«Olam tuzilishi». Galiley Rimdan qaytgach, nihoyat, Kopernik sistemasini tasdiqlaydigan hamma dalillar haqida kitob yozishga qaror qildi. Bu kitob haqida
1597-yili Keplerga xat yozganida o‘ylagan edi, uni «Yulduzlar axboroti»ga kiritmoqchi edi, bunday kitobning yaratilishini u Florensiyaga kelishdagi asosiy ish deb bilardi. Galiley 60 yoshga kirdi, sog‘ligi ham yaxshi emas. Rimga qilingan safar to‘la muvaffaqiyatli bo‘lmadi, ammo yaxshilanish paytini ham kutish kerak emas. «Qutqaruvchi dekret»dan so‘ng ma’lum bo‘lishicha, hozirgi kunda ham Rimdagi «boshliq shaxslar» o‘z fikrlarini qat’iy ushlab turgan ekanlar, geliosentrik sistemani ochiq quvvatlanishi haqida o‘ylash ham mumkin emas, ammo Galiley ayyorlikka o‘rganmagan edi.
Hatto diniy munozaralarda ham qatnashuvchilardan biriga bid’at nuqtai nazarni yaxshiroq fosh etish uchun uni «shartli» himoya qilishga ruxsat etiladi.
Kopernik sistemasi dinga qarshi deb e’lon qilinmadi, hatto Bellarmino u haqida matematik sistema sifatida «faraziy» gapirishga ruxsat berardi. Galiley badiiy usul o‘ylab topadi. Uchta hamsuhbat Salviati, Sagredo va Simplichio — Sagredoning saroyiga to‘planishib, olti kun mobaynida har ikkala sistemani «qiziqish» bilan muhokama qilishadi. Birinchi ikki qahramon Galileyning vafot etgan do‘stlarining ismi, uchinchisi esa Aristotel va Ptolomey tarafdorlarining (yasama) nomi bilan atalgan.
Galiley kitob ustida besh yildan ziyod qattiq ishladi; u shubhasiz buni hayotidagi eng asosiy asar deb biladi. 1630 yili olti kundan to‘rttasi tugadi: birinchi kuni Yer harakatining prinspial mumkinligi muhokama qilinadi, ikkinchi kuni uning sutkalik harakati, uchinchi kuni yillik harakati va nihoyat, to‘rtinchi kuni Galileyning eng sevgan kashfiyoti dengiz suvining ko‘tarilishi va pasayishi muhokama qilinadi. U to‘rt kun bilan kifoyalanishga qaror qiladi, kitobni esa «Dengiz suvining ko‘tarilishi va pasayishi haqida munozara» deb ataydi. 1630-yilning bahorida Galiley qo‘lyozmani Rimga olib boradi.
Shuni aytish kerakki, Galiley yozgan kitobni hozirgi terminologiyada ilmiy-ommabop kitoblar qatoriga kiritish lozim. Galiley ataylab uni faqat olimlarga emas, keng ommaga yo‘llaydi; u Kopernik foydasiga rad etib bo‘lmaydigan dalillar mavjudligiga hamma ishonishini istaydi. Galiley qisman shu tufayli, qisman o‘zining ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha sistemani astronomik kuzatishlarning sonli ma’lumotlari bilan bog‘lamay, deyarli aniq sifatli hodisalar bilan ish ko‘radi. Unda sayyoralar markazida Quyosh turgan aylanalarda tekis harakatlanadi, buni astronomik kuzatishning hech qanday ma’lumotlari bilan mos keltirishning imkoniyati yo‘q. Bu sohada Galiley Keplerdan ancha orqada va Kopernikni qiziqtirgan masalani muhokama qilishdan o‘zini tortadi. Ehtimol, hisoblash astronomiyasi Galileyiing kuchli tomoni emasdir.
Galiley qabul qilish uchun papadan ruxsat oladi va obro‘ e’tiborli kardinallar bilan uchrashadi. Urban VIII ta’qiqlangan tizim foydasiga shartli dalillar bo‘lgan kitobga qarshilik qilmaydi, ammo o‘quvchiga ikkala tizimdan birini tanlab olish taklif etilgandek ta’sir hosil bo‘lib qolmasin deb uqtiradi. Kitob Quyoshning harakati va Yerning harakatlanmasligi haqidagi cherkov bergan tasdiqning qat’iy ekani haqida ikki xil fikrga ega bo‘lmasligi lozim. Bundan tashqari, papa «Dengiz suvining ko‘tarilishi va pasayishi haqida munozara» degan nomni ham yaroqsiz deb topdi. Galiley hali yozilmagan so‘z boshi va xulosada istaklarni bajarishga va’da beradi. Qo‘lyozma unga baho berish uchun Muqaddas saroy Magistri (bosh senzurachi, Mostro ota nomi bilan Mashhur bo‘lgan) Nikkolo Rikkardiga topshirildi. Mostro ota kuttiradigan taktika qo‘lladi, u Galileydan farqli ravishda shoshmaydi.
Keyingi hodisalar detektiv tarixni eslatadi, unda Galiley va uning tarafdorlari kitob bosilib chiqishi uchun ajoyib kashfiyotchilik ko‘rsatishadi. Dastlabki ruxsatni olish uchun papaning sobiq kotibi Champoli o‘z martabasini ham xavfda qoldirib, aldash yo‘liga kiradi. Kitobni Rimda nashr etish mo‘ljallangan edi. Katta ayyorlik ko‘rsatib, Galileyning sog‘ligi yomonligini, Italiyada o‘lat kasali tarqalganligini vaj qilib, uni Florensiyada chop etishdi.
1632-yil 22-fevralda gersog Ferdinando sovg‘a tarzida unga bag‘ishlangan to‘rt kun davomida Olamning ikki asosiy sistemasi — Ptolomey va Kopernik sistemalari haqida muhokama yuritilgan, har ikkala tomondan ham qat’iy bo‘lmagan falsafiy va fizik dalillar tavsiya qilingan «Lincheo Akademigi Piza universiteti Ekstraordinar Matematigi va Muqaddas Toskaniya Buyuk Gersogining Bosh Faylasufi va Matematigi Galileo Galileyning Dialogi» degan kitobning birinchi nusxasini oladi. «Aqlli o‘quvchi»ga qaratilgan so‘z boshida muallif Kopernik sistemasi foydasiga keltirilgan dalillarning sabablarini tushuntiradi. U Yerning harakati haqidagi pifagorchilarning fikrini o‘z vaqtida taqiqlash uchun xavfli tortishuvlarni to‘xtatish uchun chiqarilgan «qutqaruvchi dekretni» eslaydi.
Galileyni «bu dekret masalani yaxshi o‘rganmasdan, qiziqqonlik ostida, masalani yaxshi tushunmaydiganlar tomondan chiqarilgan» degan mish-mish tarqalgani «hayajonlantiradi». Tavsiya etilayotgan kitob ana shu mish-mishlarni rad etishi lozim edi. U «boshqa mamlakat halqlariga umuman Italiyada, va ayniqsa Rimda ham bu masala bo‘yicha xorijiy mamlakatlarining ilmiy xodimlaridan kam narsa bilmasligini...» ko‘rsatishni istaydi va Kopernik sistemasiga taalluqli o‘zining barcha kuzatishlarini jamlab, bu bilan tanishishdan oldin Rim senzurasining qarori chiqqanini va senzuradan faqat jon saqlash uchun umidlar emas, balki aqlni qanoatlantiruvchi juda o‘tkir aqlli kashfiyotlar ham chiqishini bayon etadi». Nihoyat, «agar biz Yer harakatlanmaydi desak va qarama-qarshi fikrni matematik paradoks deb qabul qilsak, u holda bizning ishonchimizning asosi boshqa kishilar fikrini bilmaslikdan iborat bo‘lmasdan, boshqa mulohaza va maqomlar — to‘g‘rilik, din, xudoning qudratiga ishonish va inson ongining mukammal emasligini tan olishdan iborat bo‘ladi: Nima qilibdi, Rimda maqsadning muvofiqligi ko‘rinishi kerak edi: dekret o‘ylab chiqarilmaganligi haqidagi gaplarni kesib tashlash, «boshqa ellar xalqini» o‘z holiga qo‘yish. Aytgandek, bugun ba’zi ifodalashlar xuddi ikkiyoqlamadek tuyuladi. Ehtimol, ular «boshliq shaxslar»dan kimgadir ham shunday ko‘ringandir. Har holda «Dialog»ning nusxalari Rimga kelgach, momaqaldiroq gumburladi.
< avvаlgi | kеyingi > |
---|