Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar Geometriya inqilobchisi. Bernxard Riman

Geometriya inqilobchisi. Bernxard Riman

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Geometriya inqilobchisi. Bernxard Riman

Bernxard Rimanning ishlari, XIX asr aniq va tabiiy fanlar sohasidagi eng buyuk ilmiy yutuqlar sirasiga kiradi. Uning ilmiy ishlari bayonini, kichik bir kitobchaga joylashtirish mumkin, biroq, ularning mazmun mohiyati, oz vaqtida ham, hozirda ham haqiqiy ilmiy hayratlarga sabab bolib kelmoqda. Riman XIX asr ilm fani samosining eng yorqin yulduzlaridan biri bolgan...

Georg Fridrix Bernxard Riman, 1826-yilning 17-sentyabrida, Germaniyaning Gannover shahri yaqinidagi kichikroq bir qishloqda tavallud topgan. U oilada 4 qiz va 6 farzandning ikkinchisi bolib, otasi Napoleon yurishlari qatnashchisi, Lyuteran cherkovi pastori, onasi esa ishlari unchalik yurishmagan advokatning qizi bolgan ekan. Ularning oilasi kamtarona hayot kechirgan. Farzandlarni maktabda oqitish uchun rozgordan pul orttira olmagan ota-ona, ularga uyda, oz qaramogida ta'lim berishga majbur bolishgan. Rimanning arifmetikaga bolgan qiziqishi va iste'dodi 6 yoshidayoq yuzaga chiqib, unga bu borada dars berishga otasining bilimlari cheklanib qoladi. Shunda Rimanning otasi, taxminlarga kora, Lyuteran cherkovidagi hamkasblaridan, yoki, doimiy ibodatga keluvchi xudojoylardan biri bolgan Shults ismli kishi bilan, oglining matematika borasida oqishi yuzasidan kelishuvga erishadi. Biroq tezkorlik bilan Shultsning ham Rimanga orgatadigan narsalari qolmaydi. Shults, iste'dodli oquvchisining otasiga, oglining qobiliyati ozinikidan yuksakroq ekani, hamda, uni kuchliroq ustoz qaramogiga berish lozimligi haqida tan olib qaytarib kelgan ekan. Riman qolgan bilimlarni mustaqil ravishda egallashga majbur bolgan. 14 yoshida u ozi iste'dodi va tirishqoqligi bilan orta maktab rahbariyatini qoyilqoldiradi va uni maktabga qabul qilishadi.

Anchayin xudojoy va Lyuteran e'tiqodiga sodiq bolgan otasi, Rimanni ham cherkov xizmatiga kirishni va ilohiyot bilan shugullanishini istagan. Biroq, yetishib chiqayotgan yosh iste'dod egasining qors va yopiq xarakteri, bunday rejalarni yuzaga chiqishiga tosqinlik qilgan. U doimo, kopchilik oldida gapirishga va kishilar bilan chiqishib ketishga qiynalgan. Kopincha oz dunyosiga shongib ketib, xayolida matematik gipotezalar ustida tinmay fikrlar ekan.

Rimanning haqiqiy matematika olami bilan tanishuvi, uning institutga kirganidan song, oliygoh direktori Shmalfuss rahbarligida kechdi. Institut rahbarini, yangi talabaning murakkab matematika masalalar ustida, juda osonlik bilan, tezkor fikrlash va mulohaza yuritish orqali yengil yechim topa olayotganligi hayratlantirgan ekan. Talaba Rimanning iltimosiga kora, oliygoh rahbari unga shaxsiy kutubxonasidan foydalanish va zarur bolsa kitoblarni uyga olib ketishga ham ruxsat berdi. Shunday kitoblarning biri, Lejandrning sonlar nazariyasi haqida soz yuritgan asari edi. Bir haftalik mutolaa songida, Riman kitobni ustoziga qaytarar ekan, undan hayratlanganligi va Lejandr goyalariga maftun bolib qolganligini yashira olmagan. Shmalfuss kozlari va quloqlariga ishonmagan: nahotki, shunday qisqa muddat ichida murakkab matematik masalalarga bagishlangan 850 sahifali ilmiy asarni, qarshisidagi yigitcha oqib chiqqan va mohiyatini anglab yetgan bolsa?!Keyingi bir yil davomida hali talaba (!) bolgan Georg Riman, Lejandrning mazkur ilmiy asaridagi oddiy sonlarni hisoblashga bagishlangan ba'zi formulalar va bolimlarni mufassal tahlil qilib, ularga bir necha yangiliklar va takomillashtiruvlar kiritdi. Natijada, zamonaviy matematikaning ham eng katta masalalaridan bir bolgan mashhur Riman gipotezasi dunyoga keldi.

1846 yilga kelib, 19 yoshli Georg Riman, otasining eski orzulari va qattiq turishi asosida, matematikani vaqtincha chetga surib turishga majbur boldi va Gettingen universitetining ilohiyot fakultetiga topshirib, diniy bilimlarni egallashga kirishdi. U imkoni boricha oqishni tezroq tugallab, yaxshi haq tolanadigan ish topib, otasiga oila va rozgor ishlarida komakchi bolishga qaror qildi. Biroq uning konglidan matematikani quvib yuborishning imkoni bolmagan shekilli. Harxolda Riman, ilohiyot kafedrasidan chiqib, mashhur matematik Moris Shternning ma'ruzalariga ham ulgurishga intilar edi va buni kanda qilmasdi. Moris Shtern orqali Riman, matematiklar qiroli deb ta'riflanadigan mashhur Karl Fridrix Gaussning (1777-1855) eng kichik kvadratlar borasidagi ilmiy ishlari bilan tanishdi. Gauss asarlari unda matematikaga bolgan muhabbatni qaytadan alangalatib yubordi. Oxir-oqibat, masalaga kozi yetgan ota, ogli, bolajak buyuk matematik olim Georg Rimanni, ilohiyotdan voz kechib, butunlay matematika bilan shugullanishiga rozilik berdi. Keyingi yili u Berlin universitetiga oqishga kirdi. Uning universitetdagi oqish vaqti, Drixle, Yakobi, Shteyner, Eyzenshteyn kabi bolajak olimlarning talabalik yillari bilan bir vaqtga togri kelgan. Ular bilan hamkorlik, Rimanning keyingi faoliyatida muhim orin tutgan. Ayniqsa Eyzenshteyn bilan birgalikdagi ishlari tufayli, XIX asrning eng muhim matematik nazariyalaridan biri Kompleks ozgaruvchining Funksiyalari Nazariyasi paydo bolgan edi.

Bernxard Riman 25 yoshida, kompleks ozgaruvchilar nazariyasiga bagishlangan dissertatsiyasini muvaffaqiyatli ravishda himoya qildi. Bu haqida u oz otasiga yozgan maktubida Mening dissertatsiyamning istiqboli korkamlashdi. Endilikda, tezkorroq hamda, erkinroq yoza olishiga umid qilyapman. Buning uchun men, ilmiy hamjamiyat yiginlariga tez-tez borib tursam, ma'ruzalarim bilan chiqish qilishga imkoniyatim ham koproq boladi. ...Shu kabi farahbaxsh fikrlar shu kunlarda meni ruhiyatim kotarinki holda bolishiga sabab bolmoqda.

Riman himoya qilgan dissertatsiyaning toliq nomi Kompleks ozgaruvchining umumiy nazariyasi asoslari bolib, ushbu ish, yuqorida eslab otilgan matematiklar qiroli - Gaussning ham yuksak e'tirofiga sabab bolgan.

1854-yilda Georg Bernxard Riman, birinchi marta ish haqi tolanadigan muqim lavozimga ishga qabul qilindi. U, dotsent ilmiy darajasi bilan, matematikadan dars bera boshladi. Riman, balki istehzo bilan, balki haqiqatanoziga xos bolgan hayratlanish bilan bu haqida shunday yozgan: Birinchi marta ma'ruza qilgan kunimdayoq, darslarga talabalarning qatnovi men kutganimdan kora ancha kop bolib chiqdi: mening darsimga 8 talabadan iborat bir butun talabalar ommasi tashrif buyurdi...

1859-yilda Rimanga Gettingen universiteti professori unvoni berildi. 35 yoshida esa u singlisining dugonasi bolgan Eliza Kox ismli ayolga uylandi. Biroq u shu orada zotiljam xastaligiga chalinib, sovuq iqlimli Gettingendan, nisbatan iliq ob-havoli Italiyaga jonab ketishga majbur boladi. 1863-yilda Riman Italiyadan oz ona yurtiga qaytib kelishga qaror qiladi. Biroq, sovuq Alp toglarini oshib otishda u yana jiddiy kasallanib qolib, ortiga qaytishga majbur boladi. u ikkinchi va uchinchi marta shunday holatga tushadi. Uchinchisi esa oxirgisi bolib chiqdi. Georg Riman yurtiga qayta olmadi va Italiyaning Madjor koli yaqinidagi uyida 1866-yilning 20-iyulida vafot etadi. Uning biograflari kop bora ta'kidlagan omillardan biri - Rimanning salomatligi doimiy ravishda bezovta qilganligiga sabab, uning bolalik va yoshlik yillarida yaxshi ovqatlanmay, kopincha yupun yurgani emish... Qolaversa Georg Bernxard Riman, juda mehnatsevar bolib, xastaligi eng ogir paytlarida ham ishlashdan toxtamaganligi qayd etiladi.

Rimanning ozi kop bora ta'kidlab qayd etishiga qaraganda, uni hammadan ham kora koproq, fizika qonunlarini tekshirish qiziqtirgan. U ozini mashhur qilib yuborgan osha dissertatsiyasida keltirgan faktlar va bilimlar, keyingi avlod olimlariga zamon va makon relyatvistik konsepsiyasini ishlab chiqishda eng katta dasturul amal bolib xizmat qildi. Umuman olganda, mazkur konsepsiyaning ilk tamal toshini qoygan buyuk olimlar qatorining eng boshiga, adolat bilan aynan Bernxard Rimanni qoysak arziydi. osha davrning falsafiy muhitida Kant goyalari hukmronlik qilib turgan bir paytda, Riman, ushbu goyalar chegarasiga chiqib borib, nafaqat matematik va fiziklarga, balki faylasuflarga ham yangi muammolar va javob topilishi lozim bolgan savollar uyumini hozirlab berdi. Xususan Riman, makonning noevklid geometriyadagi strukturaviy tuzilishini bayon qilib, uning egriligini egrilik tenzori deb nomlanadigan matematik uslub bilan ota aniqlikda ifodalash mumkin ekanligini korsatib berdi. Rimanning ishlari, geometriya sohasida, har qanday murakkablikdagi va har qanday sondagi olchamli egri chiziqli makonni tasavvur qilish va tushuntirish imkonini berdi. Ushbu ishlarsiz, Eynshteynning nisbiylik nazariyasi asosini tashkil qilgan koplab matematik uslublarni shakllantirish imkonsiz (yoki ularni keltirib chiqarish kechikkan) bolur edi.

Qiziqarli faktlar:

Riman, oz ota onasi, opa singillarini juda yaxshi korgan. Biroq doimiy moddiy muammolar tufayli ularga tayinli bir sovga olib berolmaganligidan, iqtisodiy yordam korsata olmaganligidan iztirobda yashagan. Riman shunday sovga tayyorlashni maqsad qiladiki, u hech bolmasa bir muammoni butunlay yechsin; talaba-Riman matematik va mantiqiy bilimlarini ishga solib, ming yillar davomida ishlatish mumkin bolgan, oziga xos abadiy taqvim tuzib chiqadi. Rimanning bu ixtirosi, oz zamonasida, ham talabalar, ham oqituvchilar va olimlar orasida katta shov-shuvga sabab bolgan...

Mashhur olmon matematigi David Gilbertga, - Agar sizni yuz yildan keyin tiriltirib, matematika konferensiyasida biror savol berishingizni sorashsa, qanday savol berar edingiz? deb murojaat qilishganda, u -Riman gipotezasi isbotlandimi, yoqmi, shuni sorardim... - deb javob bergan ekan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 12.09.2018 12:57  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltaviy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!



Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis