Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Astronomiya Voyajer-1, Geliosferani tark etib...

Voyajer-1, Geliosferani tark etib...

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Voyajer-1

Amaldagi maqsadi Quyosh tizimi va uning tevarak chegaralarini o‘rganishga mo‘ljallangan avtomatik fazoviy zond. AQSH tomonidan 1977 yilning 5-sentyabrida, Kanaveral kosmodromidan "Titan IIIE" raketa eltuvchisi yordamida orbitaga chiqarilgan. Start vaqtidagi vazni 723 kg. Ta'minot manbai sifatida plutoniy-238 asosida ishlovchi, 3 ta radioizotopli termoelektr generatori qo‘llanilgan. Dastlabki vaqtda, "Voyajer-1"ning asosiy vazifasi, gigant sayyoralar - Yupiter va Saturnni tadqiq qilish sifatida belgilangan bo‘lib, ishchi rejim muddati 5 yil baholangan edi. "Voyajer-1" dastlabki manzil - Yupiter tevaragiga 1979 yilning 1 yanvar kuni yetib bordi va ushbu gigant sayyora yuzasini, uning tabiiy yo‘ldoshlarini fotosuratini yerga yubordi. Ko‘zlangan ikkinchi manzil - Saturnga esa apparat 1980-yilning 13 noyabr kuni yetib bordi. "Voyajer-1" Yupiter va Saturnning mufassal fotokadrlarini olgan eng birinchi kosmik apparatdir. Shuningdek "Voyajer-1" yordamida, ushbu gigant sayyoralarning ilgari fanga ma'lum bo‘lmagan bir necha tabiiy yo‘ldoshlari aniqlandi. "Voyajer-1" belgilangan vazifalarni to‘liq bajarib bo‘lgach, o‘zining ish qobiliyatini 100% saqlab qoldi va un iQuyosh tizimining chetki qismlarini o‘rganish maqsadida, geliosfera chegarasiga yo‘naltirilidi. 1998-yilning 17-fevral kuni "Voyajer-1", o‘sha vaqtgacha, Quyoshdan eng uzoq masofaga yetib borgan fazoviy apparat - "Pioner-10" kosmik zondini quvib o‘tdi va inson tomonidan yaratilgan fazoviy apparatlar ichida Quyoshdan eng olis masofaga uzoqlashgan kosmik apparatga aylandi. "Voyajer-1"ning keyingi maqsadi, Koyper belbog‘i hududini tadqiq qilish va geliopauza chegarasiga yetib borish va u haqidagi axborotlarni yerga uzatish sifatida belgilandi. "Voyajer-1" bu vazifani ham uddalab, keyin geliosferani tark etib, yulduzlararo fazoga chiqib ketsa, u yulduzlararo fazo muhiti haqida ma'lumot uzatgan dastlabki apparatga aylanishi ko‘zda tutilgan edi.

Hozirgi vaqtda, "Voyajer-1" giperbola treaektoriyasi bo‘yicha uchmoqda va endilikda hech qachon Quyosh tizimiga qaytmaydi. 2010-yil iyun oyidan boshlab, "Voyajer-1"ga Quyosh shamolining ta'siri muntazam susayib borayotganligi, demakki, u Quyosh tizimining eng chetki hududlariga yaqinlashayotganligi qayd etilmoqda. 2010-yilning 13-dekabridan e'tiboran, "Voyajer-1"ga Quyosh shamolining ta'siri nolga tenglashgani e'tirof etilgan. Bu vaqtda u startdan boshlab, 116,38 a.b. masofani, ya'ni, 17,41 milliard km yo‘lni bosib o‘tgan edi. 2011-yilning dekabrida, Quyoshdan 119 a.b. masofada, "Voyajer-1" stagnatsiya hududi deb nomlanuvchi fazoga yetib bordi. Bu hudud, yulduzlararo fazodan apparatni ajratib turgan so‘nggi hudud bo‘lib, bu joyda "Voyajer-1" yulduzlararo fazodan kelayotgan yuqori energetik quvvatli zaryadlangan zarrachalar oqimi va bosimining keskin ortishiga duch keldi. Bu hududda magnit induksiyasining qiymati, Quyosh tizimining "Voyajer-1" ortda qoldirgan hududlaridagiga nisbatan, deyarli ikki barobar o‘sdi va magnit maydonining ancha yuqori darajada kuchlanganligi qayd etildi. 2012-yilning 14-iyun kuni, "Voyajer-1" datchiklarida, galaktik va kosmik nurlanishlarning keskin ortganligini, ayni vaqtda esa, Quyoshdan keluvchi zaryadlangan zarrachalar oqimi va miqdorining keskin susayishi qayd etildi. Ushbu ma'lumotlarga ko‘ra, olimlar, "Voyajer-1"ning geliosfera va yulduzlararo fazo chegarasiga juda yaqinlashganligi va yaqin oradi, u geliosferani butunlay tark etib, yulduzlararo fazoga chiqib ketishi haqidagi xulosalar kelishdi. 2012-yilning 25-avgust kuni, Quyoshdan 121.7 a.b. masofada, "Voyajer-1" nihoyat gelosferani tark etdi va yulduzlararo fazoga chiqib ketdi. Bu haqida, Nyu-Meksiko universiteti professori Bill Vebber rasmiy bayonot berdi. Biroq, bu haqda NASA raddiya berib, "Voyajer-1" hali geliosferani tark etmaganligi, bu haqdagi yakuniy xulosa, geliosfera va yulduzlararo fazo chegarasida magnit maydoni qutblarining ishorasi o‘zgarishi qayd etilganida berilishini ta'kidlagan. Shunga qaramay, 2013-yilning 12-sentyabr kuni NASA, "Voyajer-1"ning haqiqatan ham, geliosfera chegarasini tark etib, yulduzlarao fazoga chiqqanligini tasdiqladi[1].

 

�Voyajer-1� tomonidan, 40 a.b. masofadan turib olingan Yer sayyorasi fotosurati. 1990 yil.

"Voyajer-1" tomonidan, 40 a.b. masofadan turib olingan Yer sayyorasi fotosurati. 1990 yil.

Hozirda (2018-yil, 5-sentyabr holatiga) "Voyajer-1" Quyoshdan taxminan 142.31 a.b. (21,2 milliard km) masofada, 17 km/soniya tezlik bilan harakatlanmoqda va uning ishchi qobiliyati to‘liq saqlanib kelmoqda. Uning bortidagi radioizotopli termoelektr generatorlarining quvvati va ishchi qobiliyati, apparatni yana taxminan 2025-yilgacha hech bo‘lmasa minimal darajada ta'minlay olishi ko‘zda tutilmoqda.

 



"Voyajer-1"ga oid qiziqarli faktlar
:

  • "Voyajer-1", shu davrgacha inson tomonidan yaratilgan, eng tez harakatlanuvchi mexanizmdir, u hozirda, kamida 17 km/soniya tezlik bilan uchmoqda;
  • "Voyajer-1" inson tomonidan yaratilgan mexanizmlar ichida eng uzoq masofaga yetib brogan mashina hisoblanadi;
  • Taxminan 40000 yildan keyin, "Voyajer-1" Quyoshdan 1 yorug‘lik yili masofasiga uzoqlashadi;
  • "Voyajer-1" apparati bortida, Yerdan tashqarida bo‘lishi mumkin bo‘lgan ongli mavjudotlar, o‘zga sayyoraliklarga yo‘llangan murojaatnoma - oltin disk mavjud bo‘lib, unga "Voyajer-1" ni loyihalash vaqtida amalda bo‘lgan AQSH prezidenti Jimmi Karterining o‘zga sayyoraliklarga yo‘llagan murojaat-nutqi, Yerning Quyosh tizimidagi joylashuvi koordinatalari, Yerga oid surat va tovushlar, va ho kazo axborotlar yozilgan;
  • Yer va apparat orasidagi masofa sababidan, hozirda "Voyajer-1"dan uzatilgan axborot signallari Yerga 17 soatdan ko‘proq vaqtdan keyin yetib kelmoqda.
  • Taxminan 285000 yildan keyin, "Voyajer-1" yerdan taxminan 8.6 yorug‘lik yili masofasiga, xususan, eng yaqin yulduz - Siriusyulduzigacha yetib borishi mumkin;
  • "Voyajer-1"ning amaldagi tezligini inobatga olsak, m=m0u2/c2 formulaga ko‘ra, hozirda uning massasi, start vaqtidagidan 1,168 milligrammga ko‘proq bo‘lishi kerak;
  • Ma'lum vaqtlarda, Yer va "Voyajer-1" orasidagi masofa qisqarib va uzoqlashib turadi, chunki, Yerning Quyosh atrofidagi orbitasi bo‘ylab aylanish tezligi, "Voyajer-1"ning Quyoshdan uzoqlashish tezligidan kattaroqdir.
  • 2017-yil 5-sentyabrda, "Voyajer-1" sartga chiqqanidan buyon, roppa-rosa 40 Yer yili to‘ldi.

 


[1]Ron Cowen. Voyager 1 has reached interstellar space. News & Comment. "Nature" jurnali, 12-Sentybr 2013-yil)


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 11.12.2018 11:25  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Bildirilgan fikrlar   

 
0 #1 Javob: Voyajer-1, Geliosferani tark etib...Suhrob 2017-11-07 13:00
maqola judaajoyib rahmat kottakon!
Iqtibos
 

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Mendeleev ham, o'z xotiniga, birinchi o'rinda xotin emas, balki aynan Vodorod turishi kerakligini juda uzoq tushuntirishga majbur bo'lgan...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 824
O'qilgan sahifalar soni : 4835196

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!