Orbita . U Z

...Ilm-fan fazosi uzra!

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa Maqolalar Tabiat qonunlari Turlar miqdorining ekotizim maydoniga bog‘liqligi

Turlar miqdorining ekotizim maydoniga bog‘liqligi

E-mail Chop etish
Maqola Reytingi: / 12
Juda yomon!A'lo! 

Turlar miqdorining ekotizim maydoniga bog‘liqligi

Muayyan ekotizimda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan turlar soni mazkur ekotizim maydoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. Maydon qanchalik katta bo‘lsa, unda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan turlar soni ham ko‘proq bo‘ladi.

Haqli savol tug‘iladi: haqiqatan ham kichik ekotizimlardagi turlar soni yirik ekotizimlardagidan ko‘ra kamroq bo‘ladimi? Bir tarafdan, maydon qanchalik katta bo‘lsa, undagi foydalanishga yaroqli bo‘lgan turli ekologik makonlar ham shunchalik ko‘p bo‘ladi deb umid qilish mumkin. Boshqa tarafdan, masalan nima uchun yaylov maydonining ikki barobar qisqarishi tufayli undagi biologik xilma xillik ham shunga monand kamayadi deb o‘ylash kerak o‘zi? Tushunarliki, bunda organizmlarning umumiy soni kamayadi albatta, lekin nimaga endi bunda o‘sha yaylovda yashaydigan turlar soni ham kamayishi sodir bo‘ladi?

 

Bu savolning javobini olimlar eksperimental yo‘l bilan topishgan. Xususan, ekologlar juda ko‘p tajribalar olib borishgan. Shunday tajribalardan birida, Florida sohili yaqinidagi dala maydonlaridan birida hatto foydalanishga yaroqli hududni benzopila bilan ajratib alohidalab ko‘rishgan! Qizig‘i shundaki, bunday tajribalarning natijalari va xulosalari materik ekotizimlari uchun ham va orollarning ekotizimlari uchun ham bir xil bo‘lib chiqqan. Agar, ekotizim maydonini A deb olsak va turlar sonini S deb olsak, unda, bu ikki qiymat orasidagi bog‘liqlik quyidagi formula orqali ifodalanadi:

bunda n – 0,1 dan 0,3 gacha bo‘lgan son, K esa ekotizim maydoni birligiga to‘g‘ri keluvchi turlar soni. Mazkur ifoda turlar miqdorining ekotizim maydoniga bog‘liqligi tenglamasi deb yuritiladi.

Biroq, shuni e’tiborga olish kerakki, garchi turlarning miqdori ekotizim maydoni bilan shubhasiz uzviy bog‘liq bo‘lgani bilan, lekin bu bog‘liqlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas. Xususan, ekotizim maydoni n=0,3 ikki karra kattalashsa ham, undagi turlar miqdori faqat 23% ga ko‘payadi xolos.

Shunga qaramay, mazkur qonuniyat biologik xilma-xillikni asrash borasidagi va tabiat muhofazasi bilan bog‘liq jarayonlar uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Xossatan biz shuni yaxshi anglashimiz kerakki, muayyan ekotizimning maydonini qisqartirish oqibatida biz uning hajman kichikroq nusxasini emas, balki, undan tamomila boshqacha bo‘lgan, turlar soni sezilarli kamroq bo‘lgan butunlay o‘zgacha yangi ekotizimga ega bo‘lamiz. Boshqacha aytganda, yovvoyi tabiatning o‘nta kichik-kichik bo‘laklari o‘zida tutishi mumkin bo‘lgan turlar soni, agar ushbu o‘nta bo‘lak yagona yalpi yaxlit holda bo‘lganda o‘zida tutadigan turlar sonining faqat taxminan yarmini tashkil qiladi xolos. Va shuningdek aksincha, muayyan ekotizimning maydonini kengaytirish ham undagi biologik xilma-xillikning proporsional ko‘payishiga olib kelmaydi. Shu sababli ham odatda, mutlaqo yangi ekotizimlarda qo‘riqxonalar tashkil qilgandan ko‘ra, kuch va vositalarni allaqachon mavjud ekotizimni kengaytirish uchun yo‘naltirgan ma’qulroq bo‘ladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda: @OrbitaUz

Google+ : https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz: https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 17.01.2024 09:34  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Sizda mulohaza qoldirish imkoniyati mavjud emas. Mulohaza qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'tish kerak.

Banner

Orbita.Uz infotekasi

Milliy bayramlarimiz

Yaqin kunlardagi rasmiy bayramlar, kasb bayramlari, muhim tarixiy va xalqaro sanalar.

26 - may - Kimyogarlar kuni


1 - iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni


5 - iyun - Iyd al-Fitr - Ramazon hayiti (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


13 - Iyd al-Adho - Qurbon hayoti kuni (Dam olish kuni) (oy chiqishiga qarab bir kunga o'zgarishi mumkin)


 

1 - Sentyabr - Mustaqillik kuni. (Dam olish kuni)


2 - Sentyabr - Bilimlar kuni.


 

1 - Oktyabr - Ustoz va murabbiylar kuni. (Dam olish kuni)

O'zbekiston shaharlari ob-havo ma'lumotlari

Orbita.Uz do'stlari:

Ziyo istagan qalblar uchun:

O'zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona!

​Ўзбекча va o'zbekcha o'zaro transkripsiya!
O'zbekcha va ўзбекча ўзаро транскрипция!

Bizning statistika


Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Agar qizil qalpoqcha,
bo'ridan yorug'lik tezligiga yaqin tezlikda qochsa,
u infraqizil qalpoqchaga aylanadi...


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 880
O'qilgan sahifalar soni : 11839101

Tafakkur durdonalari

Xitoydan bo'lsa ham ilm o'rganinglar.

Hadis