O‘zgarishlarni kutib. Galiley Rimni tark etadi, u «qutqaruvchi dekret»ga itoat etadi. Biroq uning bo‘ysinishi haddan ziyoda namoyishkorona emasmi? Masalan, u o‘zining «Dengiz suvining ko‘tarilishi va pasayishi» nomli ilmiy ishini Avstriyaning Ers-gersogi, Toskaniya gersoginyasining akasi Leopoldga yuborib bunday yozadi: «hozir juda yuqori bilimdon boshliq shaxslarning qarorlariga quloq solib va ishonib, mening past aqlim o‘z-o‘zidan ularnikiga yetmasligini bilib, Sizga yuborilayotgan asosi Yerning harakati, ya’ni Yer harakatining isboti uchun men keltirgan fizik dalillardan biri bo‘lgan bu asarni qarayman. Takroran aytamanki, men buni shoirona mubolag‘a yoki tushda ko‘rilgan deb qarayman...». Bu odam hech qachon Yerning harakati haqida gapirmasligiga ishonish qiyin. Bu mavzuga qaytish uchun Galileyga yangi dalillar emas, turmush tarzini o‘zgartirish lozim edi. U o‘zgarishlarni kutdi. Papa Pavel V vafot etdi, yangi papa Grigoriy XV ning ta’sirli kotibi Galileyni yoqtiruvchi Champoli bo‘ldi. 1621 yili qo‘rqinchli kardinal Bellarmino ham hayotni tark etdi, 1623 yili esa kardinal Matteo Barberini Urban VIII ismi bilan papa bo‘ldi, u bilimli, ilmning himoyachisi edi, u Galiley bilan faxrlanishini berkitmas edi.
Bu davrda Galiley sezilarli darajada faollashdi. 1623 yili Rim kasaba yig‘ini astronomi Gratsiga javoban uning kometalarga bag‘ishlagan «Probir torozi» nomli kitobi chiqdi. Bu yerda ham Yerning harakati haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘z bormaydi. 1624 yili yozilgan ikkinchi kitobi «Ingoliga maktub» to‘g‘ridan-to‘g‘ri shu masalaga aloqador. Kitob Kopernik sistemasiga qarshi yo‘naltirilgan. Yuqori ma’lumotli klerk-ruhoniy Franchesko Ingolining 1616 yili chiqqan asariga javob edi. Qizig‘i shundaki, Galiley javobni 8 yildan so‘ng berdi. Hajmi kichik «Maktub»da yorqin va botirlarcha yozilgan sahifalar ko‘p. Bu kitobda kemada kema harakatini sezib bo‘lmaydigan holatning — inersiya qonunining shoirona tasviri; quyosh bilan taqqoslanuvchi harakatsiz Yulduzlar haqidagi muhokamasi Koinot o‘lchamlari muammosi erkin muhokama qilinadi.
Olam o‘lchamlariga kelganda, bunda harakatsiz Yulduzlarning «sakkizinchi osmoni» bilan chegaralangan olamga ishora ham yo‘q. Galiley chekli yoki cheksiz Olam haqidagi gipotezalarni tanlab olishga imkoniyat beradigan dalil ko‘rmayotganini aniq tushuntiradi, biroq inson uning faqat kichik bir qismini ko‘ra olishligiga ishonadi»... chegarasini bizning hislarimiz o‘rnatadigan, bizning olamimizga nisbatan chuvalchang olamidek butun Olamga ko‘ra juda kichik ko‘rinadigan olam haqidagi fikrdan ham jirkanmayman». Olamning cheksizligini Galiley juda ham botirlarcha faraz qiladi! Buyuk fantaziyachi Kepler («Yulduzlar axboroti bilan suhbat» asarida) quyosh tizimiga o‘xshash cheksiz olamlar mavjud deb faraz qilib, o‘zini qanchalik noqulay sezganini eslash mumkin: «...men o‘zimni Bruno cheksiz olami zindonidagi kishanga mubtalo qilgan bo‘lar edim, hatto ana shu cheksizlikka haydalar edim».
«Ingoliga maktub» 1624 yilning kuzida yozilgan edi, 1625 yilning bahorida esa Galiley yana Rimga safar qildi. Uning maqsadi yangi papa bilan aloqa bog‘lash, ahvol qanchalik yaxshilanganligini aniqlashdan iborat edi. Galiley papa bilan olti marta suhbatlashdi, Barberinining ko‘p sonli oilasi uni hurmat qilishdi, bir necha kardinallar bilan, jumladan, nemis kardinali Sollern bilan ham yaxshi aloqa o‘rnatdi. Shaxsan Galileyga bo‘lgan munosabat yaxshi bo‘lishi mumkin emas edi, ammo asosiy maqsad tasdiqlanmadi: Urban VIII Quyoshning harakati va Yerning harakatsizligi haqidagi «qutqaruvchi dekret»ning tasdiqini qattiq turib ma’qulladi. Galiley bu masalaning muhokamasida papa bilan to‘g‘ri tilda gaplashayotganini sezdi.
Galiley dengiz suvining ko‘tarilishi va pasayishini Yer harakatlanadi deb faraz qilmasdan tushuntirish mumkin emas, deb tasdiqlaydi, unga javoban esa papadan «insonlar uchun tushunarsiz bo‘lgan narsalar xudo uchun tushunarli» degan tushuntirish oladi. Bunday dalillar bilan tortishi, ayniqsa cherkov amaldorlari bilan qiyin! Galiley qaytib ketadi, uning orqasidan Toskaniya gersogi Ferdinandoga (Kozimo Yaqinda vafot etgan edi) Florensiyalik olimning tashrifidan qoniqish haqida, olim haqidagi eng yaxshi maqtovlar bilan papaning maktubi jo‘natiladi.
< avvаlgi | kеyingi > |
---|