Xalqaro Astronomiya Ittifoqi
Xalqaro Astronomiya Ittifoqi (XAI) - butun jahon bo‘yicha astronomik jamiyatlarni birlashtiruvchi xalqaro ilmiy tashkilot. XAI, osmon jismlarining rasmiy va xalqaronomlanishi, tasniflanishi va shu kabi o‘zaro muvofiqlik va standartlashtirishni talab etuvchi astronomik masalalar yuzasidan qaror va yechimlar chiqaruvchi eng oliy xalqaro tashkilot sifatida tan olingan.
XAI dastavval, 1887-yilda "Osmon Xaritasi" loyihasi yuzasidan, koinotning fototasvirlarini qayta ishlash a yulduzlar xaritasini tayyorlash ishlari jarayonida faoliyat olib borgan fotografik astronomiya hay'ati asosida shakllangan. Rasman esa, 1919 yilda Belgiyaning Bryussel shahrida ta'sis etilgan. XAI - a'zo davlatlar (turli xil astronomik akademiyalar hamda, tegishli muassasalar timsolida) hamda, mustaqil professional astronom olimlar ishtirokida faoliyat yuritadi. Ittifoqqa 73 ta a'zo davlat va 10886 nafar mustaqil astronomlar a'zo. Ittifoq idorasi tarkibiga "Astronomik telegrammalar markaziy idorasi" va "Kichik sayyoralar markazi" faoliyat yuritadi. Bu tashkilotlar Smitson astrofizika rasadxonasida joylashgan. Ittifoq tarkibida shuningdek 50 dan ortiq muvofiqlashtiruvchi kengashlar va Ijroiya Qo‘mitasi mavjud. Ittifoqning joriy va tashkiliy ishlari, ishchi guruhlar va ishchi hay'at tomonidan yuritib boriladi. XAI har 3-4 yilda (faqat, 1939-1945 yillardagi, II-jahon urushi davrida assambleya chaqirilmagan), a'zo davlatlardan birining hududida Bosh Assambleyaga yig‘iladi va astronomiyaning dolzarb masalalari yuzasidan olib borilayotgan ishlar bo‘yicha hisobotlar, xulosa, qaror va yechimlar berib boradi. Shuningdek XAI, rivojlanayotgan va qoloq mamlakatlar uchun astronomiya sohasida ilmiy va amaliy ko‘mak berib kelmoqda.
XAI, o‘zi kabi turdosh fanlar ittifoqlari bilan birgalikda, Xalqaro Ilm-Fan kengashi (Parij) tarkibiga kiradi.
Shu davrgacha XAI 28 marta Bosh Assambleyaga yig‘ilgan (jadval):
Assambleya |
Yil |
Mezbon |
I |
1922 |
Rim, Italiya |
II |
1925 |
Kembridj, Angliya |
III |
1928 |
Leyden, Gollandiya |
IV |
1932 |
Kembridj, AQSH |
V |
1938 |
Parij, Fransiya |
VI |
1938 |
Stokgolm, Shvetsiya |
VII |
1948 |
Syurix, Shveytsariya |
VIII |
1952 |
Rim, Italiya |
IX |
1955 |
Dublin, Irlandiya |
X |
1958 |
Moskva, SSSR |
XI |
1961 |
Berkli, AQSH |
XII |
1964 |
Gamburg, Germaniya |
XIII |
1967 |
Praga, Chexoslovakiya |
XIV |
1970 |
Brayton, Angliya |
XV |
1973 |
Sidney, Avstraliya |
XVI |
1976 |
Grenobl, Fransiya |
XVII |
1979 |
Monreal, Kanada |
XVIII |
1982 |
Patras, Gretsiya |
XIX |
1985 |
Dehli, Hindiston |
XX |
1988 |
Baltimor, AQSH |
XXI |
1991 |
Buenos-Ayres, Argentina |
XXII |
1994 |
Gaaga, Gollandiya |
XXIII |
1997 |
Kioto, Yaponiya |
XXIV |
2000 |
Manchester, Angliya |
XXV |
2003 |
Sidney, Avstraliya |
XXVI |
2006 |
Praga, Chexiya |
XXVII |
2009 |
Rio-de-Jeneyro, Braziliya |
XXVIII |
2012 |
Pekin, Xitoy |
XXIX |
2015 |
Gonolulu, Gavayi, AQSH |
XAIning bosh assambleyalarida qabul qilgan eng muhim qarorlari:
- 1922-yildagi I bosh assambleyada 88 ta yangi yulduz turkumlari chegaralari belgilandi va qator eski tizimdagi yulduz turkumlari chegaralari soddalashtirildi. Yulduz turkumlarining yakuniy chegaralari 1928-yilda uzil-kesil tasdiqlandi.
-1930-yilda XAIning qarori bilan Pluton sayyora sifatida tan olindi.
- 1958-yilgi X Bosh Assambleyada eski koordinatalar tizimi o‘rniga yangicha - "Galaktik koordinatalar tizimi" joriy etildi.
- 2006-yildagi XXVI Bosh Assambleya sayyora va karlik sayyora tushunchalariga ta'rif berdi va uning qarori bilan, Pluton sayyoralar safidan chiqarilib, karlik sayyoralar safiga kiritildi.
-2008-yil, 11 iyun kuni XAI, fanga yangi tushuncha "Plutoid" ni joriy qildi.
- 2009-yil Xalqaro Astronomiya yili deb e'lon qilindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|