Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Maqolalar 1990 Yilgi Xalqaro Harorat Shkalasi (XHSh-90)

1990 Yilgi Xalqaro Harorat Shkalasi (XHSh-90)

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

1990-Yilgi Xalqaro Harorat Shkalasi (XHSh-90)

1990-yilgi Xalqaro Harorat Shkalasi (XHSh-90), 1989 yilda, 18- O‘TXK talabiga binoan, 1968 va 1948-yillarda qabul qilingan Xalqaro Amaliy Harorat Shkalasi (XAHSh-68, XASh-48), hamda, 1927 yildagi Xalqaro Harorat Shkalasi (XHSh-27) larning o‘rnini bosuvchi shkala sifatida, o‘lchov va Tarozilar Xalqaro Qo‘mitasi tomonidan joriy qilingan edi. Ushbu XHSh-90 ham, avvalgilariga o‘xshaydi, lekin unda, tayanch nuqtalar uchun, yanada aniqroq qiymatlar belgilanganligi, hamda, keng diapazonlarda qo‘llash imkoniyati va termodinamik shkalaga yana ham yaqinroq ekanligiga ko‘ra, ancha takomillashgandir. Bu shkalada ham, termodinamik harorat T ning birligi kelvin, K bo‘lib, u suvning uchlanma nuqtasining termodinamik haroratining 1/273.16 qismi sifatida qabul qilingan. Bu harorat, mazkur shkala uchun yagona tayanch nuqtasi hisoblanadi va u, termometrlarni XHSh-90 ga ko‘ra sozlashda asosiy o‘rin tutadi.

Selsiy shkalasidagi harorat o‘lchov birligi - Selsiy gradusining °C ning qiymati bilan, kelvin gradusi K ning qiymati teng. Haroratlar farqi, Kelvin gradusida ham, yoki, selsiy gradusida ham ifodalanishi mumkin. Muzning erish harorati, XHSh-90 da ham, XAHSh-68 dagi kabi, 0 °C (273.15 K) etib belgilangan, lekin, suvning qaynash harorati, XHSh-90 da 99.975 °C (0.005 °C noaniqlik bilan) tarzida belgilangan, XAHSh-68 da esa, bu qiymat

100.00 °C ga teng edi. Kiritilgan o‘zgartirishlar, gaz termometriyasi yordamida qayd qilingan o‘ta aniq o‘lchash natijalariga ko‘ra amalga oshirilgan bo‘lib, bunda asosiy e'tibor, yutilish effektining ahamiyatiga asoslangan edi (muayyan haroratda, sferik idish devorlariga yutilgan gazdagi turli aralashmalar, nisbatan yuqori haroratlarda qayta ajralib chiqib, gazning umumiy bosimining ortishiga sabab bo‘ladi).

XHSh-90, monoxromatik nurlanish uchun Plank qonuniga ko‘ra amaliy o‘lchash mumkin bo‘lgan haroratni 0.65 K ga orttirib qo‘yadi. U muayyan aniq qayd etilgan va tajribada oson qayta hosil qilinadigan harorat nuqtalariga asoslagan bo‘lib, ko‘plab harorat diapazonlari uchun, hisob boshi va tayanch nuqtasi sifatida xizmat qiladi.

XHSh-90 harorat shkalasi to‘rtta diapazonga taqsimlangan. 0.65K dan 5K gacha bo‘lgan harorat diapazoni, 3He va 4He ning bosim-harorat bog‘liqligiga asosan aniqlangan. 3K dan 24.5561 K gacha bo‘lgan harorat diapazoni esa, Neonning uchlanma nuqtasiga asoslangan holda ishlaydigan, o‘ta aniq sozlangan Geliyli gaz termometri yordamida hosil qilingan. 13.8033K (vodorodning uchlanma nuqtasi) dan, 1234.93K (kumushning qotish harorati) gacha bo‘lgan diapazon, muayyan nuqtalardagi aniq qayd qilingan harorat qiymatlariga tayangan holda, o‘ta aniq sozlangan platinali qarshilik termometrlarida aniqlangan. 12343.93K dan yuqori harorat diapazonlari, Plank nurlanish qonuni nuqtai nazaridan, hamda unga muvofiq keluvchi usul, oltinning qotish harorati 1337.33K kabi, muayyan aniq belgilangan harorat qiymatiga ko‘ra aniqlangan.

Biz shunga alohida urg‘u beramizki, 1K va 1°C daraja qiymatlari (ya'ni shkaladagi bo‘linmalari) o‘zaro teng. Shu tufayli ham, biz haroratlar farqi ΔT bo‘yicha ish ko‘rayotganimizda, harorat intervallari har ikkala shkalada aynan bir xil bo‘ladi. Moddaning haroratining 10°C ga ortishi, bu aynan, 10 K ga ortishi ham demakdir. Ya'ni,

Δ(T)=ΔT(°C)

Ba'zi termodinamik ifodalarda, harorat T tarzida keltiriladi va uning °C da, yoki K da ekanligi haqidagi savol ochiq qoldiriladi. Agar so‘z haroratlar farqi (Δ=bΔT kabi ) haqida borayotgan bo‘lsa, ulardan istalganidan foydalanish mumkin. Lekin, agar ifodalarda, haroratlar farqidan boshqacha bo‘lgan (Δ=bT kabi) harorat nazarda tutilgan bo‘lsa, unda, K qo‘llanilishi lozim. Agar ifoda uchun birlik tanlashda ikkilanishlar paydo bo‘lsa, doimo K ni tanlagan ma'qul, chunki, termodinamik ifodalar uchun K ni qo‘llash o‘rinsiz yoki, xato bo‘ladigan holatning o‘zi yo‘q, lekin, agar °C dan foydalanilsa, natijaning xatolikka uchrashi ehtimoli yuqori bo‘lgan termodinamik ifodalar bisyor.

Yangilаndi: 26.06.2019 08:57  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyogar ota o'z oshnalariga maqtanmoqda:

-Kecha meni o'g'lim tili chiqib, birinchi so'zini gapirdi!

-Nima dedi? Dadami, oyimi?

-Izopropiloftormetilfosfonat...



Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!