Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Astronomiya Edvin Oldrin

Edvin Oldrin

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

kichik Edvin Yujin Bazz Oldrin

Edvin Oldrin

kichik Edvin "Bazz" Yujin Oldrin (inglizcha: Edwin Eugene Aldrin, Jr) 1930-yilning 20- yanvarida AQSHning Nyu-Jersi shtati, Glen-Ridj sharida tug‘ilgan. AQSH aviatsiya muhandisi, NASA astronavti, AQSH harbiy havo kuchlari iste'fodagi polkovnigi, Fan Doktori. Insoniyat tarixida ilk marotaba Oyga parvoz qilgan "Apollon-11" fazo kemasi ekipaji a'zosi. "Apollon-11"ning Oy moduli - "Burgut"ning uchuvchisi. Oyga qo‘nishni amalga oshirgan ilk fazogir, ekipaj komandiri Nil Armstrongdan keyin, Oyga qadam bosgan ikkinchi inson.

1946-yilda, Monkler sharidagi o‘rta maktabni tamomlagach, Vest-Poyntdagi AQSH harbiy akademiyasiga o‘qishga kirgan. 1951-yilda mazkur akademiyani muvaffaqiyatli tamomlab, harbiy texnika fanlari bakalavri diplomini qo‘lga kiritgan. Shu yili AQSH harbiy havo kuchlariga xizmatga chaqirilib, 1953-yilda, Koreya urushiga safarbar etilgan. Koreys urushidan keyin, Edvin Oldrin, Alabamadagi Maksvell aviatsiya universitetida ofitserlik maktabini o‘tadi va bir qator harbiy bilim yurtlarida, havo janglari bo‘yicha dars berdi. Edvin Oldrin, 1963-yilga kelib, Massachusets texnologiya universitetida, orbitadagi kosmik apparatlarning tutashtirilishini boshqarishga bag‘ishlangan mavzuda doktorlik dissertatsiyani yoqladi va Fan Doktori unvoniga ega bo‘ldi.

1963-yilda Edvin Oldrin NASAga ishga kirdi va fazoga parvoz tartibida navbat bo‘yicha, uchinchi guruh astronavtlar safiga qo‘shildi. Dastlabki vaqtlarda u "Jemini-5"ning parvozi vaqtida, aloqa operatori bo‘lib ishladi. "Jemini-9" ekipajining fojiali halokatidan so‘ng, uning guruhi, "Jemini-9" uchun ikkinchi (zahira guruhi) guruhga, navbatda tayyorlanayotgan "Jemini-12" uchun esa, asosiy ekipajga aylandi. Edvin Oldrin, koinotga ilk parvozini aynan "Jemini-12"da, ikkinchi uchuvchi sifatida, 1966-yilning 11-15 noyabr kunlari amalga oshirdi. 1967-yilda, Edvin Oldrinni, "Apollon" dasturi doirasida, Oyga parvoz uchun mo‘ljallanayotgan uchuvchili fazo kemalari astronavtlari ro‘yxatiga kiritildi. U avval, "Apollon-8" uchun zahira ekipaji tarkibida bo‘ldi. 1969-yilda, "Apollon-11" uchun asosiy ekipaj safida, uning Oy moduli uchuvchisi sifatida Oyga parvoz qildi. Oyga uchish va Yerga qaytishdan iborat 8 kun 18 soat vaqt, hamda, Oy sirtida o‘tkazilgan 2.5 soat muddatda, Oldrin ko‘plab aerokosmik tadqiqotlarni o‘tkazdi va fazo kemalarini boshqarish bo‘yicha muhim tajribalarni qayd qilib bordi. Muvaffaqiyatli parvoz va Yerga qaytishdan so‘ng, Prezident Ozodlik medali, Aviatsiya sanoati medali va boshqa nufuzli mukofotlar bilan taqdirlandi.

Edvin Oldrin 1971-yilda NASAdan ketishga qaror qildi, va uni Kaliforniyadagi sinovchi-uchuvchilar harbiy maktabiga boshliq qilib tayinlashdi. 1972-yil mart oyida esa, Oldrin harbiy xizmatni butunlay tashlab, iste'foga chiqishga qaror qildi. Unda parvoz tayyorgarligidagi yuklamalar va undan keyingi ruhiy holatlar bilan bog‘liq zo‘riqishlar, asab tizimiga ta'sir ko‘rsata boshlagan edi. U xizmatdan bo‘shagach, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ydi va 1972-yildan boshlab, Research and Engineering Consultants Inc.Konsalting kompaniyasini tashkil qildi. 1985-yildan e'tiboran, Edvin Oldrin, Shimoliy Dakota universitetidagi, aerokosmik fanlar markazining faxriy professori etib saylandi.Astronavt-professor shuningdek, Space Adventures kompaniyasining direktorlar kengashi a'zosi hisoblanadi.

1986-yilda Bazz Oldrin, Yer va Mars orasida, tabiiy gravitatsiya kuchlariga asoslangan tarzda harakatlanuvchi fazoviy mehmonxonalar qurish loyihasi bilan chiqish qilgan. Buning uchun u o‘z muallifligidagi Cycler fazo kemalari loyihasini taklif etgan. Edvin Oldrin, 1988-yilda o‘z ismini rasman "Bazz" bilan almashtirdi. "Bazz" aslida uning taxallusi bo‘lib, oilada uning kichik yoshdagi singlisi, unga aka (inglizcha "brother" so‘zini, "bruzz" va "buzz" tarzida talaffuz qilgan) deb murojaat qilishda, chuchuk talaffuz qilganidan, shunday nom kelib chiqqan ekan.

2002-yildan e'tiboran, esa Edvin Oldrin, AQSHning keyingi yillar uchun kosmik taraqqiyot yo‘nalishini belgilovchi doimiy hay'at a'zosi sifatida saylangan. Oldrin, bir qator mualliflik asarlarini chop ettirgan, xususan uning "Oyda birinchi bo‘lib" (1970), "Yerga qaytish" (1973), "Yerdan kelgan odamlar" (1989), "Qaytish" (2000) va "Oyga parvoz" (2005) kitoblari ilmiy-ommabop janri ixlosmandlari ichida juda mashhur bo‘lgan edi.

Edvin Bazz Oldrin, 4 xil harbiy medallar, shuningdek NASAning turli xil 4 medallari, Kongress oltin medali, hamda ko‘plab fuqarolik va xalqaro ordenlar bilan mukofotlangan. Uning sharafiga Oydagi krater va asteroid, Oldrin nomi bilan ataladi. Oldringa oid yana bir qiziq fakt - uning onasining qizlik familiyasi - Moon ya'ni, Oy bo‘lgan ekan...


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 27.12.2018 13:48  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltaviy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!



Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov