Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

MTS tizimi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 0
Juda yomon!A'lo! 

MTS tizimi

MKKGS ning asosiy birliklari kundalik turmushda birmuncha qulay bo‘lishiga qaramay u faqat mexanika sohasi uchungina tadbiq qilinar edi. Lekin XIX - XX asrlar chegarasida dunyo bo‘ylab avj olgan ulkan miqiyosdagi qurilishlar, osmono‘par binolar va inshootlar, xalqaro savdo va ishlab chiqarish hajmlarining keskin ortishi natijasida, yanada kattaroq o‘lchamlarda ish yuritishga to‘g‘ri kela boshladi. MTS tizimi aynan shu zaruriyat yuzasidan dunyoga keldi. MTS - Metr-Tonna-Soniya asosiga qurilgan tizim bo‘lib, anglaganingizdek, bunda massa birligi sifatida - tonna ko‘rsatilmoqda.

MTS tizimini hosilaviy birliklariga misol qilib, zichlik birligi - tonna/m3; kuch birligi - sten (sn); bosim birligi - peza (pz); va ish birligi - kilojoul (kj) ni keltirish mumkin.

Tonnaga asoslanganligi uchun bu tizimda 1 massasi tonna jismga yo‘nalish bo‘yicha 1 sm/soniya2 tezlanish beradigan kuchga teng. bi birlikni sten deb atashdi. Sten SI da esa, tushunarliki, 1000 N gat eng bo‘ladi. MTS da quvvatni soniyasiga-sten metrlarda o‘lchashgan. Bu ham SI dagi 1 kilovattga to'g'ri keladi.

 

Kattalik

Birlik

Belgilanishi

SI dagi qiymati

Massa

Tonna

t

103 kg

Zichlik

Tonna taqsim metr kub

t/m3

103 kg/m3

Kuch

Sten

Sn

103 N

Kuch momenti

Sten-metr

Sn?m

103 N?m

Bosim

Peza

Pz

103 Pa

Ish va Energiya

Sten-metr (kilojoul)

Sn·m (kJ)

103 Joul

Quvvat

Sten-metr /soniya

(Sn·m) / soniya

103 Vatt

Dinamik

qovushqoqlik

Peza-soniya

pz?soniya

103 Pa·soniya

XX-asr boshida MTS ixtiyoriy tizim sifarida ko‘pgina davlatlarda qo‘llanila boshlandi. Lekin, 1918 yili Fransiya hukumatining maxsus qarori bilan, muhandislik hisob - kitoblari uchun majburiy ravishda joriy etildi. o‘xshash qaror 1927 yilda sobiq ittifoq va boshqa bir necha davlatlarda ham kuchga kirdi.

Metrologlarning e'tirofiga ko‘ra, MTS, muhandislik o‘lchov ishlari uchun, ayniqsa, mashinasozlik, elektrotexnik hisoblashlarda sezilarli noqulayliklar tug‘dirar edi. Detallarning og‘irligini tonnaning ulishlarida ifodalash yoki old koefitsientlar ishlatish bu tizimning keng tarqalishiga jiddi to‘sqinlik qildi. Tonna - amaliy optimumdan yiroq bo‘lgan noqulay birlik bo‘lib chiqdi. Shunga qaramay, MTS tizimi hozirda ham Avstriya va Shveytsariyadagi davlatlarida muhandislik amaliyoti va hujjatlarida hozirda ham nisbatan keng foydalanilmoqda.

Yangilаndi: 18.02.2019 11:55  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Massaning saqlanish qonuni



Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)