Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Fizika Segnetoelektriklar

Segnetoelektriklar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 19
Juda yomon!A'lo! 

Segnetoelektriklar

Segnetoelektriklar deb bir qator ajoyib dielektrik xossalarga ega bo‘lgan va birinchi navbatda, hatto tashqi bo‘lmaganida ham vujudga keladigan, o‘z-o‘zida elektr qutblanish xususiyatiga ega bo‘lgan kristall moddalarga aytiladi. Birinchi marta bu xossalarni fizik olimlar I.V.Kurchatov va P.P. Kobeko, segnet tuzi (NaKC4H4O64H2O) kristallarini tekshirayotganda aniqlagan edilar. Shundan, mazkur sinf dielektriklar uchun segnetoelektriklar nomi kelib chiqqan. Keyinchalik, ba'zi boshqa kristallarning, masalan, bariy titanati, litiy tantalati, kaliy digidrofosfati kristallarining segnetoelektrik xossalarga ega bo‘lishi aniqlandi. Segnetoelektriklar o‘z dielektrik xossalarining anizotropiyasi bilan xarakterlanadi. Masalan, agar elektr maydon muayyan kritallik o‘qlar bo‘lab hosil qilingan bo‘lsa, u holda ε dielektrik doimiy biror haroratlar sohasida maydon kuchlanganligiga kuchli darajada bog‘langan bo‘la boshlaydi va juda katta (ε~10000) qiymatga erishadi. Bundan tashqari, ε kattalik dielektrikning oldingi holatiga bog‘liq bo‘ladi. Dielektrikning segnetoelektrik sohasini chegaralovchi haroratga Kyuri nuqtasi deyiladi. Yuqoriroq haroratlarda moddalarning segnetoelektrik xossalari yo‘qoladi. Ba'zi segnetoelektriklarda ularning ajoyib xossalari harorat bo‘yicha ham yuqoridan, ham pastdan chegaralangan ikkita Kyuri nuqtadi bo‘ladi.

 

Dielektriklarning segnetoelektrik xossalarining sababi nimada? Ma'lum bo‘lishicha, segnetoelektriklarning kristall tuzilishi shundayki, ularning kristallari tarkibiga kirgan molekulalarning o‘zaro ta'siri, ularning dipol elektr momentlarining tartibli orientirlanishiga olib keladi va dielektrikning o‘z-o‘zidan qutblanishi deb ataluvchi hodisa yuz beradi. Mana shuning o‘zi segnetoelektriklarning boshqa dielektriklardan farq qiluvchi asosiy xossasidir. Kristallarda bir xil yo‘nalishli dipol momentlarga ega bo‘lgan kichik sohalar o‘z-o‘zidan vujudga keladi. Ularni domenlar deyiladi. Ayrim domenlarning dipol momentlari tasodifiy ravishda shunday orientirlanganki, bunda, butun kristallning natijaviy momenti nolga teng. Faqat tashqi E (vektorli) elektr maydon ta'sirida dipollar E vektor bo‘ylab bir yo‘nalishda o‘rnashadi.

 

Umuman, segnetoelektriklarning elektr maydondagi xossalari ferromagnetiklarning magnit maydoni xossalariga o‘xshashdir. Shu sababga ko‘ra segnetoelektriklar ba'zan ferroelektriklar deb ham ataladi.

Segnetoelektriklar muhim amaliy qo‘llash sohalariga egadirlar. Kondensatorning sig‘imi, uning qoplamlari orasidagi joylashtirilgan dielektrikning ε doimiysiga proportsional bo‘ladi. Shuning uchu katta ε dielektrik singdiruvchanlikka ega bo‘lgan dielektriklardan foydalanib, katta sig‘imli kichik kondensatorlar yasash mumkin. Ammo segnet tuzi bu maqsadga mos kelmaydi: ε ning katta qiymati unda -18 °C dan +24 °C gacha harorat intervalida saqlanaidi xolos. Kondenatorlar esa ancha keng harorat diapazonida ishlashi kerak. Texnikada Kyuri nuqtasi 133 °C atrofida bo‘lgan, ε esa 6000-7000 ga erishadigan bariy titanati asosida tayyorlangan segnetoelektrik kondensatorlar keng ishlatiladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 30.11.2018 13:21  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Tram-tramiston kimyo lug'ati;

Ekstarktor - sobiq traktor;

Polimer - uy polini o'lchash asbobi;

Xlorofill - xlorparast kimsa


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11835765

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!