Yorug‘lik kuchi birligi - Kandela
Turli mamlakatlarda, yorug'lik kuchining o‘lchov birligi sifatida, 1948 yilgacha sham yoki alanga yorug'ligiga asoslangan turli o‘lchov birliklaridan foydalanilgan. 1848 yilda uning o‘rniga, Plank radiatorining (qora jismning) platinaning qotish haroratidagi yorug‘ligiga asoslangan yangi birlik: "yangi /sham" joriy etildi. Bu ko‘rinishdagi o‘lchov birligi, Yoritish bo‘yicha Xalqaro Qo‘mita (CIE) va O‘TXQ tomonidan 1937 yildan avval tayyorlangan bo‘lib, u O‘TXQ ning 1946-yildagi qarori bilan e'lon qilingan edi. U, 1948 yildagi, 9- O‘TXK tomonidan qabul qilingan bo‘lib, bu konferensiyada, o‘lchov birligiga yangi xalqaro nom - kandela, va ramziy belgi cd kiritildi; 1967-yildagi 13-O‘TXK da (Rezolyutsiya 5, CR, 104 va Metrologia, 1968, 4, 43-44) bu ta'rifga tuzatish kiritilgan.
1979 yilda, Plank radiatorining yuqori haroratlarda amalda qo‘llashning qiyinligi sababidan va radiometriya sohasida paydo bo'lgan yangi imkoniyatlar, ya'ni optik nurlanish kuchining o‘lchash asosida, 16-O‘TXK
(1979 yil, Rezolyutsiya 3, CR, 100 va Metrologia, 1980,16, 56) kandelaning yangi ta'rifini qabul qildi:
Kandela - berilgan yo‘nalishda chastotasi 540·1012 gerts bo'lgan monoxromatik nurlanish tarqatuvchi manbaning yorug'lik kuchiga teng, bu nurlanishning energetik yorug'lik kuchi, shu yo‘nalishda 1/683 Vatt taqsim steradianni tashkil qiladi.
Bundan kelib chiqadiki, chastotasi 540·1012 gerts bo'lgan monoxromatik nurlanishning spektral lyuminessensiya effekti aniq 683 lyumen taqsim vattga teng. K = 683 lm/Vt = 683 cd·sr/Vt
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
"
< avvаlgi | kеyingi > |
---|