Politexnika lug'ati
Ushbu ensiklopedik shakldagi politexnika lug‘atida texnikaning turli sohalariga, shuningdek, ba'zi tabiiy fanlarga (matematika, fizika, kimyo va boshqalar) oid tushuncha yoki terminlarning ta'iflari (definitsiya), ularga tushuntirishlar, zarur holatlarda esa etimologik ma'lumot, jarayon, mexanizm, asbob, apparat, material, qonun, qoida va boshqalarining vazifasi, ularning qo‘llanish sohalari haqida qisqacha sharh berib o‘tilgan. Lug‘atdan asosiy maqsad kichik hajmdagi maqolalar yordamida keng kitobxonlar ommasining shu masaladagi ehtiyojlarini ma'lum darajada qondirishdir.
Lug‘atda asosan fan va texnikada amalda keng qo‘llaniladigan 4000 dan ortiq tushuncha va termin, shu jumladan, mahalliy materiallar, chunonchi, paxtachilikka oid muhim maqolalar kiritilgan. Lug‘atda 600 dan ortiq terminga rasm va chizmalar berilgan. Tushuncha va terminlarning o‘zbekcha muqobilini berishda o‘zbek tilida nashr etilgan tabiiy fanlarga oid adabiyotlardan foydalanilgan. Ba'zi terminlarning ruscha muqobili qavs ichida keltirilgan.
Lug‘atda maqolalar ensiklopedik tarzda alifbo tartibida joylashtirilgan.
Muallif: Akademik T.R. Rashidov muharrirligida
Tematik yo‘nalishi: Ensiklopediya, texnika, ilmiy-ommabop, lug‘at
Tarixi: Toshkent, 1989
Orbita.Uz taqdim etayotgan elektron nusxa: .pdf formatida. Siaftli skanerlangan
Grafikasi: O‘zbek tili kirill alifbosida.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|