Buyuk kashfiyotlar yili. Yupiter yo‘ldoshlarining kashfiyoti bilan boshlangan 1610 yil Galiley - astronom uchun haddan ziyod baxtli yil edi; o‘zining deyarli hamma mashhur astronomik kuzatishlarini Galiley xuddi Shu yili o‘tkazdi. Galiley 25 iyulda «ertalab Sharqda Yupiterni o‘z yo‘ldoshlari bilan» kuzatdi. Shundan so‘ng, u «yanada haddan tashqari ajoyibot» topdi. U o‘z kashfiyoti haqida Florensiyaga xabar qiladi va uni nashr etguncha sir tutish lozimligini so‘raydi. «Saturining Yulduzi faqat bitta emas, u uchtadan iborat, ular bir-biriga tegib turgandek, ammo o‘zaro harakatlanmaydi, joy ham almashtirmaydi..., bunda o‘rtadagisi ikki yonidagidan taxminan uch marta katta». Galiley Keplerga shifrlangan anagramma tarzidagi ushbu jumlani yuboradi: «Eng buyuk sayyorani uch marta kuzatdim». Keyinroq Galiley Shunday yozadi: «Men Yupiterdan butun bir hovli, qariya («Saturn») da esa ikkita xizmatkor topdim, ular qariyani himoya qiladi va hech qachon uning yonidan uzoqlashib ketmaydi».
Galiley o‘z sirini besh oy ochmadi. Kepler va Rudolf II jumboqni bilishga shoshilar, turli xil farazlar qilishardi: «Sening yangi kashfiyoting nimadan iborat ekanini iloji boricha tezroq aytib bizning bilishga bo‘lgan qiziqishimizni qanoatlantirsang. Sening muxolif bo‘ladi deb xavf qiladigan hech qanday odaming yo‘q». Galiley sirni fosh qildi va kuchsizroq truba orqali Saturn zaytun daraxtini eslatishini qo‘shib qo‘ydi. Shunday bo‘ldiki, Galileyning kashfiyoti birinchi marta (zaruriy izoh bilan) Kepler «Dioptrika» asarining so‘z boshida eslatiladi.
Ikki yildan so‘ng Saturn uch karrali bo‘lmay qoldi. Galiley bu hodisani Saturnning Quyosh atrofida aylanishi bilan bog‘ladi va yaqin vaqtida uni yana uchta yulduz ko‘rinishida ko‘rish mumkinligini aytdi. Galileyning oldindan aytgan voqeasi ro‘y berdi, ammo u Saturnning sirini fosh eta olmadi. Bu sir 1655 yili Gyuygens 92 marta kattalashtiruvchi teleskopidan Saturnga qaraganida ochildi: Saturn halqa bilan o‘ralgan bo‘lib, juda ham kattalashtira olmaydigan teleskopda u yonidagi yulduzlar kabi ko‘rinar ekan. Kuzatuvchi halqa tekisligida bo‘lganda ham u sezilmas ekan. Galiley ana Shu kam uchraydigan hodisani kuzatish baxtiga sazovor bo‘ldi. Teleskoplar kuchayib borishi jarayonida Saturnni kuzatish evolyutsiyasi mana Shunday ro‘y berdi: u zaytun halqa bilan o‘ralgan sharga aylandi. Gyuygens Saturnning eng katta yo‘ldoshi — Titanni kashf etdi.
Keplerga anagrammani topish uchun yuborilgan xatdan so‘ng boshqa sayyoralar haqidagi yangiliklar ham vujudga keldi. Galiley Venerani ertalabki yulduz va kechki yulduz chog‘ida ham anchadan buyon kuzatayotgan edi. Venera va Merkuriy Ptolomey tarafdorlarini ham Kopernik tarafdorlarini ham tashvishga solib kelardi. Ptolomey tarafdorlari ularning «sfera»lari qayerda joylashishini - Quyosh «sferasi»ning ichidami, yoki tashqarisida ekaniga kelisha olmasdi. Kopernik tarafdorlariga, agar bu sayyoralar qora jism bo‘lsa, u holda ular Quyosh va Yer orasida joylashganliklardan vaqt- vaqti bilan ularning to‘liq bo‘lmagan disklari (Oyning fazolariga o‘xshash hodisa) kuzatilishi aniq edi. Agar sayyoralarning o‘zi nur chiqaradi (Kepler Shunday deb o‘ylagan bo‘lsa kerak) yoki ular shaffof (bu ham muhokama qilingan) deyilsa, bu muammo bo‘lmaydi.
Balki teleskop oddiy ko‘z ko‘ra olmagan narsalarni ko‘rishga yordam berardi.
Kastelli 1610 yilning 5 dekabrida Galileyga yozgan xatida ana shu muammoni eslatdi; «Kopernikning Venera Quyosh atrofida aylanishi haqidagi ta’limoti (men bunga ishonaman) to‘g‘riligi sababli u ba’zan shoxli, ba’zan shoxsiz bo‘lib ko‘rinishiga zarurligi aniq, ammo undagi shox katta bo‘lmagani uchun va chiqariladigan nurlar bu farqlarni kuzatishga xalaqit bermaydi».
Galiley bunday eslatmaga muhtoj bo‘lmagan bo‘lsa kerak. 10 dekabrda u Pragaga Keplerga Toskaniya elchisi Juliano Medichidan Venera fazasini kashf etgani haqidagi shifrlangan ma’lumotni yo‘llovchi xat bilan berib yubordi; «Men Sizga o‘zimning yana bitta odatdan tashqari kuzatishim haqidagi shifrlangan xabarni yuborayotirman, bu astronomiyadagi muhim tortishuvlarni hal etadi va u Pifagor va Kopernik sistemalari foydasiga muhim dalilga ega». Kepler doim bo‘lganidek, jumboqning tezroq yechilishini istaydi: «Sen nemisdan chiqqan nemis bilan ish olib borayotganingni ko‘rmayapsanmi!»
Ammo Galiley birinchi bo‘lib o‘z sirini Klaviyga ochgan edi. Galiley o‘sha zahoti Klaviydan Rim kasaba yig‘ini astronomlari Yupiterning yo‘ldoshlarini va Saturnning uzunchoq shaklini kuzatishgani haqidagi xabarni oldi. Rim kasaba yig‘ini himoyasi Galileyning rejalarida muhim rol o‘ynar edi, Shu sababli u Klaviyni o‘zining yangi kashfiyoti bilan hayratga solishga oshiqardi. Galiley Venerani «kechki ko‘rinishdan» keyingi kuzatishini tavsiflaydi, uning shakli birdaniga Quyoshga qaragan tomondan o‘zgarib, u yarim doira shaklini olganligini so‘ngra «sezilarli darajada shoxli» bo‘lib qolgani haqida gapiradi. Venera tongi yulduz ko‘rinishida kuzatilganda qanday shakl olishi mumkinligini oldindan aytib beradi, xulosasi: «Mana Shunday, mening sinorim, Venera (Shubhasiz, Merkuriy ham) hamma sayyoralar eng katta aylanishining markazi bo‘lgan Quyosh atrofida aylanishiga hech qanday shubha yo‘q. Bundan tashqari, sayyoralar qora, quyosh yoritgandagina ular yarqiraydi, mening kuzatishlarimga ko‘ra bunday hodisa harakatsiz yulduzlarda sodir bo‘lmaydi». Galileyning fikrni qaysi tomonga burayotgani haqida Klaviyda shubha qolmasligi kerak edi! Galiley uchun uning buyuk kashfiyotlari yili ana Shunday yakunlandi.
Keyin ham Galiley astronomik kuzatishlarni to‘xtatmadi, ammo bular asosan 1610 yilgi kuzatishlarning davomi edi. U 1610 yilning yozida boshlangan Quyosh dog‘larini kuzatishni davom ettirdi va 1613 yili Quyoshning o‘z o‘qi atrofida aylanishini aniqladi, biz Saturn «dum»larining yo‘qolishini gapirgan edik. Hayotining oxirida, butunlay ko‘r bo‘lib qolishdan oldin Galileyning omadi keldi, u Oy libratsiya hodisasini ochdi (ana Shu sababli Oy sirtining yarmisidan ko‘prog‘ini kuzatish mumkin). Ammo endi Galiley teleskop va astronomik kuzatishlarni mukammallashtirishga hech qachon o‘shancha vaqt sarflay olmaydi. Endi u uchun hech qachon olamning sirlari shu buyuk yildagi singari ochilmadi! Galileyning yutuqlari Shunchalik buyuk ediki, kuzatish astronomiyasida uning kashfiyoti bilan taqqoslanadigan kashfiyot qilinguncha yarim asrcha vaqt o‘tdi (Gyuygens, Kassini) hozircha Galileyni boshqa muammo tashvishlantiradi, bu muammolarni hal qilish uchun u Rimga borishi zarur.
< avvаlgi | kеyingi > |
---|