Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Litosfera

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 24
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Litosfera
Yerning turli chuqurlik intervallaridagi zichligi.
Yerning ichki qatlamlarida erkin tushish tezlanishi.
Yerning turli chuqurliklaridagi bosim
Yerning ichki qatlamlaridagi harorat.
Yer qobig�ida kimyoviy elementlarning tarqalishi.
Hamma sahifa

Litosfera

Yerning ichki tuzilishi

Yer nazariy - farzaiy jihatdan uch asosiy qismga bo'lib o'rganiladi: Qobiq, Mantiya va Yadro.

Yer qobig'i qalinligi, okean chuqurliklariga nisbatan, 5-10 kilometr, tekisliklarda esa, 35 - 45 km, tog'li hududlardan esa 70 kilometr va undan yuqori masofada o'zgaradi. Umuman olganda esa, yer qobig'ini o'rtacha 33 kilometr qalinlikdagi bir jinsli qatlam sifatida, shartli ravishda tasavvur qilinadi. Qobiqdagi tog' jinslari harorati o'rtacha har 33 metrda 1 °C ga ko'tariladi.

 

Qobiq qatlamida bir birini almashtirib takrorlanuvchi (qum, tuproq, gil, ohaktosh kabi) cho'kindi jinslar qavati hamda, granit va bazaltdan iborat magmatik qavatlar mavjud. Cho'kindi jinslar asosan organik moddalarning yig'indisidan iborat bo'lib, ularning ko'pchiligi foydali qazilmalar sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Cho'kindi jinslar qavatidan keyin granit qatlami mavjud bo'lib, u yer qobig'ida magmaning yuqori bosim va haroratda otilib chiqishi va sovub, qattiq holatga o'tishi tufayli vujudga kelgan. Granitdan keyin bazalt qatlami mavjud bo'lib, u granitdan ko'ra og'irriq va unda temir, kaltsiy va magniy moddalari ko'proq.

Qobiqdan keyin, 33-29000 kilometr chuqurlik intervallarida Mantiya joylashgan. Mantiya Temir, Magniy va Qo'rg'oshindan ekanligi va o'rtacha harorati 2000 °C atrofidaligi taxmin qilinadi. Yer qobig'i va mantiyasining yuqori qismi o'zaro birgalikda yer litosferasini tashkil qiladi. Litosfera bir necha ulkan litosferik plitalardan iborat bo'lib ular doimo bir biriga nisbatan harakatda bo'ladi. Aynan shu litosferik plitalar chegaralari bo'ylab zilzilalarning nisbatan ko'p o'choqlari paydo bo'ladi. Mantiya va qobiq chegarasi - "Moxrovich yuzasi" deb ataladi va unda seyesmik to'lqinlar tarqalish tezligi keskin sakrashlar bilan kuchayadi. Materiklardan 120-150 km, okeanlardan esa 60 - 400 km chuqurlikda "Atenosfera" deb nomlanuvchi qatlam joylashgan bo'lib, bu qatlamdagi moddalar erish haroratiga yaqin va juda ham past qovushqoqlik xususiyatida ekanligini, va bu qatlam o'zidan yuqorida joylashgan litosfera qatlamlarini o'z sirti bo'ylab sirpangan singari harakatga keltirishini soha mutaxassislari taxmin qiladilar.

Yerning markaziy qismini esa, 29000-6371 kilometrlik qatlamda yer Yadrosi joylashgan. Yadro ham o'z navbatida ikki qismdan iborat deb taxmin qilinadi: Birinchi, tashqi qismi 2900 - 5000 kilometr qalinlikda bo'lib, uning suyuq holda, ya'ni, erigan temir va uning aralashmaliridan iborat ekanligi, va ikkinchi - ichki yadro 5000 - 6731 kilometr qatlamda bo'lib, qattiq qatlam deb faraz qilinadi. Yer yadrosining tuzilishi va fizik xususiyatlari hali to'liq o'rganib chiqilmagan.



Yerning turli chuqurlik intervallaridagi zichligi.

Yerning zichligi, uning turli chuqurliklarida o'zgaruvchan bo'lib, qobiq va mantiya, mantiya va yadro chegaralarida birdaniga, keskin o'zgaradi. Jadvalda yerning ichki qatlamlari zichliklarining taxminiy qiymatlari keltirilgan.

 

Qatlam

Chuqurlik intervallari, km

Zichlik intervallari, kg/m3

Yer qobig'i

0 - 33

2700 - 3000

Mantiya

33- 2900

3300 - 5600

Tashqi yadro

2900 - 5000

10600 - 11500

Ichki yadro

5000 - 6371

11500 - 12500

 


Yerning ichki qatlamlarida erkin tushish tezlanishi.

 

Chuqurlik,

km

Erkin tushush tezlanishi, metr/soniya

Chuqurlik,

km

Erkin tushush tezlanishi, metr/soniya

Chuqurlik,

km

Erkin tushush tezlanishi, metr/soniya

0

9.81

800

9.84

3500

9.15

10

9.82

1000

9.90

4000

8.02

33

9.83

1500

9.85

4500

6.90

100

9.86

2000

9.86

5000

6.00

200

9.89

2500

10.05

5500

4.10

300

9.92

2900

10.40

6000

1.70

400

9.94

3000

10.20

6371

0

600

9.95

 

 


 

Yerning turli chuqurliklaridagi bosim.

Chuqurlik,

km

Bosim

Chuqurlik,

km

Bosim

GPa

106 kgk/sm2

GPa

106 kgk/sm2

0

0

0

2900

136

1.36

10

0.

0.003

3000

140

1.4

33

0.9

0.009

4500

280

2.8

100

3

0.03

5000

320

3.2

600

20

0.2

5500

350

3.5

1000

40

0.4

6000

360

3.6

2000

90

0.9

6371

370

3.7

 


 

Yerning ichki qatlamlaridagi harorat.

Yer ichidagi harorat qanday marom va qonuniyatla bo'yicha taqsimlanishi hali fanga to'liq ma'lum emas. Shu sababli, jadvaldagi ma'lumotlar, ilmiy farazlar asosidagi taxminiy qiymatlar bo'lib, Yerning yuza qatlamlari uchun ma'lumotlar aniqroq hisoblanadi. Yuza qatlamlar uchun harorat gradienti, ya'ni, chuqurlik ortishi bilan haroratning ko'tarilishini ifodalovchi kattalik, 20 K/km (yoki, 20 °C/km) ga teng.

 

Chuqurlik,

km

Harorat,

K

Chuqurlik,

km

Harorat,

K

Chuqurlik,

km

Harorat,

K

0

287

800

2800

3500

5000

10

460

1000

3000

4000

5500

33

700

1500

3500

4500

5800

100

1200

2000

3800

5000

6000

200

1700

2500

4100

5500

6200

300

2000

2900

4300

6000

6300

400

2200

3000

4500

6371

6400

600

2500

 

 


 

Yer qobig'ida kimyoviy elementlarning tarqalishi.

Kimyoviy element

%

Kimyoviy element

%

Kislorod

49.5

Xrom

0.02

Kremniy

25.3

Vanadiy

0.015

Alyuminiy

7.5

Azot

0.01

Temir

5.08

Mis

0.01

Kaltsiy

3.39

Nikel

0.008

Natriy

2.63

Rux

0.005

Kaliy

2.40

Qalay

0.004

Magniy

1.93

Kobalt

0.003

Vodorod

0.97

Qo'rg'oshin

0.0016

Titan

0.62

Mishyak

0.0005

Uglerod

0.1

Bor

0.0003

Marganets

0.09

Uran

0.0003

Fosfor

0.08

Brom

0.00016

Ftor

0.065

Yod

0.00003

Oltingugurt

0.05

Kumush

0.00001

Bariy

0.05

Simob

0.000007

Xlor

0.045

Oltin

0.0000005

Stronsiy

0.04

Platina

0.0000005

Rubidiy

0.031

Radiy

0.0000000001

Sirkoniy

0.02

 


izni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 23.01.2025 14:25  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyogar ota o'z oshnalariga maqtanmoqda:

-Kecha meni o'g'lim tili chiqib, birinchi so'zini gapirdi!

-Nima dedi? Dadami, oyimi?

-Izopropiloftormetilfosfonat...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 883
O'qilgan sahifalar soni : 12166800

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)