Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar "Buyuk San'at" - ?otima.

"Buyuk San'at" - ?otima.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 16
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
"Buyuk San'at"
Stsipion del Ferro
Nikkolo Tartalya.
Jerolamo Kardano
Kardano va Tartalya.
Luidji Ferrari.
«Ulug‘ san’at».
Ferrari va Tartalya.
Qa?ramonlarning keyingi taqdiri
?otima.
Hamma sahifa

 

Xotima. Kardano-Tartalya muammosini uzoq vaqt unutib quyishdi. Kubik tenglamani yechish formulasi ma'lum vaqt del Ferro nomi bilan yursa-da va unshng muallif ekanini Kardanoning o‘zi tan olsa-da, ammo asta-sekin "Buyuk san'at" bilan bog‘lab uni Kardan o formulasi deb atay boshlashdi. Bunday nohaqlik_ birovning nomini tortib olish kam uchraydigan hol emas (masalan, Arximed aksiomasini eslaylik, axir uning kashf etilganiga Arximed da'vogarlik qilmagan).

Kubik tenglama formulasining muallifi muammosiga XIX-asrning boshida qaytishdi. Xafa bo‘lgan Tartalyaning borligi aniqlandi, bu vaqtda u butunlay unutilgan edi. Deyarli unutilgan tarix oshkor bo‘ldi va Tartalyaning sha'ni uchun mutaxassislargina emas, balki qiziquvchilar ham kurashishga tayyor edi. Ularni tarixning detektiv tomoni, ayniqsa o‘ziga tortar edi. Kardanoning va'dasi necha yil o‘z kuchini saqlashi kerak edi? Olti yilni etarli muddat desa bo‘ladimi? Nega Tartalya o‘z formulasini o‘n yil nashr etmadi? Shunisi ham borki, juda ko‘p marta bu mavzu bo‘yicha fikrlashish va ommabop adabiyotga bu mavzuning kiritilishi sababli tarix haddan tashqari soddalashtirilgan va Kardano ba'zan Tartalyaning kashfiyotini o‘g‘irlab, unga o‘z nomini bergan tavakkalchi muttahamga chiqarib yuborilgan edi. Biz tahlil qilganimizdek, ish aslida bir muncha murakkabroq va uni bunday tushuntirish hech bo‘lmaganda asl holatni buzishga olib keladi.

Vazifa hodisa qatnashchilari, albatta, haqiqatni aytmaganlari natijasida vujudga kelgan vaziyatda hodisaning haqiqiy ko‘rinishini tiklash istagidagina emas edi. Ko‘pchilik uchun Kardanonkng aybini aniqlash muhim edi. Bu masala hamma vaqt muhim bo‘lib kelgan - ilmiy kashfiyotning shaxsiylik xuquqi haqidagi masalaga kelib taqaladi. Hozirgi kun tajribasiga kelsak, olim huquqi bilan kashfiyotchi xuquqi orasidagi farq ko‘zga tashlanadi. Olim o‘zining nashr etilgan natijalaridan keyingi foydalanishlarni nazorat qila olmaydi, u faqat nomini eslashlariga da'vogarlik qila oladi, holos. Bu kashfiyotni maxfiylashtirishning sabablaridan biri. Chet mamlakatlarda o‘rta-asr va uyg‘onish davrida matematik natijalarni maxfiylashtirishga sabab ulardan musobaqada foydalanish edi.

XIX-asr oxirida munozaralarning bir qismi muhim tarixiy-matematik tekshirish xarakteriga ega bo‘lib qoldi. Ba'zi original materiallar ("Kartellar" va "Savollar") birinchi marta nashr etildi. Matematiklar Kardanoning ishlari XVI-asr fanida qanchalik katta rol o‘ynaganligini tushunishdi. Oldinroq Leybnitsning: "Kardano o‘zining barcha kamchiliklari bilan ham buyuk inson edi, bu kamchiliklarsiz u mukammal bo‘lardi",- deyishi ochiq-oydin bo‘lib qoldi.

Yirik matematika tarixchisi, ko‘p tomlik matematika tarixi muallifi Morits Kantor (1829-1920; uni to‘plamlar nazariyasi asoschisi Georg Kantor bi­lan adashtirmaslik kerak) Kardanoni uning insoniy sifatlarini yaxshiroq bo‘lishini istab ("daho, biroq xarakter emas") afsuslangan holda juda yuqori baholadi. Kantor Ferrari aytgan: "Tartalya, del Ferroning qoidasini qayta kashf qilmagan, balki uni ikkinchi qo‘ldan tayyor holda bilgan",- degan fikrini to‘g‘ri deb faraz qiladi. Kantor "Tartalyaning matematikaga oid deyarli ahamiyatga ega bo‘lgan ishi yo‘q edi, kubik tenglamalarga kelsak, nashr etilgan va qolgan qo‘lyozmalarda qoida hamda faktlardai boshka hech narsa yo‘q. Ular esa oldin nashr etilgan "Buyuk san'at" dan olingan bo‘lishi mumkin , faqat elementar izohlargina mavjud"-deydi, o‘z-o‘zidan ma'lumkn, bu isbot emas, bundan tashqari, Tartalyaning matematikadan boshqa soxalardagi xizmatlari shubhasizdir. Kantorga Tartalya va del Ferro yechimlarshshng suvning ikki tomchisidek bir-birpga juda o‘xshashligi sirli tuyuldi. Enestrem ismli boshqa olim Kantor fikriga e'tiroz bnldardi. U hatto bunday o‘xshashlik mumkin ekanini ko‘rsatuvchi tergov surishtiruvlariga o‘xshash tajriba ham o‘tkazdi. Bortoletti tushunarsiz joylarini oydinlashtirish maqsadida juda ko‘p ishlar qildi: u Tartalyaning mas'uliyatsizdek tuyulgan jumlalarini tasdiqlovchi fikrlarni keltirdi.

Bir yarim-asrdan buyon tortishuvlar ba'zan so‘nadi, ba'zan avj oladi. Ehtimol. bundan javob umuman bo‘lmasa-da odamlar o‘sha savolga bir xil javob olish ishtiyoqida yonadi. Kubik tenglamalarni yechish formulasiga esa abadiy "Kardano formulasi" nomi berildi.

Kardano o‘limidan to‘rt oy oldin o‘z tarjimai-holini yozib tugatdi. Uni umrining so‘nggi yillari ichida yozdi. Bv kitob Kardanoning og‘ir hayotining yakunlovchi xulosasi bulmog‘i lozim edi. U o‘limining yaqinlashayotganini o‘zi sezgan emish. Ba'zi ma'lumotlarga qaraganda uning tole'nomasi vafotini 75 yoshi bilan bog‘lar edi. U 1576-yiliing 21 sentyabrida tug‘ilgan kuniga ikki kun qolganda vafot etdi. Shunday ehtimol ham bor: u o‘z o‘limini kutib yoki o‘z tole'nomasini tasdiqlash uchun o‘z joniga kasd kilgan. har holda Kardano - astrolog tole'nomaga ishonar edi. o‘z kitobida u oldingi tole'noma­si uning o‘limini 44 yoshda ko‘rsatganini yozadi va uni o‘sha yoshda kutganini aytadi. Biroq, keyinchalik "hisob-kitoblaridagi hatolikni payqab qolgan" emish...


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz



Yangilаndi: 13.12.2018 09:06  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar arktangens shimoliy yarimsharda mavjud bo'lsa,
demak, janubiy yarimsharda

Antarktangens ham mavjuddir!!!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 807
O'qilgan sahifalar soni : 4461527

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)