifalar soni : 3672768

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)