Galiley va Kepler. Galileyning kashfiyotlari uning zamondoshlarini hayratga solishi lozim edi. Konus kesimlari (ellipslar, parabolalar, giperbolalar)—yunon geometriyasining eng yuqori cho‘qqisi—haqiqatga aloqasi bo‘lmagan matematik fantaziyaning mevasidek tuyular edi. Galiley parabola mutlaqo «yer» sharoitida bevosita hosil bo‘lishini ko‘rsatadi. (Yana XIX-asrda Laplas konus kesimlarining tadbiqini sof matematikaning kutilmagandagi tadbiqi sifatida keltirgan). Xuddi o‘sha yillari konus kesimlarining ancha qiziq holda butunlay boshqa masala orqali vujudga kelishi ajoyib. 1604-1605 yillari Iogann Kepler (1571-1630) Marsning ellips bo‘yicha harakatlanishi , uning fokusida esa Quyosh turishini kashf etdi (o‘n yildan so‘ng Kepler bu tasdiqni hamma sayyoralarga tadbiq etdi). Bu mos tushish muhim va bu ikki kashfiyot biz uchun yonma-yon turadi, ammo Nyutongacha ehtimol, bu natijalarni hech kim durustroq solishtirmagan. Bundan tashqari, Galiley Kepler qonunini tan olmagan, bir-biri bilan uzluksiz yozishib tursa-da, o‘zining kashfiyoti haqida Keplerga yozmagan (kashfiyot Kepler vafotidan keyin chop etilgan).
Galiley bilan Kepler uzoq vaqt o‘zaro yozishib turishgan. Kepler Galileyga ruhan eng yaqin olimlardan biri edi. Avvalo, eng muhimi Kepler Kopernik sistemasini so‘zsiz qabul qilgan edi. 1597-yildayoq Galiley («Olam tuzilishining siri» kitobini olishi munosabati bilan) Kopernik sistemasini yoqlovchi o‘zining qimmatli dalillarini nashr etish ishtiyoqida ekanligi to‘g‘risida Kepler bilan o‘rtoqlashadi. U «...men Shu vaqtgacha kam kishilar orasida o‘lmas Shuhratga erishgan, ammo ko‘pchilik uchun, ko‘pchiligi ahmoqlar uchun haqoratga va kulgiga loyiq bo‘lib ko‘ringan Kopernik taqdiriga uchrab qolishdan qo‘rib, ularni nashr etishga jazm eta olmasdim. Agar Sizga o‘xshash kishilar ko’proq bo‘lganida men o‘z mulohazalarim bilan chiqishga jazm etardim, hamon Shunday emas ekan, bu mavzuni qarashdan qocha qolaman»,— deb yozadi. Kepler javob tariqasida qizg‘in chaqiriq yuboradi: «Galiley ikkilanishni tashla va olg‘a chiq!». U birlashishni taklif etadi: «Agar men xato qilmasam Yevropa matematiklari orasida bizdan ajralib chiqmoqchi bo‘lganlari ko‘p emas».
Kitobni albatta, Italiyada nashr etish shart emas, uni Germaniyada chiqarsa ham bo‘laveradi. Uzoq Pragada muammo Italiyadagidek emas edi, u yerda oltinchi yil Jordano Bruno qamoqxonada o‘z taqdirini kutmoqda edi.
Kepler o‘z kashfiyotiga kelgan yo‘l juda ibratli. Kepler olim sifatida ikki qiyofaga ega edi. Bir tomondan u olam tuzilishining ulkan sirlarini bilishga harakat qiluvchi fantaziyachi edi. U o‘ziga ochilgan eng katta sir quyidagidan iborat ekaniga ishonar edi. Oltita sayyora mavjud, Shuning uchun beshta muntazam ko‘pyoqlik mavjud! «Bu kashfiyotdan hayratimni ifoda etish uchun hech qachon so‘z topa olmasam kerak». Kepler olti sferani to‘g‘ri muntazam ko‘pyoqlilar bilan aralashtirib, Shunday joylashtirdiki, unda har bir sferaga bitta ko‘pyoqli ichki, ikkinchisiga tashqi chizilgan. Sferalarga u ketma-ket sayyoralarni mos qo‘yadi. Ko‘pyoqlilar tartibida muhim sirli ma’no bor (kub Saturnga, tetraedr Yupiterga va hokazo javob beradi). Kepler sferalar radiuslarining nisbatini orbitalarning ma’lum nisbiy kattaliklari bilan solishtiradi va qizig‘i Shundaki, (Merkuriydan boshqasi uchun) unchalik katta farq hosil qilmaydi. «Olam tuzilishi sirlari» kitobida bosilgan bu mulohazalar ko‘pchilik tomonidan ma’qullab qabul qilinadi, Galileyning qarshiligiga ham uchramadi, «astronomlar shohi» Tixo Brage esa Keplerni hamkorlikka chaqirdi.
Bu taklifga Kepler ilmiy hayotining birinchisiga o‘xshash bo‘lmagan ikkinchi tomoni bog‘langan. U Tixo Bragening ko‘pgina kuzatuvlarini o‘ta puxtalik bilan qayta ishlab chiqdi. Teleskopdan foydalanilmagan kuzatishlar uchun bu aniqlik
(±25" bilan baholanar edi) darajasi juda yuqori edi. U Tixo Bragening kuzatishlaridan foydalanib, sayyoralar orbitasini qayta qarab chiqishi lozim. Ehtimol, Tixo Brage (Kepler uni «Astronomiyaning Qaqnus qushi» deb atagan) undan o‘zining kelishuvchan nazariyasini tasdiqlatib olmoqchi bo‘lgandir, bu nazariyaga ko‘ra Quyosh Yer atrofida, boshqa sayyoralar esa quyosh atrofida aylanadi. Ammo Kepler hisoblashni Kopernik sistemasi bo‘yicha o‘tkazdi.
Kopernik ham Ptolemeyga o‘xshab, sayyoralar orbitalarini doiralardan tuzganidan uning sistemasida ham episikllar saqlanib qoldi. Kepler sistemani soddalashtirmoqchi bo‘ladi (uning 1618-1621 yillarda chiqqan xulosaviy ishi «Kopernik astronomiyasini qisqartirish» deb ataladi). Qizig‘i Shundaki, Yerning orbitasi aylanadan deyarli farq qilmaydi, ammo Quyosh markazga nisbatan bir oz siljitilgan. Kopernik buning hammasini bilar edi, biroq Kepler siljish kattaligini aniqlashtiradi. U Yerning orbita bo‘ylab notekis harakatini diqqat bilan o‘rgandi va uzoq vaqt bu harakatdagi qonuniyatni qidirdi. U Quyoshgacha bo‘lgan masofaga bog‘liq bo‘lgan teskari proporsionallikni va boshqa imkoniyatlarni, to yuzlar qonuni (Keplerning 2- qonuni) ni topgunga qadar, sinab ko‘rdi. So‘ngra Kepler Marsning orbitasini hisoblaydi va uni to‘g‘ri egri chiziqlar bilan taqqoslaydi. U kuzatishlar natijalariga nihoyatda sergaklik va ishonch bildiradi. Bir marta Tixo Brage natijasiga nisbatan 8' farq (bunday farqni qurollanmagan ko‘z deyarli ilg‘amaydi) topib, o‘z gipotezasini rad etdi. «U nazariy, mantiqiy-matematik tuzilishlar, ular qanchalik ravshan bo‘lmasin o‘z holicha haqiqatning to‘g‘ri ekanligiga kafil bo‘la olmasligini, eng mantiqiy nazariyalar tabiiy fanlarda aniq tajriba bilan taqqoslanmasa mutlaqo ahamiyatsiz bo‘lishini yaqqol sezardi» (Eynshteyn). Kepler turli xil ovallarni olib ko‘rdi va nihoyat, fokusida Quyosh joylashgan, ellips yaroqli ekanini payqadi. «Men bizni o‘rab olgan qorong‘ulikni hamma joyini paypaslab nihoyat, haqiqatning yorug‘ nuriga chiqdim». Keplerning tutgan yo‘li haqiqatan ham Galileyning yo‘liga bir oz o‘xshaydi. Galiley ko‘proq umumiy tamoyillar va sifat natijalari bo‘yicha ish tutadi. Qarigan chog‘ida Galiley: «Men hamma Vaqt Keplerni erkin (hatto, juda erkin) va o‘tkir aqli uchun qadrlardim, ammo mening fikrlash usulim unikidan keskin farq qiladi. Bu bizning umumiy buyumlar haqidagi ishlarimizda ham uchraydi. Faqat osmon jismlari harakatida umumiy baholanishi bilan farq qiladigan ayrim hodisalarga nisbatan fikrlashlarda ba’zan biz yaqinlashganmiz, ammo buni mening fikrlarimning bir foizida ham topib bo‘lmaydi»,— deb eslaydi.
Galiley olamda tekis doiraviy harakat hukm suradi deb hisoblagan. U kuzatish va hisoblash astronomiyasi ma’lumotlarini e’tiborga olmay sayyoralarning elliptik orbitasiga ham, ularning orbita bo‘ylab qiladigan notekis harakatiga ham ishonmagan.
Kepler o‘zaro tortishish kuchiga e’tibor bergan, uni harakat bilan bog‘laganlar orasida birinchi edi: u hatto masofaga bog‘liq ravishda o‘zaro ta’sirning (1/r kabi, bu noto‘g‘ri) kamayishi to‘g‘risida gipoteza ham aytgan. Dengiz suvining ko‘tarilishi oyning tortishi natijasida vujudga keladi degan tushuntirishni qabul qildi. Bularning hammasi uzoq ta’sir etuvchi kuchlarni rad etuvchi, xususan, yerdagi hodisalarni osmon jismlari ta’siri yordamida tushuntirishga urinishni rad etuvchi Galiley uchun butunlay begona edi. Ayniqsa bu dengiz suvining ko‘tarilishiga tegishli edi, Galiley uni yerning harakati mavjudligining isboti deb hisoblar edi. Bu xildagi tushuntirishlarni Galiley odam hayotidagi voqealarni sayyoralarning ta’siri bilan tushuntiruvchi astronomiyaga o‘xshatadi. «Tabiatning bu ajoyib hodisasi haqida fikr yuritgan buyuk kishilar orasida meni boshqalardan ko‘ra ko‘proq Kepler hayratda qoldiradi. U erkin va o‘tkir zehnga va yerga taalluqli barcha harakatlar bilan yaxshi tanish bo‘la turib, Oyning suv ustidan muhim hokimligiga yo‘l qo‘ydi, bu qimmatbaho xususiyat va Shunday yengiltaklik». Kepler haq bo‘lib chiqdi, ammo real dalillar ancha keyin paydo bo‘ldi.
Keplerning o‘zaro ta’sir haqidagi mulohazalari ko‘p chalkashliklarga ega ekanini esda tutish lozim. Bir sohada u Galileydan anchagina qolib ketdi: u Aristotel kabi tezlik kuchga proporsional deb hisoblagan.
< avvаlgi | kеyingi > |
---|