Quyosh atmosferasi
Quyosh atmosferasi (quyoshning korinadigan qatlamlari) - bir necha ustma ust qatlamdan iborat. Ulardan eng ichkaridagisi va eng qisqa qalinlikdagisi - Fotosfera bolib, u quyosh atmosferasining korinish spektridagi yagona qatlamidir. Fotosfera qatlami yuqori va quyi chegarasi masofasi 300 kilometr bolib, takrorlanuvchi rangdor quyosh doglaridan iborat bolib korinadi. Bu doglarning paydo bolishini, Quyoshning ichki qatlamlarida sodir boladigan konveksiya hodisasi bilan boglanadi.
Fotosferadan keying qatlam - Xromosfera deb nomlanadi. Xromosferani Quyoshning toliq tutilishlari vaqtida toq rangli xalqani orab turgan och pushti rangda kuzatish mumkin. Fotosferadan farqli ravishda, Xromosfera bir jinsli bolmagan tarkibi bilan diqqatni jalb etadi. Tarkibning bir jinsli emasligining ikki hil korinishi mavjud: Yorqin va Qoramtir. Bularning har ikkalasi ham, yaqqol ajralib korinadigan rangdor doglar shaklida korinadi. Bu doglarning olchamlari Fotosfera doglaridan bir necha barobar katta. Xromosfera xalqasining chetki qismlarida ota yuqori zichlikda otilib chiqayotgan gazlarning yonishidan hosil boluvchi olov tillari - Xromosfera spikulalarini kuztish mumkin.
Quyosh atmosferasining eng chetki va eng siyrak qatlami - Quyosh toji hisoblanadi. Uni Quyoshning toliq tutilishi vaqtida, yoki, maxsus asbob - Koronograf bilan kuzatish imkoniyati mavjud. Quyosh tojida harorat million darajagacha yetadi va uning tashqi chetlari Quyoshning oz radiusidan bir necha on barobar uzoqlikkacha yetishi mumkin.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|
Bildirilgan fikrlar
Bunday ma'lumotlarda har hillik bo'lishi tabiiy. chunki, odatda bunday o'lchovlar bilvosita olinadi va uning natijalari, o'lchash usuli hamda vositasiga chambarchas bog'liq bo'ladi. Qolaversa, hali hech kim Quyosh yaqiniga borib, uning sferalarini o'lchab ko'rolmasa kerak...
Mulohazalar uchun RSS tasmasi