Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Haumea

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Haumea

Haumea (136108 Haumea) - kattaligi jihatdan tortinchi orinda turuvchi karlik sayyora. Transneptun obyekt va Plutoid hisoblanadi. Uni ilk marta, bir biridan mustaqil ravishda Andalusiya Astrofizika instituti olimi Xose Luis Ortis hamda talaba Pablo Santos-Sanzlardan iborat Ispaniyalik ilmiy guruh, hamda, Kaliforniya Texnologiya universiteti olimlari Maykl Braun, Chedvik Truxilo va Devid Rabinovitslardan iborat ilmiy guruhlar kashf qilishgan. AQSHlik guruh Haumeani 6-may, 2004-yildagi fotosuratlar asosida, 2004 yilning 28-dekabrida kashf qilgan edi. Biroq, ilmiy guruh rahbari Maykl Braun, avvaliga tola ishonch hosil qilish uchun, qoshimcha dalillarni organishga kirishdi. U 2005 yilning 7-iyuliga yangi osmon jismining kashf qilingani haqida ma'ruza-e'lon tayyorlagan edi. Lekin oilaviy sabablarga (shu kuni Braun qiz farzand korgan edi) kora bu chiqishni keyinga surishga majbur bolgan. Bu orada, Ispaniyalik astronom olim va talaba, Kaliforniyadagi tadqiqotlardan mutloq bexabar holda, Serra-Nevada rasadxonasidagi 36-santimetrli teleskop yordamida Haumeani kashf etishdi. Ular olgan ma'lumotlar Malyorka universitetida qayta tekshirib, tasdiqlangach, ispanlar oz kashfiyotlari haqida 2005-yilning 29 - iyul kuni e'lon qilishdi.

Dastavval, bu obyektga shartli nom sifatida 2003-EL61 biriktirildi. AQSH guruhi bu obyektga Santa (Santa Klaus) degan om berishgan. Chunki u nasroniylarning milod bayramidan keyin kashf qilingan edi. Ispanlar esa unga, Iberiya bahor ma'budasining nomi - Ataetsinani taklif qilishdi. 17-sentyabr, 2008 yilda, Devid Rabinovits taklif etgan nom - Haumea (Gavay orollari xalqlarining hosildorlik ma'budasi) rasman tasdiqlandi va Haumea Quyosh tizimining karlik sayyoralari safiga kiritildi.

Haumea orbitasi ham arxiv fotosuratlari asosida 1955 yilga qadar qayta tekshirilgan. U ekliptikaga nisbatan 28,2 burchak ostida oggan. Orbita ekstsentrisiteti 0,1975. Orbitasining katta yarim oqi, 42,98 a.b. (6,43 milliard km). Haumeadan Quyoshgacha eng uzoq masofa 51,47 (7.7 milliard km), eng yaqinlashganida esa, 34,49 (5.16 milliard km). Haumeaning Quyosh atrofida toliq aylanib chiqish davri 281,8 yil.

Haumeaning massasi uning tabiiy yoldoshlariga kora aniqlangan va u (4,0040,040)1021 kg ni(Pluton massasining taxminan 38% qismi) tashkil qiladi. Ortacha zichligi taxminan 2,6-3,34 gr/sm3 atrofida. Haumeaning oz oqi atrofida aylanish davri va orbita tekisligiga nisbatan ogish burchagi hozircha noma'lum.

2005 yilda Haumeaning ikkita tabiiy yoldoshi - Xiiaki ((136108) Haumea I Hi'iaka) va Namaka ((136108) Haumea II Namaka) aniqlangan. Ular haqida ma'lumotlar juda taqribiy va hozircha Xiiaki ~350 km diametrga ega va Haumeadan 49,9 ming km masofada, 48,9 kunda aylanib chiqishi hisoblangan. Namaka esa, 18 kunda Haumeani aylanib chiqadi va uning olchamlari Xiiakiga nisbatan deyarli ikki barobar kichik.

Kashf etilishi

Kashf etgan olim

Maykl Braun, Xose Luis Ortis

Kashf etilgan joy

Kaliforniya, AQSH / Andalusiya, Ispaniya

Kashf etilgan sana

28-dekabr, 2004 yil / 25-iyul 2005 yil.

Haumeaning orbital ko'rsatkichlari

Perigeliy

34,494401 a.b.

Afeliy

51,475447 a.b.

Katta yarim oq (?)

42,98492 a.b.

Orbita ekstsentrisiteti (e)

0,1975233;

Siderik aylanish davri

102937 kun; ?281,83 yil.

Orbital tezligi (v)

4,484 km/soniya;

Peritsentr argumenti

240,582838

Ogishi

28,201975

Yoldoshlari

2 (Xiiaki, Namaka)

Haumeaning fizik korsatkichlari

Sirt yuzasi (S)

2107 km2;

Albedo

0,84

Massasi (m)

~(4,0060,04)1021kg;

Korinadigan yulduz kattaligi

17,3m;

ortacha zichligi (?)

~2,6-3,3 g/sm3;

Mutloq yulduz kattaligi

0,02m;

ortacha radiusi

~718 km;

Sirtidagi ortacha harorat

50 K (-223 C)


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 12.09.2018 13:32  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!



Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!