Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar Galileo Galiey. Birnchi hikoya. - «Suhbatlar».

Galileo Galiey. Birnchi hikoya. - «Suhbatlar».

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 36
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
Galileo Galiey. Birnchi hikoya.
Muqaddima
Harakat sirlari.
Erkin tushish
Qiya tekislik bo‘yicha harakat.
Galiley va Kepler.
Yer m??anikasi va ?sm?n m??anikasi.
«Suhbatlar».
Matematik qo‘shimcha.
Hamma sahifa

 

 

«Suhbatlar». 1663-yili  inkvizatsiyaning  hukmi  va voz  kechishidan bir necha hafta o‘tgach,  Galiley  Sieniada  surgunda  yurib, o‘zining mexanika bo‘yicha ancha  avvalgi  natijalarini esladi va ularni  tezda  yozishga  ahd  qildi. U  majburiy yolg‘izlik, yomonlashib  borayotgan sog‘liq, ko‘rishining yomonlashib borishiga qaramay  Archetri  va Florensiyada ishni davom ettirdi. «Men indamayotgan bo‘lsam ham hayotimni bekorga o‘tkazayotganim yo‘q»,— deb yozadi Galiley. «Suhbatlar va mexanika hamda o‘rindagi harakatga  taalluqli  fanning  ikki  yangi sohasining  matematik isboti» kitobi 1636-yili  tugatilib,  juda  ehtiyotlik  bilan  chet elga yuboriladi, ( kitobga  inkvizatsiya  qanday  munosabatda  bo‘lishi  ma’lum  emas edi) va  u 1638-yil iyulda  Gollandiyada bosilib chiqdi. Ta’qib  qilinishiga sababchi  bo‘lgan  oldingi  kitob   singari  «Suhbatlar» ham dialog shaklida yozilgan,  suhbatni  olti  kun  davomida  o‘sha qahramonlar olib boradi: (muallifning nuqtai nazarini o‘tkazuvchi) Salviati, Sagredo (Aristotel tarafdori; uning nomi «soddadil» deb tarjima qilinadi) va Simplichio. Uchinchi va to‘rtinchi kunlari  ular  akademik  (Galiley)ning «O‘rindagi harakat haqida» risolasini  o‘qiydi  va muhokama qiladi. Aytgandek, kitobning nomida «mexanika» va «harakat» ajratilgan, chunki o‘sha  yillari  mexanikaga statika  bilan  materiallar qarshiligigina kiritilar edi. Muallif  tomonidan  tanlangan munozara  shakli  Galiley kashfiyotlariga   qanday erishgani  ko‘p narsa bilishga imkon beradi.

Qarib  qolgan Galiley o‘zining  ancha ilgari tashlab qo‘ygan  rejalarini amalga oshirishga intildi. Ammo uning  ko‘p  narsaga  kuchi  yetmas, yordamchilarga muhtoj edi. Galiley yoshligida kashf etgan mayatnik xossasi asosida o‘g‘li Vinchensoga soat  yasashni  buyurdi,  ammo  amalga  oshgan  niyatini  ko‘rish nasib etmadi. Inkvizatsiya Galileyning tashqi dunyo bilan bog‘lanishini chegaralaydi. Archetri villasida «Suhbatlar»ni tugatgach, villani Galiley o‘z qamoqxonasi  deb  ataydi,  kutilgan  mehmonlar  kela  boshlashdi.  Bular  eski do‘sti va  ishonchli o‘quvchisi Benedetto Kastelli, Kavaleri; Viviani va Torichelli anchadan buyon ustozini tark etmaydi. Ular Galileyning o‘z  ishlarini  tugatishiga yordamlashar  va  uning  tekshirishlarini  davom  ettirishar  edi.

Torichelli  burchak   ostida  yuqoriga otilgan jismning  tezlik  vektorini  tezliklarni qo‘shish yordamida hisobladi, tezlik urinma bo‘yicha yo‘nalganidan parabolaga  urinma o‘tkazishning  chiroyli  usulini topdi. Integral  va  differensial hisob davri keldi va matematikada egri chiziqlarga urinma o‘tkazish masalasi oldingi   planga  o‘tdi.  Ularni  o‘tkazishning to‘g‘ri usullari ishlab chiqildi. Ulardan biri kinematik usul  bo‘ldi,  bunda egri chiziq murakkab harakatning trayektoriyasi  sifatida  tasvirlanadi,  urinma  esa  Torichelli birinchi marta parabola uchun qilgan kabi  tezliklarni  qo‘shish  yordamida  topiladi.  Farang  matematigi  Jil  Pirson, ko‘proq  Roberval  nomi  bilan  mashhur,  bu  usul yordamida ajoyibotlar  yaratdi.  To‘g‘ri  harakatlarning  traektoriyalari  sifatida  hosil  qilingan «mexanik»  egri  chiziqlar  matematik  analizda  ishlatishga  mustahkam kirdi. Galiley o‘zini tabiatda real uchraydigan harakatlarni qarash bilan chegaralaganini eslash yetarli: «Albatta, o‘zingizga har qanday harakat turini tasavvur etish va u bilan bog‘liq bo‘lgan hodisalar (masalan, vint chiziqlarning xossalarini  aniqlash  yoki  konxoidani,  aslida  tabiatda uchramaydigan, ammo faraz qilingan sharoitga mos keluvchi, bir nechta harakatning natijasida hosil bo‘ladigan chiziq, deb tasavvur etish)ni o‘rganish butunlay mumkin, Shunga qaramay biz haqiqatan ham tabiatda uchraydigan hodisalarni qarashga ahd qildik...». Harakatga  umumiy  nuqtai  nazardan  qarash  foydasini  Nyuton ko‘rsatdi.

«Suhbatlar» mexanika rivojlanishini uzoq muddatga belgilab berdi. Ular Galileyning  buyuk  merosxo‘rlari Gyuygens va Nyutonning sevimli kitobi bo‘ldi. Agar ko‘ngilsiz voqea sodir bo‘lmasa, Galiley o‘zining buyuk kashfiyotlarini yozmaganda  mexanikaning  rivojlanishi qancha  vaqtga  kechikishini  ko‘z oldimizga keltirish qiyin.

 



Yangilаndi: 15.02.2019 10:19  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:
Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Agar yakuniy natija masalani yechish usuliga bog'liq bo'lmasa, u matematika, agar bog'liq bo'lsa u - buxgalteriya...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11840851

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis