Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Si tarixi Xalqaro Birliklar Tizimi - SI ning paydo bo'lishi

Xalqaro Birliklar Tizimi - SI ning paydo bo'lishi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 30
Juda yomon!A'lo! 

Xalqaro Birliklar Tizimi - SI ning paydo bo'lishi

XIX-asr oxiri va XX-asr boshida SGS, MTS, MKSA, MKKGS kabi bir necha xil birliklar tizimlari paydo bo'ldi. Shu tahlit, xalqaro miqiyosda qabul qilingan birliklar tizimlari ko‘payib ayni bir kattalikka tegishli qiymatni turli tizimlarda turlicha ifodalash, kattalikni o‘zini esa har xil ta'riflashga majbur bo‘linadigan vaziyat yuzaga keldi. Bundan tashqari amalda ko‘p qo‘llaniladigan lekin tizimlashmagan nostandart birliklar, hamda ko‘plab davlatlarda mahalliy ijtimoiy tuzumda uzoq asrlardan beri muqim o‘rnashib qolgan milliy birliklarning ham amaliy ahamiyati yuqoriligicha qolgan bo‘lib, bu holat hisoblashlarda, xalaqaro savdo munosabatlarida va ilmiy natijalarni ifodalashda bir qancha murakkabliklarni keltirib chiqarar edi. Xususan, biror birlikni bir tizimdan ikkinchi tizimga o‘tkazishda kattaliklar qiymatlarining oldiga o‘tkazish koefitsientlarini qo‘yish, bir qancha matematik amallarni qo‘shimcha bajarishga majbur bo‘linardi. Natijada, fizik kattaliklarning metrik tizimiga asoslangan yagona xalqaro tizimini ishlab chiqish va dunyo miqiyosida joriy etish, kun tartidagi dolzarb masalaga aylandi. Bu tizimga qo‘yiladigan asosiy talablarga binoan, qabul qilinishi lozim bo‘lgan yangi tizim, amaldagi barcha tarqoq xalqaro birliklar tizimlarining va tizimlashmagan nostandart birliklarning o‘rnini butunlay bosa olishi hamda, amaliy foydalanishga qulay bo‘lishi shart edi.

1948 yilgi IX - o‘lchov va Tarozolar Bosh Konferensiyasiga Xalqaro Amaliy va Nazariy Fizika Ittifoqining rasmiy murojaatnomasi kelib tushdi. Unda fizik kattaliklarning yagona xalqaro standartlashtirilgan tizimini qabul qilsih masalasi ko‘ndalang qo‘yilgan edi. Shuni ta'kidlash joziki, xalqaro miqiyosdagi metrologik unifikatsiyaning qabul qilinishiga bo‘lgan talabning bunday qat'iy ravishda ilgari surilishi avval kuzatilmagan edi. Bu boradagi barcha murojaatlar aksariyat hollarda mavhum xarakterga ega bo‘lib, odatda jiddiy ko‘rib chiqilmagan, chunki, bir sohaga oid birlikni boshqa sohaga tadbiq etish yoki ko‘plab mustaqil birliklar tizimini yagona tizimga birlashtirish g‘oyasini amalda uddalash favqulodda murakkab ish deb sanalgan.

 

Lekin fizik kattaliklarning yagona xalqaro tizimini ishlab chiqish zaruriyatini zamonning o‘zi taqozo qilayotgan edi. XX asrning o‘rtaliriga kelib yuz bergan jahon fan - texnika inqilobi, xalqaro savdo hajmining ortishi va davlatlararo iqtisodiy munosabatlar ko‘lamining kengayishi turli birliklar tizimlari orasidagi nisbatlarda kelib chiqishi ehtimolligi yuqori bo‘lgan chalkashliklarni imkon qadar bartaraf etish zaruriyatini paydo qildi.

Yuqorida qayd etilgan omillarni e'tiborga olib, o‘lchov va Tarozilar Xalaqaro Konferensiyasi, o‘lchov va Tarozilar Xalqaro Qo‘mitasiga (O‘TXQ) turli mamakatlarning ilmiy, pedagogik va texnik doiralarining fikr va takliflarini o‘rganib chiqish asosida, Metr Konvensiyasiga a'zo bo‘lgan davlatlar orasida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan yagona xalqaro birliklar tizimini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash vazifasini topshirdi. 1954 yilda X - O‘TXK uzunlik va masofa uchun - metr, vaqt uchun - soniya, massa uchun - kilogram, harorat uchun - Kelvin gradusi, yorug‘lik kuchi uchun esa - Kandela (sham), tok kuchi uchun - amper birliklari asos qilib olingan xalqari tizimni qabul qildi. Mohiyatan bu tizim MKSA tizimining ayan o‘zi edi.

Tarkibi o‘lchov va Tarozolar Xalqaro Idorasi direktori va O‘TXKning 7 a'zosidan iborat bo‘lgan, akademik Burdun raisligidagi maxsus hay'at tuzildi. hay'at 1954-1964 yillar davomida, ya'ni 10 yil faoliyat olib bordi va u quyidagi ishlarni amalga oshirdi:

  • 1956 yilgacha yagona birliklar tizimining loyihasini ishlab chiqdi va unga Xalqaro Birliklar Tizimi (Systeme International; SI) nomini berdi;
  • 1958 yilda karrali va ulushli birliklarning hosil qilish qoidalarini aniqladi;
  • 1960 yilda yagona xalqaro birliklar tizimi loyihasi O‘TXQ tomonidan ma'qullandi va uning asosidagi ilmiy hisobot ma'ruza XI ? o‘lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiaysiga taqdim etildi;
  • 1964 yildagi XII O‘TXKga birliklar bo‘yicha: Litrni 1 kub detsimetrga (aniq) tenglashtirish va harorat intervallari haqidagi qator takliflarni kiritdi.

1960 yilda O‘TXKning navbatdagi, XI bosh konferensiaysi bo‘lib o‘tdi va u xalqaro hay'at tavsiya etgan yagona birliklar tizimining Xalqaro Birliklar Tizimi, qisqacha qilib esa SI nomi ostidagi loyihasini tasdiqladi. Bu tasdiqqa ko‘ra SI tizimi 6 ta asosiy (uzunlik, massa, vaqt, harorat, tok kuchi, yorug‘lik kuchi) va ikkita qo‘shimcha (yassi burchak va fazoviy burchak) kattalikni va ularga muofiq ravishda oltita asosiy (metr, kilogramm, soniya, Kelvin, Amper, Kandela) va ikkita qo‘shimcha (radian va steradian) birliklarni qabul qildi.

1964 yilda esa O‘TXQ xalqaro hay'atni o‘rnini bosuvchi yangi ichki struktura - Konsultativ qo‘mitalarni ta'sis etdi. Konsulatativ qo‘mitalar o‘zining 1967, 1969, 1971 va 1974 yillardagi bo‘lib o‘tgan tizimli yig‘ilishlarida Xalqaro Birliklar Tizimiga tegishli qator masalalar bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqdi va O‘TXKning XIII, XIV va XV konferensiyalariga tasdiqlash uchun kiritdi.

1971-yilning oktaybr oyida bo‘lib o‘tgan XIV o‘lchov va Tarozilar Bosh Konferensiaysi molekulyar fizika, kimyo, kmyoviy texnologiyalar hamda termodinamika sohalarida keng tarqalgan modda miqdori birligi - Molni va uning hosilaviy birliklarini SI ning 7-asosiy birligi sifatida rasman qabul qildi. Shuningdek bu konferensiyaning qarorlariga ko‘ra bosim birligi uchun nyuton taqsim metr kvadrat (Nm2) o‘rniga yangi, maxsus nom - Paskal va elektr o'tkazuvchanlik uchun minus birinchi darajali Om (Om–1) o‘rniga yangi, maxsus nom Simens tasdiqlandi.

1983 yilgi XVII Bosh Konferensiyada metr uchun avvalgi Kripton-86 atomining ionlanuvchi nurlanishiga asoslangan ta'rifi bekor qilinib, o‘rniga aniq fizik doimiy deb qabul qilingan kattalik - yorug‘lik tezligi asosidagi yangi ta'rifi qabul qilindi.

XX-asrning 80 - yillariga kelib SI xalqaro miqiyosda turli davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan asosiy tizim sifatida birin ketin rasman qabul qilina boshladi. Jumladan, 1974-yilga kelib, Avstriya, Bolgariya, har ikkala Germaniya, Italiya, Kanada, Sobiq Ittifoq, Fransiya, Chexoslovkiya, Shvetsiya va boshqalar ixtiyoriy yoki majburiy ko‘rinishlarda o‘zlarida joriy etdilar. Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO) SI ni o‘zining asosiy foydalanish hujjati sifatida MS ISO?31 asosida rasman qabul qildi. Xalqaro Metrlogiya Qonunchiligi Tashkiloti o‘z tarkibidagi a'zo davlatlarga SI ni qonuniy tartibda joriy qilish va nazorat - o‘lchov asboblarini ham SI asosida sozlash bo‘yicha tavsiyalar berdi. BMTning fan, ta'lim va madaniyat ishlari bo‘yicha xalqaro tashkiloti - YUNESKO barcha a'zo mamlakatlarni Xalqaro Birliklar Tizimini qabul qilishga chaqirdi.

1975-yilda butun jahon bo‘ylab Metr Konvensiyasining qabul qilinganliginin 100 yillik tantanalari keng nishonlandi. Shu munosabat bilan O‘TXQ tomonidan zarb qilingan yubiley esdalik medallarining bir tarafida xalqaro birliklar tizimi ramzi - SI hamda uning 7 asosiy birliklari nomma nom keltirib o‘tilgan. Va Metrning Kripton-86 atomi asosidagi qabul qilingan o‘sha vaqt uchun yangi ta'rifi ifodalangan edi.

Yangilаndi: 26.08.2019 14:06  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma'lumotli matematikman, menga ozimga mos ish bering...

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shugullan!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11558033

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)