Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Astronomiya Mitti sayyoralar

Mitti sayyoralar

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 6
Juda yomon!A'lo! 

Mitti sayyoralar

XX-asrning oxirgi yillarida va XXI-asrning boshida Quyosh tizimining chetki qismida ko‘plab yirik osmon jismlari kashf etildi. Ular orasida Kvavar, Sedna va ayniqsa Erida alohida diqqatga sazovordir. 2005 yilning 5-yanvar kuni kashf qilingan Eridaning massasi, shu choqqacha Quyosh tizimining eng chetki sayyorasi hisoblanib kelinayotgan Pluton massasidan ham ≈21% ga yirikroq bo‘lib chiqdi. Shu tufayli XAI sayyoralar va asteroidlarning tasniflanishini qayta ko‘rib chiqish masalasiga duch keldi. 2006 yil Pragada bo‘lib o‘tgan XAIning XXVI Bosh Assambleyasida "sayyora", "asteroid" tushunchalariga rasmiy ta'rifni tasdiqladi va shuningdek, fanga yangi "Mitti sayyora" tushunchasini kiritdi. Unga ko‘ra, Quyosh atrofida davriy aylanadigan; gravitatsiya kuchlari ta'sirida gidrostatik muvozanatani saqlab tura oladigan; va shar shakliga yaqin shaklga ega bo‘lgan; ayni vaqtda, biror bir katta sayyoraning tabiiy yo‘ldoshi bo‘lmagan; o‘z orbitasida hokimlik qila olmaydigan (ya'ni, tevarak-atrofini boshqa osmon jismlaridan "tozalay"[1] olmaydigan) osmon jismi Karlik sayyora deb ataldi.

Shuni alohida ta'kidlash joizki, bu tushuncha va ta'rif hamon astronom olimlar o‘rtasida munozaralarga sabab bo‘lib kelmoqda. Ayrim olimlarning fikriga ko‘ra, karlik sayyora tushunchasi uchun, bu nomga da'vogar osmon jismini Merkuriy yoki Oyga nisbatan taqqoslash orqali, soddaroq tasniflash tizimi qulayroq bo‘lar ekan. XAI tomonidan hozirda 5 ta karlik sayyora rasman e'tirof etilgan: Pluton, Serera, Makemake, Erida, Haumea. Olimlarning fikricha Koyper belbog‘i hududida yana 200 tagacha karlik sayyoralar bo‘lishi mumkin ekan.

Quyidagi jadvalda XAI tomonidan rasman e'tirof etilgan karlik sayyoralar haqida ma'lumotlar keltirilgan. (2014-yil 1-yanvar holatiga).

Nomi

Serera

Pluton

Haumea

Makemake

Erida

KSM bo‘yicha raqami

1

134340

136108

136472

136199

Quyosh tizimidagi hududi

Asteroidlar belbog‘i

Koyper belbog‘i

Koyper belbog‘i

Koyper belbog‘i

Tarqoq disk

Diametri (km)

yoki o‘lchamlari

975×909

2360±20

1960×1518×996

1500×1420

2326±12

Massasi (kg)

9,5·1020

1,305·1022

4,2·1021

?

~1,67·1022

Ekvatorial radiusi (o‘rt) km

471

1148.07

~750

?

~1300

Hajmi *

0.0032

0.053

0.013

0.013

0.068

Zichligi (t/m3)

2.08

2.0

?

?

2.5

Ekvatoridagi erkin tushish tezlanishi

0.27

0.60

?

?

~0.68

Birinchi kosmik tezlik (km/soniya)

0.51

1.2

?

?

?

Orbita radiusi a.b.

2.5-2.9

29.66-49.30

?

?

37.77-97.56

o‘z o‘qi atrofida aylanish davri (kun)

0.3781

-6.38718

?

?

?

Quyosh atrofida aylanish davri (yil)

4.599

248.09

 

 

557

o‘rtacha orbital tezligi (km/soniya)

17.882

4.666

 

 

3.437

Orbita ekstsentrisiteti

0.08

0.24880766

 

 

0.44177

Orbitasining og‘ish burchagi

10.587º

17.14175º

 

 

44.187º

Ekvator tekisligining orbita tekisligiga nisbatan qiyaligi

4º

119.61º

 

 

 

Sirtidagi o‘rtacha harorat (K)

167

40

 

 

30

Tabiiy yo‘ldoshlari soni

0

5

2

0

1

Kashf qilingan sanasi

01.01.1801

18.02.1930

28.12.2004

31.03.2005

05.01.2005

 


* Yerning hajmiga nisbatan


[1] Bu o‘rinda, osmon jismining o‘z gravitatsiyasi evaziga, o‘z yaqin atrofidagi kichikroq jismlarni tortib yoki itarish orqali, o‘z hududida katta ta'sirga ega bo‘lishi nazarda tutilmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 09.10.2019 08:29  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltaviy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!



Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)