Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Qiziqarli fizika Fazoviy janglar yoxud, fantastik kinofilmga mexanikning nigohi.

Fazoviy janglar yoxud, fantastik kinofilmga mexanikning nigohi.

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

Fazoviy janglar yoxud, fantastik kinofilmga mexanikning nigohi.

Kino sanoati oxirgi yillarda fazoviy janglar, o‘zga sayyoraliklar, boshqa galaktikalik kelgindilar bilan insoniyat o‘rtasidagi urush tasvirlangan mahsulotlar bilan tez-tez chiqish qilmoqda. Ayniqsa xorij kinosida bunga misollar bisyor. «Oblivion», «Dunyolar jangi», «Yulduzlar darvozasi» kabi filmlarni ko‘pchiligingiz ko‘rgansiz. Bu filmlar ssenariychi va rejissorlarning boy fantaziyalarini namoyon etadi. Lekin, tangri bunday ofatdan barchamizni saqlasin deyman...

Yuqorida sanab o‘tganimiz kabi filmlarda, ko‘pincha jang sahnalari ochiq koinotda yoki, biror bir osmon jismida, masalan Oyda yuz beradi. Film qahramoni, kelgindilarga qarata biror quroldan o‘t ochadi. Kelgindi o‘zga galaktikalik ham qandaydir bizga notanish quroldan foydalanadi. Endi, kelgindining qurolini qo‘ya turaylik.Lekin, masalan, o‘zimizning qurollar, xususan artilleriya to‘pchisi shunday jangda ishtirok etsa qanday effekt berarkin? Rejissorlarning koinotda quroldan o‘t ochish bo‘yicha fantaziyalari haqiqatga to'g'ri kelarmikin?

Misol tariqasida artilleriya to‘pchisini oldik. To‘p o‘t ochganda, Yer sharoitida, snaryadga 900 metr/soniya boshlang‘ich tezlik beradi. Uning texnik va strategik ko‘rsatkichlari - alohida mavzu. Endi, rejissor fantaziyasidagi «Samoviy jang», aytaylik, Oyda bo‘lyapti deb tasavvur qilaylik. Yerliklar qo‘shini, Oyda o‘rnashib olgan o‘zga galaktikaliklar to‘dasiga artilleriya zarbasi bermoqda. Shunda, bizning misolimizdagi to‘pning samaradorlik ko‘rsatkichlari qanday bo‘ladi? Snaryad to‘pni qanday tezlik bilan tark etadi? Snaryadning borib tushadigan masofasi qanday bo‘ladi?

Fizikaning mexanika bo‘limi maktab kursidan yetarlicha xabardor odam, bu holatga quyidagicha qarashi mumkin: Oyda tortish kuchi Yerdagidan ≈6 barobar kichik. Demak, snaryadning vazni oyda 6 marta yengillashib qoladi. Bundan xulosaga kelinadiki, Oy sirtida, to‘pdan uzilgan snaryad, 900×6=5400 metr/soniya, demak, 5.4 km/soniya boshlang‘ich tezlik bilan uchib chiqadi.

Har qancha to'g'riga o‘xshamasin, bunday xulosa mutlaqo o‘rinsiz. Sababi, kuch, tezlanish va vazn orasida mulohazada nazarda tutilgan aloqa mavjud emas. Nyutonning ikkinchi qonunini matematik ifodalovchi F=ma formulada, vazn emas, balki, massa nazarda tutiladi. Vazndan farqli o‘laroq, massa har qanday tortish kuchi sharoitida, shu jumladan Oyda ham o‘z qiymatini o‘zgarishsiz saqlaydi. Demak, o‘t ochilganda snaryadga beriladigan tezlanish, Oyda ham Yerdagiga teng bo‘lar ekan. Oyda otilgan snaryadning tezlanishi, Yerdagi otilgan snaryadning tezlanishi bilan bir xil bo‘lsa, hamda, mo‘ljallangan masofaning ham teng bo‘lgan holatida,v=√2aS formulaga ko‘ra, tezlik ham bir xil bo‘ladi (S - snaryadning to‘p stvoli ichidagi tezligi).

Demak, to‘p Oyda snaryadni aynan Yerdagi kabi boshlang‘ich tezlik bilan uloqtirar ekan. Oyda bu snaryadning qancha masofaga borib tushishi yoki, qancha balandlikkacha ko‘tarilib qaytib tushishi esa, boshqa masala.

Masalan, Oyda 900 m/soniya boshlang‘ich tezlik bilan yuqoriga qarab otilgan snaryadning yetib borgan eng yuqori balandligi aS=v2/2 formula orqali aniqlanadi. Oyda og‘irlik kuchining tezlanishi Yerdagiga nisbatan 6 marta kichik (a=g/6) bo'lgani uchun, formula quyidagi ko‘rinish oladi. gS/6=v2/2. bundan esa, snaryadning bosib o‘tgan masofasi S= 6·(v2/2g). Demak, Oyda to‘pdan o‘t ochilganida, u snaryadni Yerdagiga nisbatan 6 marta uzoqroqqa uloqtirishi mumkin ekan. Hatto, snaryadning boshlang‘ich tezligi har ikki holatda bir xil bo‘lsa ham.

Shuni e'tiborga olingki, Yer sharoiti uchun qo‘llanilgan formulalarda odatda, atmosfera qarshiligi inobatga olinmaydi (hisobdan chiqarib tashlanadi). Oyda esa atmosferaning qarshiligi deyarli mavjud emas.

Demak, fantastik kinofilmlar rejissorlari, osmon jismlarida yuz berayotgan jang sahnalarini suratga olishayotganida, otilgan o‘q, snaryad va ho kazolarning uchish masofasini, mexanika qonuniyatlariga - tezlik, tezlanish, gravitatsiya kabilarga ko‘ra muvofiqlashtirib olishlari kerak ekan...


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 18.03.2018 12:29  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..



Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov