Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Gey- Lyussak qonuni

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Gey- Lyussak qonuni

Gazlarning hajmiy nisbatlarining qonuniyatlarini ifodalovchi, Jozef Lui Gey-Lyussak tomonidan ochilgan va uning sharafiga atalgan qonun, nazariy kimyo fanining yanada ilgor qadam tashlashiga katta turtki berdi. Gey-Lyussak qonuni, osha vaqtlarda endigina kashf qilingan Dalton qonuni bilan birgalikda kimyoviy birikmalar nazariyasining asosini tashkil qildi.

Gey-Lyussak, XIX asrning birinchi yarmida, mumtoz kimyo fanining poydevorini qurgan, buyuk kimyogar olimlar sirasiga kiradi. Jozef Lui Gey-Lyussak (1778-1850) Farangistonning Limuzen grafligiga qarashli kichik San-Leonar shaharchasida tugilgan. Bolaligida, qat'iy intizom va tartib-qoidalarga asoslangan katolik maktabida ta'lim olib, 15 yoshida esa Parijga kochib otadi. Parijda Gey-Lyussak San-sye pansionida oqishni davom ettirib, tez orada ajoyib matematik iqtidori bilan bachaning nazariga tushadi. 1797-1800 yillarda u Parij politexnika maktabida ta'lim oladi. Politexnika maktabida kimyo fanidan iste'dodli kimyogar, oqituvchi va olim Klod Lui Bertole dars berar edi. Aynan Bertole, yetishib chiqayotgan yosh olimning kimyo faniga bo'lgan qiziqishlariga va keyingi ilmiy yonalishini tanlashiga katta ta'sir otkazgan. Ta'lim jarayoni va undan keyingi hayotlarida ham bu ikki inson juda qalin dost bolib, ilmiy mulohaza va fikrlarini doimiy ozaro muhokama qilib borishgan. Politexnika maktabida oqishni tamomlagach, Gey-Lyussak bir qancha kimyo korxonalarida mehnat qilib chiqdi. 1802 yildan e'tiboran esa, u yana ozining jonajon oquv yurti - Parij politexnika maktabiga qaytib, u yerda assistent bolib ishlay boshladi.

Aynan osha yili Gey-Lyussak, farang fanlar akademiyasida ozining dastlabki ilmiy axboroti bilan chiqish qildi. Metallarning chokishi nomli chiqish, yosh olimning ilk ilmiy muvaffaqiyatlarining debochasi edi xolos. Haqiqatan ham, 1802 yil, Lui Gey-Lyussak uchun ota omadli keldi: Jon Daltondan mustaqil ravishda u gazlarning issiqlik ta'sirda kengayishi qonuniyatini kashf qildi. Gey-Lyussak kopincha boshqa yirik olimlar bilan ham hamkorlikda, ularning tadqiqotlarida ham ishtirok etardi va bu jarayonda odatda muvaffaqiyatli ilmiy tajribalar, olamshumul kashfiyotlar amalga oshirilar edi. Masalan, shunday hamkorlikka asoslangan tadqiqotlarning birida, 1804 yili Gey-Lyussak boshqa bir olim Jan Batist bilan birgalikda, atmosferaning yuqori qatlamlaridagi havo tarkibida namlik miqdori va harorat ozgarishlarini aniqlash uchun havo sharida osmonga kotarildi. Velter bilan hamkorlikda esa u ditio kislotasini kashf qildi. Gey-Lyussak, Parijlik kimyogar-professor Jak Tenar bilan ham mustahkam ilmiy hamkorlik aloqalarini ornatgan edi. Ularning ozaro olib borgan ishlari, organik moddalar kimyosi sohasida tahliliy uslublarning mukammallashuviga katta hissa bolib qoshildi. Umuman olganda Gey-Lyussakni zamondoshlari ajoyib iqtidorli tajribashunos sifatida qadrlashgan. U kamtarona jihozlangan oddiy laboratoriya sharoitida ham, kimyo faning keyingi rivojlanishi uchun muhim orin tutgan koplab qonuniyatlar va kashfiyotlarni amalga oshirishga muvaffaq bo'lgan.

1805 yilda, Gey-Lyussak endilikda Aleksandr fon Gumboldt bilan hamkorlikda ishlar edi. Ular gazlarning hajmiy nisbatlarini tadqiq qilish jarayonida, bir hajm kislorod, ikki hajm vodorov miqdori bilan birikayotganligini aniqlashdi. Bu ish Gey-Lyussakning keyingi faoliyat yonalishini belgilab berdi.

Gazlarning miqdorini olchashda ularning hajmiga asoslanish usuli, massasiga asoslanishdan kora qulayroq va osonroq ekanligi sababini allaqachon fahmlagan buyuk kimyogar Antuan Lavuaze, vodorod va kislorod ortasidagi reaksiyalarda ularning ozaro nisbatlarini aniqlashga urinib korgan edi. Ammiakni parchalanishidagi azot va vodorodning hajmiy nisbatlari bilan Bertolle shugullangan edi.

Gey-Lyussak yuqoridagi tadqiqotlar va boshqa gazlarning ozaro reaksiyalaridagi gazlarning nisbatlarini tizimli ravishda tahlil qilib chiqdi. U har qanday gazlar ozaro reaksiyalarda ma'lum bir qonuniyat asosida birikishini, ya'ni ularning hajm nisbatlari qandaydir qonuniyatga boysunishini sezgan edi. Olim olib borgan tadqiqot va tajribalarining ilk natijalarini, ozining 1808 yilda e'lon qilingan Gazsimon jismlarning bir-biri bilan birikishi haqida nomli ilmiy risolasida ma'lum qildi. U gazsimon moddalar bir-biri bilan juda sodda nisbatlarda birikishi, reaksiyalarda kuzatilayotgan hajm kamayishlari ma'lum qonunga boysunishi isbotlashni istar edi.

Gey-Lyussak gazlarning birikishidagi nisbatlar qonuniyatini mutlaqo tajriba yoli bilan ochdi. U bu jarayonda har xil gaz reaksiyalarini amalda tahlil qilib otirmadi, aksincha nisbatan oz sondagi va turdagi reaksiyalarni tahlil qilish bilan cheklandi. Ular asosida esa olim ilmiy xulosalar chiqardi va gazlarning birikishidagi ozaro hajm nisbatlarining qonuniyatining ilmiy ta'rifini shakllantirdi. ozaro ta'sirlashuvchi gazlarning hajmiy munosabatlarini olchash orqali, Gey-Lyussak ammiak va yana besh xil azot oksidlarining tarkibini aniqlashga erishdi.

Gey-Lyussak boshqa olimlar va boshqacha tajriba usullarida olingan natijalar bilan oz natijalarini taqqoslab korib, ozi ochgan muhim qonuniyatning tasdiqlanayotganligiga ishonch hosil qildi. Gey-Lyussak shuningdek ozi ochgan qonunning muhim jihatlarini amalda isbotlab berishga ham muvaffaq boldi. masalan u gaz birikmalarining hali fanga ma'lum bolmagan zichliklarini aniqlab berdi: Turli xil yonuvchi gazlarning kislorod bilan oddiy nisbatlarda 1:1, 1:2, kabilarda birikayotganiligini kuzatish bizga, yonuvchi moddalarning buglarining zichliklarini aniqlashga yoki hech bolmaganda uni taxminiy hisoblay olish vositasini beradi. Agar xayolan barcha moddalarni gazsimon holatga otkazib, tasavvur qilinsa, ularning ma'lum bir hajm miqdori, kislorodning yoki teppa-teng, yoki teng yarmi, yoki ikki hissa miqdorida kislorod bilan birikadi. Endi, agar biz kislorodning, qattiq yoki suyuq holatdagi yonuvchan moddalar bilan qanday nisbatlarda birikishini bilsak, biz kislorod yoki, yonuvchi moddaning buglarining hajmini hisoblab topishimiz mumkin bo'ladi.

Gey-Lyussakning oz goyalari va tajribalarining bayon qilishdagi soddalik va tushunarlilik osha zamonda ham, keyingi davrlarda ham barcha tibiiy fanlar tadqiqotchilari uchun dasturul-amal bolib xizmat qilgan.

Gey-Lyussak qonunining dastlabki amaliy muvaffaqiyati ozini uzoq kuttirmadi: Bertselius ozining koplab ilmiy ishlarida, element va birikmalarning tarkibini aniqlashda, ularning miqdor xarakteristikalarini organishda Gey-Lyussak qonunini katta muvaffaqiyat bilan qollab, olimning ilmiy xulosalarini amaliy mustahkamladi.

Gey-Lyussak tomonidan ochilgan oddiy hajm munosabatlarini ifodalovchi qonun, atom-molekulyarta'limotning shakllanishiga ulkan hissa qoshdi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 29.09.2018 09:48  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Ixtiro va Kashfiyotlar

Orbital latifalar :) :)

Kimyogar ota o'z oshnalariga maqtanmoqda:

-Kecha meni o'g'lim tili chiqib, birinchi so'zini gapirdi!

-Nima dedi? Dadami, oyimi?

-Izopropiloftormetilfosfonat...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 784
O'qilgan sahifalar soni : 3672747

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)