Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish

Rim raqamlari

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

Rim raqamlari

Qadimgi Rimliklar hozirgi kunda ham Rim raqamlari nomi bilan saqlanib kelayotgan raqamlash tizimidan foydalanishgan. Biz bu tizimda, asrlarni ifodalashda, konferensiyalar, libos olchamlari, kitob boblari kabilarni belgilashda hali hanuz foydalanamiz. Masalan, XIX asr, XXL olchamli kiyim, kitobning XXII bobi, yoki, qirolicha Yelizaveta II kabi sozlarda rim raqamlarini qollaymiz. Rim raqamlarining eng keyingi shakllari quyidagicha:

I=1, V=5, X=10, L=50, C=100, D=1000, M=10000

Ilgari sonlarni ifodalash uchun lotin alifbosidagi harflarning boshqacharoq shaklidan foydalanishgan. Lekin rim raqamlarining bizgacha yetib kelgan va hozir ham qollanadigan korinishi aynan shu holatdagisidir.

Rim raqamlarining kelib chiqishi haqida aniq malumotlar yoq. V raqami dastlab qol panjasini ifodalagan bolsa, X raqami ikkita beshlikdan yasalgan bolishi ehtimol.

Rim raqamlarida beshli sanoq tizimining ildizlari sezilib turibdi. Rimliklarning sozlashuv tilida (lotin tilida) esa beshli sanoq tizimining asari ham yoq. Demak bu tizimni qadimgi rimliklar boshqa xalqlardan ozlashtirgan bolishi katta ehtimol. Masalan, qadimgi Italiya hududida yashagan Etrusk xalqlari ushbu tizimning asoschilari bolishi mumkin.

Rim raqamlash tizimida 5000 gacha bolgan hamma sonlar yuqorida korsatilgan belgilar orqali, ularni keraklikcha takrorlab yozish orqali ifodalanadi. Bunda oziga xos qoidalar mavjud: agar rim raqamlari bilan yozilgan sonda katta raqam avval, kichik raqam keyin tursa (chapda katta raqam, ongda kichik raqam tursa) ular qoshiladi. Agar kichik raqam avval (chapda) katta raqam esa ongda tursa, unda kichigi kattasidan ayriladi. Ushbu holatda kichik raqam son tarkibida qayta ishlatilmaydi. Masalan, VI=6, ya'ni, V+I; IV=4, ya'ni, V?I boladi. Shuningdek, XL=40, chunki L?X (50-10); LX=60 (L+X=50+10) boladi. Rim raqamlari bilan son yozishda bitt raqamni ketma-ket uch martadan ortiq yozish mumkin emas. Masalan, LXX=70, LXXX=80; lekin 90 ni LXXXX deb yozish notogri. Buning orniga 90 uchun XC yoziladi (ya'ni, C?X=100-10).

Dastlabki 12 ta son rim raqamlari bilan quyidagicha yoziladi:

I, II, III, IV, V, VI, VII, VIII, IX, X, XI, XII.

Bu xil yozishda katta sonlar bilan arifmetik amallar bajarish juda qiyin. Shunga qaramay, rim raqamlash tizimi Italiyada XIII asrgacha, Garbiy Yevropaning boshqa mamlakatlarida esa XVI asrgacha ishlatib kelingan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 14.09.2018 11:26  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - Iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Iyd al-Adho - Qurbon Hayiti . (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

Tezkor tayyorlanadian lapsha taomlar ishlab chiqaruvchisi kimyo bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya etildi. Uning masalliqlarida, ilgari fanga noma'lum bo'lgan kimyoviy elementlar aniqlandi..


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 798
O'qilgan sahifalar soni : 4101894

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)