Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Horijlik olimlar "Buyuk San'at" - Ferrari va Tartalya.

"Buyuk San'at" - Ferrari va Tartalya.

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 16
Juda yomon!A'lo! 
Maqola mundarijasi
"Buyuk San'at"
Stsipion del Ferro
Nikkolo Tartalya.
Jerolamo Kardano
Kardano va Tartalya.
Luidji Ferrari.
«Ulug‘ san’at».
Ferrari va Tartalya.
Qa?ramonlarning keyingi taqdiri
?otima.
Hamma sahifa

Ferrari va Tartalya. 1539 yilgi uchrashuvdan so‘ng Kardano va Tartalya bir-biri bilan kam yozishgan. Bir kuni Tartalyaga uning o‘quvchisi eshitishiga qaraganida Kardano yangi kitob yozayotganligini aytdi. Tartalya darhol Kardanoga ogohlantiruvchi xat yozdi, ammo o‘zini tinchlantiruvchi javob oldi. Ikkinchi marta, Kar­dano keltirilmaydigan holga duch kelib, buni tushuntirib beradigan javob olish maqsadida Tartalyaga xat yozadi, ammo biror ma'noli javob olmaydi. "Buyuk san'at"ning (1545-y.) nashr etilishi Tartalyani qanday hayajonga solganini ko‘z oldimizga keltirishimiz juda qiyin. Tartalya "Muammolar va turli xil kashfiyotlar" nomli o‘z kitobining oxirgi qismida Karda­no bilan o‘zaro munosabatlariga bog‘liq yozishmalar va suhbatlar haqida yozadi, uni koyiydi va ta'na qiladi. Kardano bu koyishlarga parvo qilmaydi, ammo Tartalyaga 1547 ynli 10 fevralda Ferrari javob yozadi. U Tartalya ta'nalarini rad etadi, uning kitobidagi kamchiliklarni ko‘rsatib utib, bir holda uni begona kishining natijalarini o‘zlashtirib olishda ayblaydi, boshqa holda xotirasining yomonligidan dalolat beruv­chi (u vaqtda bu juda katta ayb sanalganga o‘xshaydi) takrorlashni keltiradi. Oxirida Tartalya "geometriya, arifmetika yoki u bilan bog‘liq Astrologiya, Musiqa, Kosmografiya, Istiqbol, Me'morchilik va boshqa" singari fanlar bo‘yicha ommaviy disputga chaqiriladi. U bu sohalarda yunon lotin yoki italyan mualliflari tomonidan yozilgan asarlarnigina emas, xatto agar o‘z navbatida Tartalya, Ferrarining ishlarini muhokama qilishga rozi bo‘lsa, Tartalyaning ishlari haqida ham munozara yuritishga tayyor ekanini bildiradi.

An'anaga ko‘ra "Kartel" (chaqiriq)ga javoban "Savollar" yuborilar edi. Ular 19 fevralda keldi. Tartalya bu tortishuvga Kardanonnng o‘zini jalb qilishni istaydi: "Men janob oliylarini (Sizni emas) o‘z qo‘llari bilan biror narsa yozishga majbur etish uchun ham qaynoq haqoratomuz xat yozgan edim, chunki meni u bi­lan eski hisob-kitobim bor" deb yozadi Tartalya. Musobaqa shartlarini muhokama etish cho‘zilib ketdi. Tartalya Kardano musobaqadan chetda qolishiga aqli etdi. Shunda u Ferrarini o‘z fikricha mustaqil emasligini ta'kidlaydi, u Ferrarini "Kardanoning kashfiyoti" deb ataydi, chuki Ferrari birinchi kartelda o‘zini shunday deb atagan edi. Hamma savollar ularning ikkovga qaratilgan: "Siz messer Jerolamo va Siz messer Luidji...". Yozishmada juda qiziq narsalar bor. Masalan, ikkinchi kartelda Kardano bilan Tartalyaning go‘yoki Ferrari eshitib qolgan suhbati keltirlgan: "...xo‘sh Sizga yana nima kerak?-Men o‘z kashfnyotimni yoyilib ketishini istamayman,- Nega endi? - Chunki hech kim bundan foydalanmasligi kerak- haqiqatan ham biz faqat o‘zimiz uchun tug‘ilmasdan, vatanimiz va butun insoniyat uchun tug‘ilgan bo‘lsak, agar sen boshqalar ham foydalana oladigan biror qimmatli narsa o‘ylab topa olsang, nega undan boshqalarning foydalanishini istamaysan?" Bu dialogda "istamaydigan" - Tartalya, uni kashfiyotlarini ommaga oshkor qilishga da'vat qilayotgan - Kardano ekanini fahmlash qiyin emas.

Yozishma bir yarim yil davom etdi va Tartalya to‘satdap Milanda musobaqalashishga rozi bo‘ldi, Sababi nimada? Bu vaqtda u ona yurti Breshiyaga maqtab yozilgan taklifnoma oldi (1548-yil, mart), u yerda Tartalya ommaviy ma'ruzalar o‘qishi (ilgari bunday bo‘lmagan edi), xususiy mashg‘ulotlar olib bor ishi "bunda ba'zi doktorlar va nufuzli shaxslar qatnashishi lozim edi". Ishlar unchalik muvaffaqiyat bilan bormasdi. Tartalyani uning himoyachilari chaqiriqni qabul qilishga majbur etgan degan fikr mavjud, ular g‘alaba Tartalyaning holatini yaxshilaydi deb umid qilishgan. Bahs 1548-yili 10 avgustda Milanda bo‘ldi. Unda juda ko‘p mashhur shaxslar, jumladan Milan gubernatori ham hozir bo‘ldi, ammo Kardano qatnashmadi. Disput haqida Tartalyaning qisqa yozishmalari mavjud, ammo u bo‘yicha haqiqiy _holatni ko‘z oldiga keltirish qiyin. Bunda Tartalya juda qattiq zarba eganga o‘xshaydi. Shu narsani esda tutish kerakki, bahsning kelishmovchiligini olib kelgan muammoga _hech qanday aloqasi yo‘q edi, umuman bahslar, dueldagi kabi haqiqatni bilishlarga juda kam o‘xshar edi. Duduq Tartalyaning omma orasida go‘zal va yosh Ferrariga bas kelishi qiyin bo‘l­gan.

 



Yangilаndi: 13.12.2018 09:06  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Buyuk olimlar fotogalereyasi

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltaviy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Mavzuga oid boshqa materiallar

Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 807
O'qilgan sahifalar soni : 4461572

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis