Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar Uilyam Tomson (lord Kelvin)

Uilyam Tomson (lord Kelvin)

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 2
Juda yomon!A'lo! 

Uilyam Tomson (lord Kelvin)

Uilyam Tomson, Lord Kelvin (inglizcha William Thomson, 1st Baron Kelvin) - buyuk ingliz fizigi, mexanik. Termodinamikaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishiga ulkan hissa qoshgan olimlardan biri. 1824-yilning 26-iyun kuni, Britaniya Imperiyasi, Irlandiya davlatining Belfast shahrida, bir vaqtning ozida ham fermer ham Belfast Akademik Instituti matematika oqituvchisi bolgan, Jeyms Tomson (1776-1849) oilasida dunyoga kelgan. Uilyam Tomson, avvaliga Shotlandiyaning Glazgo ixtisoslashtirilgan kollejida ta'lim olgan, keyingi oqishini Kembrijdagi avliyo Peter kollejida davom ettirib, uni 1845-yilda tamomlagan.

1846-yilda, 22-yoshli Uilyam Tomson, Glazgo universitetining nazariy fizika kafedrasida dars bera boshlaydi. U talabalik yillaridayoq, Furye qatorlarini fizikaning issiqlik bilan bogliq masalalariga tadbiqi boyicha olib borgan ajoyib tadqiqotlari bilan, ilmiy doiralarda oziga xos nufuzga erishgan edi. U ozining 1842-yilda nashrdan chiqqan Issiqlikning bir jinsli jismdagi harakati va uning matematik elektr nazariyasi bilan bogliqligi nomli ilmiy tadqiqotida, elektr toki va issiqlikning tarqalishi hodisalari orasidagi oxshashliklarni tekshirib chiqqan edi. Uning ushbu tadqiqoti Kembrij matematika jurnalida chop etilgan. Aynan shu yildagi Issiqlikning chiziqli harakati nomli boshqa bir ishida u, geologiya masalalariga Yerning issiqlik xossalarini kora tahlil qilish orqali yondoshib, unda Yerning va tirik organizmlarning paydo bolishi evolyutsiyasi haqida, biolog va geologlar bilan bahs boshlaydi. Shuningdek u, 1845-yildan e'tiboran, Parijdagi nufuzli ilmiy jurnallarda, ozining elektrostatikaga bagishlangan turkum maqolalari bilan muntazam chiqish qila boshlaydi.

1849-yilda esa, keyinchalik Uilyam Tomsonning eng asosiy ilmiy yonalishi bolib qolgan - termodinamikaga oid izlanishlarini e'lon qila boshlaydi. Ularning ilk namunalari Edinburgda chop etilgan bolib, unda olim, Jeyms Joulning tadqiqotlarini tahlil qilgan tarzda, Sadi Karnoning Alanganing harakatlantiruvchi kuchi va bu kuchni rivojlantira oladigan mashinalar haqida mulohaza asarida bayon etilgan tamoyillarni, keyingi davrda erishilgan ilmiy natijalar asosida qayta korib chiqadi va tanqidiy yondoshuv asnosida ularni toldiradi. Uning mazkur ishlarida, termodinamikaning ikkinchi bosh qonunining dastlabki talqinlaridan biriga ta'rif berilgan edi. 1852-yildagi ishlarida u, Joul bilan hamkorlikda ideal gaz qonuniyatlari borasida qator amaliy tajribalar otkazadi. Ularning ushbu tajribalari, ilm-fan olamida, ideal gaz nazariyotidan real gazlar nazariyasiga otishdagi muhim bosqichlardan bir bolgan.

Uilyam Tomsonning 1855-yilda olib borgan termoelektr hodisalariga bagishlangan izlanishlari, kuchli amaliyotchi-tajriba orttirish maktabining yuzaga kelishiga turtki bolgan. Bunda, ilmiy-amaliy tajribalarga Glazgo universiteti talabalari ham keng jalb etilgan bolib, shuningdek, Glazgodagi ilk fizika-elektrotexnika laboratoriyasining ish boshlashi ham aynan osha tajribalar davomida tashkil qilingan edi.

osha yillari, transatlantika telegraf tarmogi otkazish va ishga tushirish boyicha keng miqyosli ishlar olib borilayotgan edi. Biroq, aloqachi-muhandislarning bu boradagi ilk urinishlari samarasiz ketib, okeanaro telegraf kabellaridan elektr signallarini uzatishda keskin uzilishlarga duch kelishmoqda edi. Tomsonning, elektr kabellardagi elektr tebranishlarining uzatilishiga oid nazariy xulosalariga kora, yuqoridagi muammo bartaraf etilgan edi. Buning uchun olimning ozi, transatlantika kabelini, okean orqali otkazish ekspeditsiyasida ishtirok etgan. Ushbu ekspeditsiya davomida u, dengiz va okeanlar tubining chuqurligini aniqlovchi asbob - lot; hamda, kompas uskunalarini takomillashtirish borasidagi ajoyib ratsionalizatsiya ishlarini ham bajargani ma'lum.

Umuman olganda, Uilyam Tomsonning, muhandislik va maishiy texnika vositalarini ixtirochisi va takomillashtiruvchisi sifatidagi xizmatlari tahsinga loyiqdir. Xususan aynan lord Kelvin, tarixda ilk bora amper-tarozilarni yasagan bolib, bugungi kunda ham, tok kuchining etalon asosiy, shunday tarozilarda yuzaga keladigan fizik hodisaga asoslanadi. Undan tashqari, olimning, kozguli galvanometr, siyohni sifon yordamida uzatuvchi ondulyator, kvadrant va mutlaq elektrometr kabi ixtirolari, oz davri uchun goyat katta ilmiy-texnikaviy ahamiyat kasb etgan edi. Shuningdek, hamma uchun tanish bolgan suv quvurlari jomraklarining kranlarini ham Tomson patenti bilan ishlab chiqarilgan.

Shunday bolsa-da, Uilyam Tomsonga haqiqiy ilmiy shon-sharaf keltirgan ishlar, uning termodinamika sohasida olib borgan izlanishlari, xususan, mutlaq nol harorat va mutlaq harorat shkalasining ornatilishi bolgan. Termodinamikadan tashqari, uning tolqinlar nazariyasi va gidrodinamikaga oid ishlari, termoelektr hodisalari, dinamik geologiya va jismlarning elastikligi borasida olib borgan izlanishlari yuksak e'tirofga molikdir. Termoelektr hodisalari olib borilgan tadqiqotlarida u, keyinchalik oz nomi bilan atalgan Tomson effekti hodisasini - elektr tokining issiqlikni tashish jarayonini ochib bergan edi.

Uilyam Tomsonning yuksak ilmiy salohiyati, oz davrida munosib baholangan bolib, uni ilmiy doiralarda hanuzgacha Viktorian fizikasi qiroli (ya'ni, qirolicha Viktoriya zamonasi fizikasi qiroli) deb atashadi. Qirolicha Viktoriya, Uilyam Tomsonning ilm-fan oldidagi xizmatlari uchun 1866-yilda zodagon unvoni bilan, 1892-yilda esa, baron Kelvin unvoni bilan taqdirlagan. Shu tufayli ham Uilyam Tomsonni, manbalarda lord Kelvin tarzida yodga olinadi.

Lord Kelvin, oz faoliyati davomida qator ilmiy asarlarni chop ettirgan bolib, ulardan eng mashhurlari Tabiiy falsafa risolasi, Elektrostatika va magnetizm haqida qayta nashrlar, Matematik va fizik mulohazalar, Ma'ruzalar kabilari, kop sonli qayta-qayta nashrdan chiqqan. Lord Kelvin Britaniya Ensiklopediyasi uchun ham fizikaga oid bir necha maqolalar tayyorlagan.

Uilyam Tomson sharafiga, uning unvoni nomi bilan, Xalqaro Birliklar Tizimi SI dagi, termodinamik harorat birligi - Kelvin atalgan. Shuningdek, mutlaq harorat shkalasi ham olim nomi bilan, kelvin shkalasi deb yuritiladi.

Buyuk olim Uilyam Tomson 1907-yilning 17-dekabrida, Shotlandiyaning Largs shahrida vafot etgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 12.09.2018 12:03  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 784
O'qilgan sahifalar soni : 3672718

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov