Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Fizika Harorat shkalalari haqida

Harorat shkalalari haqida

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 5
Juda yomon!A'lo! 

Termometrik moddaga bogliq bolmagan harorat shkalasi Termodinamik harorat shkalasi (bazan uni Mutloq harorat shkalasi yoki Kelvin shkalasi deb ham atashadi). Bu shkala ingliz fizigi U. Tomson (Lord Kelvin) tomonidan XIX asr ortalarida fanga

tavsiya etilgan. Kelvin termodinamik harorat shkalasi bitta asosiy tayanch nuqtaga suvning qattiq, suyuq va gaz fazalaridagi holatlarining termodinamik mutanosiblashgan nuqtasi suvning uchlanma nuqtasiga asoslanadi. Termodinamik harorat T belgisi bilan ifodalanadi. Termodinamik harorat birligi Kelvin, K belgisi bilan ifodalanadi. Suvning uchlanma nuqtasining termodinamik harorati 273.16 K ga teng. 1 kelvin esa, suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 qismiga teng. Suvning uchlanma nuqtasi termodinamik harorati maxsus laboratoriyalarda, bug, muz va suyuq holatdagi suvni germetik ampulada termodinamik mutanosiblash yordamida amaliy tajribalarda aniqlanadi.

Termodinamik harorat Seltsiy graduslarida ham ifodalanishi mumkin. Bu holda uni t belgisi bilan ifodalanadi va t=T-T0 tenglama bilan aniqlanadi. Bu tenglamada T0=273.15 K

Selsiy harorat shkalasi gradusi - C, Kelvin gradusiga teng.

Termodinamik harorat shkalasini amalda qollash kopincha noqulayliklar va hisob-kitoblarda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Shu sababli, termodinamik harorat shkalasini fan-texnika, va boshqa sohalarda amaliy qollashni soddalashtirish uchun, OTXQ ning 1968 yilgi, XIV bosh assambleyasida Xalqaro amaliy termodinamik harorat shkalasi - T68 qabul qilingan. Birinchi navbatda bu termodinamik harorat shkalasining qiymati 273.15 (273.16 emasligi) ekanligi bilan bolsa, qolaversa T68 ni aniqlashda, faqat suvning uchlanma nuqtasidan emas, balki yana 11 ta asosiy va 27 ta qoshimcha tayanch nuqtalari suvning qaynash harorati, qalay va ruxning qotish harorati va ho kazolar inobatga olingan. Xalqaro amaliy termodinamik harorat shkalasi va Kelvin termodinamik harorat shkalasi deyarli bir qiymatni ifodalagani uchun, ular amalda bir xilda T belgisi bilan ifodalanadi, faqat Xalqaro amaliy termodinamik harorat shkalasini aniq tariflash yoki unga urgu berish zarur bolgan hollardagina unga 68 indeksi bilan T68 korinishida ifodalanadi.

Amalda eng keng qollaniladigan Selsiy shkalasi esa suvning muzlashi - 0 C va qaynashi 100 C graduslarga tayanch nuqtalari sifatida belgilanadi va oraliq interval 100 gradus ulushlarga bolib belgilanadi. Selsiy harorat shkalasi t bilan belgilanadi va Selsiy gradusi odatda C bilan ifodalanadi.

Ushbu harorat shkalasini 1742 yilda shved olimi Andres Seltsiy fanga tavsiya qilgan. Dastlab u suvning qaynash haroratini 0C va muzlashini 100 C deb belgilagan. Ammo bunday shkala birmuncha noqulayliklar paydo qilgani bois, keyinchalik astronom M. Shtremer va botanik Karl Linneylar tomonidan uni hozirgi holatga keltirilgan.

Yana bir harorat shkalasi Farengeyt shkalasi ham amalda qollanishi boyicha AQSH, Birma, Liberiya va yana bir necha davlatlarda asosiy harorat shkalasi sifatida saqlanib kelmoqda. Bu shkalani 1715 yilda nemis fizigi D. Farengeyt simobli termometrga kora tavsiya etgan va u 0 uchun qor va nashatirning aralashmasi harorati, 96 uchun odam tanasining meyoriy haroratini asosiy tayanch nuqta deb belgilab olgan. Farangeyt gradusi - F bilan ifodalanadi, va suvning muzlash va qaynash haroratlari intervalining 1/180 qismiga teng. Bu shkalaga kora, 0C=320F, 100C= 212F. Farengeyt shkalasidan Seltsiy shkalasiga ogirish quyidagi formula yordamida amalga oshiriladi:

t=5/9 (F-32)

Bu yerda t selsiy shkalasi boyicha harorat, F esa farengeyt shkalasi boyicha harorat.

Farengeyt shkalasi nisbatan muqim ornashgan AQSHning ozida ham, shkaladagi nochiziqlik (intervallar orasi qiymatlari teng emas) keltirib chiqargan noqulayliklar sababli kop hollarda Rankin shkalasidan foydalanishadi. Ushbu shkalani Shotlandiyalik muhandis va fizik U.Rankin (1820-1872) fanga tadbiq etgan bolib, bu Selsiy va Kelvin graduslari ortasidagi munosabatning, Farengeyt Kelvin shkalalari orasidagi nisbatga muofiqlashtirilganini koramiz. Bunda ham Rankin gradusi, farnegeyt gradusiga teng, lekin hisob boshi mutloq nol haroratdan boshlanadi. Rankin shkalasining quyi chegarasi bi mutloq nol harorat, muzning erish harorati esa, 491.67 Ra , qaynash harorat harorati esa 671.67 67 Ra ga teng. Rankin shkalasidagi qiymatlarni Selsiy shkalasida ifodalash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:

t=(5F/9)-273.15

Agar Rankin gardusidan Kelvinga aylantirish zarur bolsa, Rankindagi qiymatning 5/9 qismini hisoblab chiqarish kifoya qiladi. Yani, K=5/9Ra

Yana bir harorat shkalasi farang olimi Reomyur tomonidan 1730 yilda ishlab chiqilgan Reomyur shkalasi bolib, u 5:1 nisbatdagi spirt va sivning aralashmasining muzlash va qaynash intervalida 1000:1080 nisbatda kengayishini aniqladi va bu hodisaga moslab spirtli termometr ixtiro qildi. Uning shkalasida ham xuddi Selsiy shkalasidek, suvning muzlash harorat hisob boshi va u 0R ga teng. Qaynash harorati esa, yuqoridagi proportsiyaga asoslanib 80R ga tenglashtirilgan. Agar Reomyur shkalasidagi harorat korsatkichini Selsuyga otkazish zarur bolsa, qiymatni chorakka kopaytirish (tC=1.25R), aksincha, Selsiydagi qiymatni Reomyurga otkazish kerak bolsa, uning 0.8 (tR=0.8C) qismini hisoblash zarur. Shuni takidlash kerakki, Reomyur shkalasi va gradusi hozirgi kunda amalda deyarli qollanilmaydi.

Bazi moddalar uchun uchlamna nuqta qiymatlari.

Modda

Uchlanma nuqta harorati

Toyingan bugning uchlanma nuqtadagi bosimi

K

C

Pa

mm Hg ustuni

amt

Azot

63.15

-210.00

12532

94

0.124

Ammiak

195.42

-77.73

6080

45.6

0.60

Atsetilen

192.4

-81.0

128250

962

1.27

Atseton

178.9

-94.3

2.1

0.017

2.210-6

Suv[1]

273.16

0.01

610

4.58

6.0210-3

Vodorod

13.95

-259.20

7200

54

0.07

Kislorod

54.352

-218.798

146.7

1.1

1.510-3

Kripton

115.77

-157.38

73060

548

0.72

Metan

90.66

-182.49

11666

87.5

0.115

Neon

24.54

-248.61

43300

324.8

0.43

Uglerod oksidi (II)

68.09

-205.06

15370

115.3

0.152

Uglerod oksidi (IV)

216.60

-56.60

51104

3880

5.11

Xlor

172.16

-100.99

1467

11

1.510-2

Ftor

53.48

-219.67

253

1.9

2.510-3

Etil efiri

152.9

-110.3

0.83

6.510-3

8.510-6


[1] Suvning uchlanma nuqtasi - suvning qattiq, suyuq va gaz fazalaridagi holatlarining termodinamik mutanosiblashgan nuqtasi termodinamik haroratning asosiy tayanch nuqtasi bolib, uning qiymati 273.16 K ga (aniq) teng. Suvning uchlanma nuqtasi germetik idishdagi muz ustidagi suv va uning ham ustidagi suv buglari yordamnida aniqlanadi. Suvning uchlanma nuqtasi harorati idishdagi muz, suv va suv bugining massa ulushlari miqdorlariga bogliq bolmaydi. Suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratini uzoq vaqt saqlash va uni ota yuqori aniqlikda qaytadan keltirib chiqarish mumkin. Bu keltirib chiqarishdagi xatolik 10-4 dan 10-2 atrofida boladi. Harorat shkalalarining boshqa hech qaysi tayanch nuqtasi bunda yaxshi keltirib chiqarish sifatiga ega emas. Yani, suvning muzlashi haroratining olchashdagi xatolik 0.0002-0.0001 C ni, suvning qaynashini olchashdagi xatolik esa, 0.002-0.01 C ni, suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratini olchashdagi xatolik esa 0.0001C ni tashlik qiladi.

Yangilаndi: 08.06.2013 18:47  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so'rayapti (ko'chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo'ladi?

-eni va bo'yini ko'paytirasiz, ya'ni, S=ab...


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 875
O'qilgan sahifalar soni : 7882737

Tafakkur durdonalari

Ilm-Fan Taraqqiyotni yetaklovchi kuchdir!