Qadimgi yunonistonning ishonchli Draxmasi.
Eramizgacha bolgan XI asrda Yunoniston hududlarida istiqomat qilgan Doriyar qabilasi temirdan foydalanishni yaxshi bilishgan. Bizga yaxshi malumki, aynan metallarni qayta ishlash va ularning oldi sotdisi munosabatlari natijasida, dastlabki tarozilarga ehtiyoj paydo bolgan va bunday tarzoilar kelib chiqishiga sabab bolgan. Keyinroq esa metall pullar tangalar (eramizgacha bolgan VII asr) paydo boldi.
Yunonistondagi qadimgi har bir shahar davlat oz tanga pullarini zarb qilgan va ular boshqa shahar davlatlarnikidan maxsus yorliq belgilari oziga xos tamgalari bilan ajralib turgan. Masalan, Afina pullarining asosiy belgisi boyqush bolgan ekan. Makedoniya esa oz tangalarini tulporlar tasvirlari bilan zarb etgan. Osha zamonlarda (xatto yaqin otgan asrlarda ham) otliq qoshin, umuman ot bilan bogliq barcha narsa strategik muhim ahamiyatga molik hisoblangan. Makedoniyalik Iskandarning otasi Filipp (ismi ham otlarni sevuvchi manosini anglatgan) tomonidan uyushtirilgan va kopincha ozi ha ishtirok etgan dabdabali ot poygalari haqida afsonalar mavjud.
Argoss ibodatxonalaridan esa yaqindagina topilgan, nisbatan eng qadimgi yunon tanga pullari jamlanmasi esa, Egina oroli podshosi Fidon nomi bilan bogliq bolib, bu podsho, oz davri uchun dastlabki yagona olchov birliklarini joriy etgan hukmdor sifatida ham metroligiya tarixidan joy olgan.Bu haqida qadimgi qolyozma hujjattlardan biri Paross solnomasi dalolat berib turibdi.
Fidon joriy etgan olchov birliklaridagi vazn tizimiga asoslangan tangalar, qadimgi Yunonistonda eramizdan avvalgi VII asrdan boshla keng tarqala boshladi. Bu qoida, VII asrda yashagan yunon hukmdori va qonun ijodkori Drakon davrida qabul qilingan maxsus davlat qonunlari bilan mustaxkamlab qoyilgan. Drakon ota shafqatsiz va qattiqqol bolib, uning davlatida har qanday jinoyat (hatto mayda ogrilik ham) faqat olim jazosi bilan hukm qilingan ekan. Drakonning qattiqqolligi bilan muomalaga mukammal kiritilgan Fidon tangalari, keyinroq, eramizdan avvalgi 594 yilda islohotchi Solon tomonidan qayta korib chiqilgan. Aynan Solon islohotlari davrida qadimgi Yunonistonning nisbatan mukammal tanga pul zarb qilish tizimi yuzaga kelgan. Solonning podsho Kryoz huzurida mehmon bolganida, tanga zarb qilishning koplab yangi qirralarini oz ustalariga orgatishga kondirgani haqida afsona mavjud. Solon islohotchi davridan boshlab, Yunonistonning keying ming yilliklardagi pul tizimi asosi bolgan Draxma yuzaga keldi. Bu haqida koplab badiiy bezakli tarixiy manbalar saqlanib qolgan va guvohlik berib turibdi. Draxmaning asosi 67 gran kumushdan iborat tanga tashkil qilgan. 67 gran hisob uchun noqulay, to'g'rimi? Shu tufayli, Makedoniyalik Iskandar davrida bu narsa 65 granga tenglashtirildi. Yunonistonni Rim imperiyasi zabt etmagunicha, ya'ni keying 400 yil muttasil mazkur draxmalar qadimgi yunonlarning asosiy pul brliklari bolb qoldi.
Qadimgi Yunonistonning ushbu pul birliklari tizimi Bobilliklar tizimining poydevoriga qurilgan bolib, aynan shu davrga oid yunon qolyozmalari orqali, zamonamiz olimlar qadimgi Bobil haqida koplab tarixiy faktlarga ega bolganlar. Bobilliklarning pullarining nomi masalan, Talant haqiqiy Bobilcha talaffuzda qanday jaranglaganini tarxichilar aniqlay olishmadi. Chunki, Bobil yozuvlari ieroglif korinishida bolib, u bilan taqqoslanadigan qadimgi yunon yozuvlari esa harfiy belgilardan iborat. Bobil yozuvlarida faqat talantning ramzini aniq ajratish mumkin. Mavzuga qaytsak, yononlarda 8 xil vazn birliklari mavjud bolgan: Milet, Evbey, Egin, Fokey va ho kazo. Eng kata vazn birligi ham, yunonlarda, huddi Bobilliklardagidek Talant deb atalgan. Biroq yunon talanti, Bobilliklarnikidan ancha farq qilgan. Qadimgi yunon tilida talant sozi tarozi pallasi manosini anglatgan. Yunon talanti 60 minaga, mina esa 50 staterga, 1 stater esa 2 draxmaga bolingan. Draxma esa, qadimgi yunon tilida hovuch manosini anglatgan. 1 draxma ham oz navbatida 6 oboldan (obol ozak manosida masalan, pat ozagi, hivchin ozagi va ho kazo) iborat bolgan. Keyinroq bunday murakkab ulushli bolinish tizimi orniga, 1 draxmani 100 leptga teng ekanini bildiruvchi boshqacharoq pul birligi tizimi joriy qilingan. Barcha qadimgi yunon shaharlarida bu birliklar bir xil nom bilan atalgan bolsa hamki, ularning har biridagi vazn qiymatlari kata nisbatlarda farq qilgan. Miso uchun, Milet stateri 14 gramm, Fokeyniki esa 16 grammga teng bolgan. Finikiya minasi 364 gramm, Ebveylarniki esa 436 grammga teng bolgan. shu kabi farqlanishlar juda kop bolib, ular uchun maxsus jadvallar yuritilgan. Bundan tashqari, oquvchining ozi ham seganidek, yunonlarning bu davrdagi vazn va pul birliklarining ulushli birliklari orasidagi munosabat murakkab korinishdagi kasr qiymatlarini yuzaga keltirgan
Qadimgi yunonlarning kumush obol tangalarining esa maxsus xizmat vazifasi bolgan: dafn marosimi vaqtida bunday tangalarni marhumning ogziga tishlatib qoyilgan. Qadimgi yunon mifologik tasavvurlaridagi oliklar saltanatiga kirishdagi Stiks daryosining kechuv joyida, mazkur tanga, mabud Xaronga boj tolash uchun ishlatiladi deb hisoblangan
Yunonistonning Rim imperiyasi tomonidan zabt etilishidan song, deyarli ikki ming yil davomida, mazkur qadimiy va boy tarixga ega mamlakatning keying taqdiri juda murakkab kechdi. Faqat XIX asrga kelibgina, aniqrogi, 1832 yilda Yunoniston qaytdan oz davlat mustaqilligini tikladi va qadimiy pul birligi draxmaning zarb etilishini yangitdan yolga qoydi. Bu Otton I tasviri tushirilgan, 20 draxmalik oltin tanga edi. Hozirgi kunda esa, Yunoniston mustaqil davlat hisoblansa-da, u Yevroittifoq azosi sifatida, oz hududida YEVRO pul birligini joriy qilgan. Zamonaviy Yunonistonning Yevropa ittifoqiga iqtisodiy qaramligi esa borgan sari ortib, davlatning yevroittifoqdan kreditorlik holati qaltis korinishga kirmoqda.
< avvаlgi | kеyingi > |
---|