Harakat sirlari.
Bizni o‘rab turuvchi borliqda sodir bo‘layotgan hodisalardan Galileyning eng ko‘p qiziqtirgani turli xil harakatlar edi. U o‘tmishda yashaganlar harakat haqida nima yozgan bo‘lsalar, zarrama -zarra to‘pladi, ammo afsuslanib Shunday deydi: «Tabiatda harakatdan qadimiyroq narsa yo‘q, ammo xuddi Shu yozilganlar juda kam ahamiyatga ega». Qiziquvchan yigitchada har bir qadamda savol tug‘iladi..,
«1583-yili chamasi yigirma yoshlik Galiley Pizada edi, u otasining maslahatiga ko‘ra falsafa va tibbiyotni o‘rganardi. Bir kuni u ibodatxonada bo‘lganida o‘ziga xos qiziquvchanlik va topqirlik bilan eng yuqoriga osilgan qandilning harakatini tekshirmoqchi bo‘ldi: uning katta, o‘rtacha va kichik yoylar bo‘yicha tebranishining davomiyligi bir xil emaslikni; chunki unga katta yoyni bosib o‘tish davomiyligi qandil Yuqoriroq va og‘ma qismlardagi katta tezlik hisobiga qisqara degandek tuyuldi. Qandil bir me’yorda harakatlanar ekan, o‘z pulsi hamda o‘ziga yaxshi tanish bo‘lgan musiqaning tempi yordamida, qandilning ilgarilanma va orqaga harakati qanday ro‘y berishini o‘zining o‘lchovi bo‘yicha xomaki hisobladi. Shunday hisoblashlar natijasida, vaqt bir xildek ko‘rindi, ammo u bu bilan qanoatlanmay uyga qaytgach, yanada to‘la qanoat hosil qilish uchun quyidagi ishni bajarishga jazm qildi. U ikkita qo‘rg‘oshin shar olib ularni erkin tebrana oladigan qilib bir xil uzunlikdagi ipga bog‘ladi... va ularni vertikaldan to‘g‘ri gradusga, masalan, bir sharni 30°, ikkinchisini 10° gradusga og‘ishtirib, ayni bir onda qo‘yib yubordi. O‘rtog‘i yordamida bir mayatnik katta yoy bo‘yicha necha marta tebransa, ikkinchisi kichik yoy bo‘yicha xuddi Shuncha marta tebranishini kuzatdi.
Bundan tashqari, u ikkita o‘xshash, ammo uzunliklari turlicha mayatnik yasadi. U kichik mayatnik katta yoy bo‘yicha qandaydir sonda, masalan, 300 marta tebransa, o‘sha vaqt ichida katta mayatnik o‘zining katta yoyi bo‘yicha ham hamma vaqt bir xil sonda, masalan, 40 marta tebranishini kuzatdi, u bu ishni bir necha marta takrorlab ayni bir mayatnikning u juda katta yoki juda kichik ekanidan qat’iy nazar tebranish davomiyligi butunlay bir xil va bunda aytarli farq yo‘q, degan xulosaga keldi. Farq bo‘lsa, u havo ta’siridan — havo sekin harakatlanayotgan jismga qaraganda og‘ir va tez harakatlanayotgan jismga ko‘proq qarshilik ko‘rsatadi.
U Shuningdek, sharlarning mutlaq va solishtirma og‘irliklaridagi farqlar ham sezilarli o‘zgarishga olib kelmaganini ko‘rdi. Hamma sharlar o‘z markazlaridan osiladigan nuqtagacha bir xil uzunlikdagi ipda bo‘lsa, har qanday yoy bo‘yicha o‘tish (vaqt)ning yetarlicha tengligini saqlar ekan; havodagi harakatiga qarshilik qilish oson bo‘ladigan juda yengil material tanlanmasa, bas! Juda yengil bo‘lsa, u tez to‘xtaydi».
Keltirilgan hikoya Vinchenso Viviani (1622—1703)ga tegishli, u 1639 yili o‘n yetti yoshida Galiley inkvizatsiya hukmidan so‘ng kelgan joy — Archetrining Florensiya yaqinidagi villasi edi. Ikki yildan keyin bu yerda Evanjelista Torichelli (1608—1647) ham paydo bo‘ldi. Ularning ikkalasi ham ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan olimga o‘z rejalarini poyoniga yetkazishda yordamlashdi; ularning o‘zlari ko‘pgina natijalar (barometrik mashhur tajribalar, sikloidani tadqiq qilishlar)ga Galiley ta’sirida erishishdi. Ayniqsa, Viviani Galileyga yaqin bo‘lgan, Galiley uzoq o‘tmishini xotirlab, u bilan turli mavzularda suhbatlashgan bo‘lishi ehtimol. So‘ngra Viviani o‘sha kunlarda eshitganlarini turli sabablarga ko‘ra hikoya qilib turgan. Bu hikoyalar juda ham ishonchli hisoblanmaydi, bunda noaniqlikning sababchisi kim ekani hamma vaqt ham aniq emas: hikoyachimi yoki tinglovchimi. O‘qituvchisining xotirasini abadiylashtirish — Viviani hayotining bosh maqsadi bo‘lgan.
Vivianining hikoyasiga qaytamiz. Unda gap mayatnikning izoxron xossasini kashf etish haqida boradi; belgilangan uzunlikda mayatnik tebranishlarining davri ularning amplitudasiga bog‘liq bo‘lmaydi. Galileyning vaqtni musiqa va puls yordamida (bu usulni birinchi marta Kardano ko‘rsatgan edi) aniqlashi diqqatga sazovor. Biz, katta aniqlikka ega soatlarga o‘rganib qolgan XXI asr odamlari, bu qiyinchiliklarni unutmasligimiz kerak. Aniq soatlar Galiley kashf etgan mayatnik xossasi asosida paydo bo‘la boshlagan. Aytgandek, Galiley o‘zining laboratoriyasida o‘tkazilgan tajribalarida, (bu haqida quyida gapiramiz), vaqtni o‘lchash uchun suvning sekin chiqayotgan oqimi (suv soati varianti) dan foydalangan.
Galiley mayatnikning uzunligi bilan uning tebranish chastotasi orasidagi bog‘lanishni topadi; tebranishlar davrlarining kvadratlari ular uzunliklari kabi nisbatda bo‘ladi. Viviani Galiley bu natijaga «geometriya va o‘zining harakat haqidagi yangi faniga amal qilib» erishdi deb yozadi, ammo bunday nazariy xulosa qanday bo‘lishini hech kim bilmaydi. Ehtimol, Galiley bu qonuniyatni tajribada ko‘rgandir. Galiley mayatnikning tebranishi og‘ish burchagi kichik bo‘lgandagina izoxron ekanini bilmagan bo‘lsa kerak. Katta burchaklarda davr og‘ish burchagiga bog‘liq bo‘la boshlaydi, masalan, 60° uchun davr kichik burchaklarning davridan ancha farq qiladi. Galiley buni Viviani bayon etgan tajribalardan bir nechtasini o‘tkazib sezishi mumkin edi. Matematik mayatnikning izoxronligi haqidagi Galiley tasdig‘ining kamchiligini keyinchalik Gollandiyada Xristian Gyuygens topdi.
Galileo otasining umid va xarajatlarini oqlashga urinsa-da, tibbiyot bilan Shug‘ullanish muvaffaqiyatli bormas edi. Baribir 1585 yili u vrachlik diplomini olmay Florensiyaga qaytib keladi. Florensiyada Galiley avval otasidan yashirincha, so‘ngra uning roziligi bilan matematika va fizika bilan Shug‘ullanishni davom ettiradi. Galileo olimlar bilan aloqa bog‘laydi, jumladan, markiz Gvido Ubaldo del Monte bilan tanishadi. Montening yordami tufayli Toskaniya gersogi Ferdinando Medichi 1589 yili Galileyni Piza universitetining matematika professori qilib tayinlaydi. Galiley 1592 yili Paduyada kelguncha Pizada bo‘ladi. Paduyada yashagan 18 yilini Galiley o‘z hayotining eng baxtli davri deb hisoblaydi. 1610 yildan umrining oxirigacha u «buyuk Toskaniya gersogining faylasufi va birinchi matematigi» bo‘ldi. Pizada ham, Paduyada ham harakatni o‘rganish Galileyning eng asosiy ishi bo‘ldi.
< avvаlgi | kеyingi > |
---|