Butun dunyoda ilm-fan, texnika va ta'lim yo'nalishlarida, mahsulot va hizmatlarning parametrlarini ifodalash uchun qabul qilinga Xalqaro Birliklar Tizimi - SI (System Internationale) o'z ichiga quyidagi jadvalda keltirilgan 7 asosiy birlikni qamrab oladi. SI bo'yicha qabul qilingan amaldagi boshqa barcha birliklardan keltirib chiqariladigan ushbu 7 birliklarning hosilaviy birliklardir. Jadvalda birliklarning ifodaviy belgilanishi, xalqaro qabul qilingan ta'rifi, va qabul qilingan sanasi keltirilgan.
№ |
B I R L I K L A R |
Qabul qilingan vaqti |
||||
Kattalik Nomi |
Birlik nomi |
Belgilanishi |
Ta'rifi |
|||
O‘zbekcha |
Xalqaro |
|||||
A S O S I Y B I R L I K L A R |
||||||
1 |
Uzunlik |
Metr |
m |
m |
Metr - c yorug‘likning vakuumda tarqalishining 1/299792458 soniya vaqt oralig‘ida bosib o‘tgan masofa qismiga teng |
|
2 |
Massa |
Kilogram |
kg |
kg |
Kilogram - Kilogramm bu – atom soatidagi seziy-133 atomlari bilan bir xil chastotada ossilyatsiyalanuvchi 1,4755214∙10⁴⁰ dona fotonlarning energiyasiga teng. |
2018-yil, O‘TXQ ning XXVI-konferensiyasi. |
3 |
Vaqt |
Soniya (sekund) |
s |
s |
Soniya - Seziy 133 atomi asosiy holatining ikkita o‘ta nozik sathlari orasidagi bir biriga o‘tishiga muofiq keladigan nurlanishning 9192631770 davriga teng |
1967-yil, O‘TXQ ning XIII-konferensiyasi. |
4 |
Tok kuchi |
Amper |
A |
A |
Amper - vakuumda bir biridan 1 metr masofada joylashgan ikkita parallel o‘tkazgichdan o‘tganda, o‘tkazgichning har bir 1 metr uzunligida 2·10-7 Nyuton o‘zaro ta'sir kuchi hosil qiladigan o‘zgarmas tok kuchidir. |
1946-yil, O‘TXQ ning IX-konferensiyasi. |
5 |
Termodinamik harorat |
Kelvin |
K |
K |
Kelvin - suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 ulushiga teng. |
1967-yil, O‘TXQ ning XIII-konferensiyasi. |
6 |
Modda miqdori |
Mol |
mol |
mol |
Mol - massasi 0.0012 kg bo‘lgan 12C uglerodda qancha atom bo‘lsa, o‘z tarkibida shuncha struktur element tutgan sistemaning modda miqdoridir. Molni tadbiq etishda struktur elementlarni o‘ziga xoslashtirish kerak. Bu o‘ziga xoslashtirish atom, molekula, ion, elektron va shunga o‘xshash zarrachalar yoki, zarrachalar guruhi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. |
1971-yil, O‘TXQ ning XIV-konferensiyasi. |
7 |
Yorug‘lik kuchi |
Kandela |
kd |
cd |
Kandela - berilgan yo‘nalishda chastotasi 540·1012 gerts bo‘lgan monoxromatik nurlanish taratuvchi manbaning yorug‘lik kuchiga teng, bu nurlanishning energetik yorug‘lik kuchi shu yo‘nalishda 1/683 Vt/sr ni tashkil etadi |
1979-yil, O‘TXQ ning XVI-konferensiyasi.
|
O‘TXQ - O‘lchov va tarozilar xalqaro qo‘mitasi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/
Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz
< avvаlgi | kеyingi > |
---|