Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Gippokrat

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 15
Juda yomon!A'lo! 

Gippokrat

(taxminan, eramizdan avvalgi. 460 - 370 yillar)

Gippokrat

Oz professional kasb yolini boshlashdan avval har bir hakim avvalo Gippokratni albatta yodga olib otadi. U diplom olish chogida uning nomi bilan ataluvchi qasamyodni qabul qiladi. Gippokratdan bir necha yillar keyinroq yashagan boshqa bir yunon hakimi - Galendan tashqari hech kim qadimgi Yevropa tibbiyotining oyoqqa turishiga bunchalik katta ta'sir korsatgan emas.

Gippokrat milodgacha bolgan 460 yilda Yunonistonning Ioniyalik Doriylari tomonidan tashkil qilingan koloniyasi - Kos orolida tavallud topdi. Afsonaga kora Gippokrat, tibbiyot ma'budi Asklepiyning avlodidan bolgan emish. Asklepiy avlodlarida tib ilmi avloddan avlodga, ustozdan shogirdga muntazam orgatilib borilgan va oziga xos Asklepiychilar uyushmasi shakllangan. Koplab oz zamonasining yetuk tibbiyotchi va dorishunoslari mazkur uyushma atrofida birlashganlar. Shu tarzda Gippokratning ogillari hamda kop sondagi shogirdlari ham yetuk hakimlar bolib yetishishgan va Gippokratning tibbiy amaliy va ilmiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etuvchi kashfiyot va ishlarida doimiy yordamchi bolib xizmat qilishgan.

Asklepiychilar uyushmasi, uni shuningdek Kos maktabi ham deb atashadi, osha zamonlarning barcha uyushma va tashkilotlari singari oz faoliyatida asosan diniy tushuncha va qadriyatlarga tayanib ish olib borgan. Masalan ularda, organuvchi shogird - talabalarning ustoz va uning boshqa hamkasblari, hamda ozi bilan birgalikda ta'lim olayotgan birodarlariga sodiqlikka qasam ichish, har qanday vaziyatda ham rost gapirish, haqiqatni izlash uchun hech narsadan chegaralanmaslik va jiddiy ilmiy faoliyat bilan sidqidildan shugullanish kabi axloqiy me'yorlarga qat'iy amal qilishni talab etgan.

Gippokrat dastlabki tibbiy bilimlarni oz otasidan, hakim - Erkalikdan olgan. Otasining oroldagi hamkasblari ham Gippokratga kop narsani orgatishgan. Keyinchalik esa, oz bilimlarini yanada oshirish va mukammallashtirish uchun turli mamlakatlarga safarlar qilgan va mahalliy hakimlarning amaliyoti bilan tanishib chiqqan.

Gippokratning shaxsiy hayoti haqida tarixiy ma'lumotlar juda kam. Uning tarjimai holiga oid hikoya va rivoyatlar mavjud bolib, lekin ular asosan afsona xususiyatida namoyon boladi. Xuddi Gomer kabi Gippokrat ismi ham buyuk hakimning asl ismi bolmay balki, turli ism va taxalluslardan yigma nom ekan. yaqin yillardagi ilmiy faktlarga asoslanadigan bolsak, Gippokrat qalamiga mansub deb qaraladigan yetmishga yaqin asarlarning aksariyati, uning ogillari Fessal va Drakon yoki, kuyovi - Polibga tegishli ekan. Galen Gippokratning ozi yozgan asarlarini 11 ta, Galler 18 ta deb e'tirof etsa, Kovner esa Gippokrat kodeksidagi faqat 8 ta asar Gippokratning ilmiy ishi, qolganlari esa unga boglab chop etilgan boshqa mualliflarga tegishli deb ta'kidlaydi.

Bular: risolalar - Shamollar haqida, Havo, suvlar va joylar haqida, Egilish, Ogir xastaliklarda parhez haqida, kitoblar - Epidemiya, Aforizmlar, (dastlabki tort bobi), hamda, jarrohlikka oid manbalar - Bogimlar haqida va Sinishlar haqida asarlaridir. Mazkur asarlar Gippokrat kodeksning shedevrlari hisoblanadi.

Gippokratning asosiy ilmiy ishlar qatoriga yana falsafiy, axloqiy - tarbiyaviy va etnik yonalishlardagi quyidagi asarlarni qoshish zarur: Qasamyod, Qonun, Hakim haqida, Yaxshi xulq atvor haqida, Tarbiya. Bu asarlar orqali Gippokrat ilmiy tibbiyottni ilmiy insonparvarlik goyalari bilan sugorib, tibbiyot etiketining asosiy tamoyillarini belgilab bergan.

Gippokratgacha bolgan davrlarda odamlar kasalliklarni yovuz ruhlar yoki, sehr - jodular orqali keladi deb tasavvur qilishardi. Shu tufayli Gippokratning kasallik sabablarini aniqlashga nisbatan yondoshuvi oz davri uchun mutlaqo yangilik bolgan. Ya'ni u, kasalliklarni odamlarga ma'budlar yoki boshqa gayritabiiy kuchlar yuborishmasligini balki, ular butunlay tabiiy sabablarga yuzaga kelishini ilmiy asoslashga birinchilardan bolib urinish boshladi. Gippokratning eng buyuk xizmatlari ham aynan shunda bolib, u tibbiyotni mavhum tushunchalarga asoslangan empirizmdan ajratib korsatib, tib ilmini haqiqatga zid bolgan uydirma falsafiy nazariyalardan tozaladi. Tibbiyot va falsafa fanlariga ikki bir-biriga uzviy bogliq sohalar sifatida yondoshuvchi Gippokrat, ularning ikkalasini ham ma'lum chegaralar belgilagan holatda, ammo mohirona uygunlik bilan tadqiq va tahlil eta olgan. Barcha ilmiy va adabiy asarlarida Gippokratning xulosalar chiqarish va kuzatuvchanlikning dohiyona namunalarini korish mumkin. Uning mantiqiy fikrlari shu darajada mukammal xulosalanadiki, barcha keltirilgan mulohazalar uchun qat'iy tekshirilgan dalillar va isbotlar ilova qilib boriladi. Gippokratning tajriba va kuzatuvlarga asoslangan holatdagi, kasallikni kechishi, bosqichlari va davo usullarining samaradorligi boyicha erishgan yutuqlari uning oz zamonasidayoq katta obro va shuhratga erishishiga sabab bolgan. Gippokratning davomchilari, uning ishlarini va ilmiy faoliyatini davom ettiruvchi Kos maktabini tashkil qilishgan va bu tib ilmi maktabi uzoq yillar davomida yirik tibbiyot dorilfununi sifatida faoliyat yuritgan. Aynan osha Kos tibbiyot maktabining ilmiyi faoliyati, hozirgi zamon tibbiyotining yonalishini belgilab bergan degan fikrlar ham mavjud.

Gippokrat asarlari kasalliklarning tashqi ta'sirlar - atmosfera, fasl, shamol, suv, va ularning natijasi - korsatilgan ta'sirlar oqibatida odam tanasidagi fiziologik ozgarishlarni kuzatishlarning mufassal bayonlarini keltiradi. Bu asarlarda turli mamlakatlarning iqlimiy sharoitlari haqida ham ma'lumotlar keltirilib, mazkur mamlakat, orol yoki muayyan joyning meteorolgik shart - sharoitlaridan kelib chiqib, kasalliklarning qanday rivojlanishi mumkinligi haqida fikr yuritiladi. Umuman olganda Gippokrat kasalliklarni sabablariga kora ikki toifaga tasniflaydi: Iqlim, tuproq, va irsiy omillar tufayli paydo boladigan Umumiy kasalliklar hamda, odamning yoshi, ovqatlanishi, yashash va mehnat sharoitlaridan kelib chiquvchi Shaxsiy sabablar. Mazkur omillarning odam tanasiga me'yoriy ta'siri, undagi suyuqliklarning togri taqsimlanishi va harakati jarayonlarini belgilaydi va bu uning uchun soglomlik hisoblanadi.

Gippokrat asarlarida voqe'likning mohiyatini anglashga bolgan chanqoq intilish diqqatga sazovor. Hakim eng avvalo bemor ahvoliga teran nigoh bilan nazar tashlaydi. Tashxis va davolashning barcha natijalarini muttasil qayd qilib boradi. Yetti jilddan iborat Epidemiyalar asarida hakim, shundoqqina bemor huzuridan yozib borilgan qaydlarni mufassal sharhlari va ilovalari bilan bayon qilgan. Mazkur asarda, bemorni davolash jarayonida kuzatilgan ozgarishlar, davo vositalarining ta'sirlari haqidagi tajribalar tizimlashmagan ma'lumotlar shaklida keltiriladi. Shuningdek bu asarda, matn mazmuniga muvofiq kelmaydigan, butunlay boshqa mulohazalar ham uchraydiki, xuddi muallif aqliga kelib qolgan fikr va mulohazalarni yol - yolakay va darhol yozib olgandek taassurot uygotadi.

Masalan, shunday sinchkov mulohazalardan biri, bemorni qanday korikdan otkazish haqida borib, unda hakim bunday yozadi: Bemor tanasini korikdan otkazish - yaxlit jarayon: u bilim, tinglay olish, hid bilish, sezgirlik, til bilish va mulohaza qila olish qobiliyatlarini talab qiladi. Ushbu matn davomida esa: tashxis qoyilishi lozim bolgan kasalliklarga taalluqli omillardan, odamlarning umumiy tabiati va har qanday odamning oz tabiati, bemorning kasalligi, unga nima tegishli bolsa tegishlilardan, shunga binoanki, ulardan qaysi biridan bemorga yengillik yoki qiyinchilik yetishidan; bundan tashqari osmon hodisalarining umumiy va xususiy holatlaridan, har xil mamlakatlardan, odatlaridan, ovqatlanish tarzidan, hayot turidan, har bir bemorning yoshidan, va nutqidan, xulqi, sukuti, fikrlari, tushlari, uyqusi, uyqusizligi, tushlarining qanaqaligi va qachon korishi, qichishishi, koz yoshlari, kasallikning tutilib - tutilib kechish, siydik, safro, qayt qilishi kabilardan qaraladi. Shuningdek, kasalliklardagi ozgarishlarga ham qarash kerak: qandaylaridan qaysilari yuz beryapti, olimga olib boruvchilari, yoki, majruhlikka olib boruvchilari, keyin esa - terlashni, qaltirashni, sovuqqotish, yotalish, chuchkirish, hiqichoq, nafas olish, esnash, kekirish, tovushli yoki sassiz yel, qon chiqishi, gemorroylarni ham tekshirish. Ushbu barcha belgilardan kelib chiqib, hamda, ular nima orqali paydo bolayotganini aniqlab, - korik va tekshiruv olib borish kerak.

Shunisi e'tiborga molikki, hakim, tashxis qoyish va davolashning katta kolamiga, bemorning nafaqat joriy kasalligini, balki, undan avvalgi yuz bergan betobliklarini va ulardan qolgan asoratlarni ham hisobga olgan holatda yondoshdi. U bemor ham boshqa barcha odamlardek oddiy odam ekanligini, uni anglash uchun boshqalarni ham anglash lozimligini unutmaslik kerak deb ta'kidlaydi. Uning uchun hattoki bemorning sukuti ham korsatma bolib xizmat qilishi kerak deb hisoblaydi.

U kasalliklarni doimiy kuzatib borib, uni aniq bosqichlarga ajratish kerakligini ham ta'kidlaydi. Ayniqsa, tutqanoq kelishi davri, isitmali, otkirlashish (yoki keskinlashish) davrlarini hamda bemorning tushkunlikka tushish holatini ajratadi, shuningdek, uning ta'limotiga kora, organizm birikmagan, hazm bolmagan suyuqliklardan qutulib, kasallikning sinishi paytini mavjudligini ta'kidlaydi.

Bogimlar haqida va Sinishlar haqida asarlarida, jarrohlik amaliyotlari va operatsiyalar haqida tafsilotlar bilan, mukammal bayon qilinadi. Gippokrat qolyozmalaridan shu narsa ma'lum boladiki, jarrohlik qadim davrlardayoq yuqori sifat va darajada bajarilgan; bizning davrimiz tibbiyotida ham qollaniladigan turli jarrohlik asboblari hamda boglov vositalaridan foydalanilgan. Ogir xastaliklarda parhez haqida asarida Gippokrat kasallik shakli - otkir, mavsumiy, jarrohlikka oidligiga qarab turlicha parhez usullarida ovqatlanish zarurligini uqtiradi va bu bilan hakim, ratsional dietologiyaga asos soladi.

Gippokrat hayotligidayoq shon sharafga burkandi. Undan bir avlod keyingi davrda yashagan Ptolomey oz suhbatlarining birida, Gippokrat va uning Kos tibbiyot maktabini boshqa san'at turlari bilan tenglashtirib, uni oz davrining eng buyuk haykaltaroshlarining eng buyuk asarlari Argos Polikleti va Afina Fideyasi bilan taqqoslaydi.

Gippokrat eramizdan avvalgi 370 yilda Fessaliyaning Lariss shahrida vafot etgan

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 24.09.2018 08:35  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:

Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Fizika o'qituvchisi bolalarga savol beryapti:

-1 kg temir og'irmi, yoki, 1 kg paxtami?

Bir olg'ir so'zamol bola javob qaytradi:

-Domla oyoqqa tushib ketsami, yoki, tarozida tortib ko'rsami?

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 784
O'qilgan sahifalar soni : 3672723

Tafakkur durdonalari

Dunyoda ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay! (Imom Buxoriy)