Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Astronomiyadan ma'lumotnomalar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 4
Juda yomon!A'lo! 

Astronomiyadan ma'lumotnomalar

Tungi osmondagi to‘lin Oyga, minglab charog‘on yulduzlar yastanib yotgan Somon yo‘liga, sayyoramiz uzra aniq hisob-kitob bilan almashinib turgan kecha-kunduzga, va umuman olamning qanday qonuniyatlar asosida barqaror turishiga qiziqmagan odam kam bo‘lsa kerak. Bolaligida fazogir bo‘lishni orzu qilmagan o‘g‘il bolalar oz deysizmi...

Sirli koinot, jumboqqa to‘la fazo, hamma zamonlarda ham odamzotni o‘ziga jalb qilib kelgan. Eng qadimgi davrlardayoq odamlar, osmon jismlarining harakatlanishi ma'lum qonuniyatlarga asoslanishini payqab, ular asosida o‘z kundalik yumushlarini, qisqasi o‘z hayot tarzlarini tartibga solishga intilganlar.Shu nuqtai nazardan astronomiya, doimo dolzarb va muhim amaliy fan sifatida, barcha ma'rifatli jamiyatlarda, eng yuksak ilmiy doiralarda markaziy o‘rin tutuvchi fanlardan bir bo‘lib kelgan. XX-asrda koinotni inson tomonidan zabt etilishi erasi boshlanishi bilan, ushbu fanning ahamiyati yanada ortdi. Avvaliga Yer orbitasigacha uchgan inson, keyin esa Oyga qadam qo‘ydi. Ilgarilari odamzotning aqliga sig‘magan masofalarga - yaqin va uzoq sayyoralarga avtomatik kosmik apparatlar yubordi. Yillar sayin yangi sayyoralar, galaktikalar va butun boshli olamlarni kashf qilib bormoqda. Yaqin vaqtlar ichida, huddi bir zamonlar, madaniy o‘lkalar aholisi, boshqa qit'alarda koloniyalar tashkil qilganidek, odamzot ham boshqa sayyoralarda o‘z koloniyalarini tashkil qilishi, o‘zga osmon jismlarining tabiiy resurslaridan foydalanishga o‘tishi imkoniyatari, endilikda fantastika turkumiga kiritilmay qo‘ygan. Ishonmaysizmi? Eslab ko‘ring, bundan atiga 60-70 yil muqaddam, odamning Oyga qadam qo‘yishi haqida gapirilganda, bu narsa aynan fantastika deb qaralar edi. Hozirda bu allaqachon amalga oshgan haqiqatdir. Bir vaqtlar, odamozot o‘z qo‘li bilan yasagan apparat Quyosh tizimini butunlay tark etib, yulduzlararo fazoga chiqadi deyilsa, aynan fantastika deb qaralgan. Bugun bunday apparatlar amalda bor va ular bizdan mingalab a.b. masofalarda mukammal ishlab turibdi. Shunday ekan, astronomiya bundan keyin ham butun insoniyat hayotida muhim o‘rin tutuvchi amaliy fanlardan biri sifatida doim qadrlanishiga va katta qiziqish bilan o‘rganilishiga ishonchimiz komil.

Shu nuqtai nazardan, www.Orbita.Uz sayti nomidan navbatdagi ma'lumotnoma qo‘llanma - "Astronomiyadan ma'lumotnomalar" elektron kitobini siz aziz o‘quvchilarga taqdim etish bizga katta mamnuniyat bag‘ishlamoqda. Ushbu kitob, astronomiya borasidagi bilimlaringizni oz bo‘lsada boyitishga, ilm-fanga bo‘lgan rag‘batingiz ortishiga, yangidan yangi bilim cho‘qqilarini egallashingizga andak hissa qo‘sha olsa, ish, xo‘jalik faoliyatingizda ozgina bo‘lsa-da ko‘makchi bo‘la olsa, tahririyat o‘z oldiga qo‘ygan muddao hosil bo‘lgan bo‘ladi.

Sayt ma'muriyati, o‘z ilmiy faoliyati davomida mazkur fan ma'lumotlarini, o‘lchov va tahlil natijalarini qayd etgan atoqli olimlar va fan fidoyilarini samimiy hurmat bilan yodga olib, ularga tashakkur izhor etadi.

www.Orbita.Uz sayti Mazkur ma'lumotnoma bo‘yicha taklif, fikr va mulohazalaringizni ushbu e-mail mаnzil spаm-bоtlаrdаn himоyalаngаn, uni tаsvirlаsh uchun JavaScript-ni yoqishingiz lоzim. elektron manziliga yuborishingizni so‘raydi. Imlo xatolari hamda ma'lumotlardagi qiymatlarga bog‘liq noaniqliklarni bizga ma'lum qilsangiz, g‘oyatda minnatdor bo‘lar edik. Tanqidiy nuqtai nazardan bildirilgan fikr va takliflar, ma'lumotnomaning keyingi talqinlarida albatta inobatga olinadi.

 

Muallif: www.Orbita.Uz

Tematik yo‘nalishi: Astronomiya, Ilmiy-ommabop adabiyotlar turkumi

Tarixi: Marg'ilon, www.Orbita.UZ sayti, 2014 yil.

Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .pdf formatida, kompyuterda sahifalangan.

Hajmi: 7 Mb

Grafikasi: O‘zbek tili lotin alifbosida


Yuklab olish


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 17.12.2018 07:46  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Bildirilgan fikrlar   

 
0 #2 Javob: Astronomiyadan ma'lumotnomalarUmida 2018-02-20 15:11
Saytdagi barcha ma`lumotlar juda foydali
Iqtibos
 
 
0 #1 Javob: Astronomiyadan ma'lumotnomalarBehzod 2015-06-26 15:57
Kitob uchun raxmat
Iqtibos
 

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz kutubxonasidan:

Orbital latifalar :) :)

Agar yakuniy natija masalani yechish usuliga bog'liq bo'lmasa, u matematika, agar bog'liq bo'lsa u - buxgalteriya...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 823
O'qilgan sahifalar soni : 4809874

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis