Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa
SI tarixi


Soniya

E-mail Chop etish PDF

Soniya

SI ning asosiy birliklaridan yana biri bu - soniyadir. Uning amaldagi ta'rifi 1967-yilda qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra, soniya - Seziy-133 atomining ikkita o‘ta nozik sathlari orasidagi bir-biriga o‘tishiga muvofiq keladigan yorug‘lik nurlanishining 9 192 631 770 davriga teng ekanligi belgilangan. Seziy-133 atomining o‘ta nozik sathlari orasidagi kvant o‘tishi deganda, asosiy holat S1/22 uchun, F=4, mF = 0?F=3, mF=0 qo‘zg‘almas o‘tish nazarda tutiladi.

Shuni ta'kidlash kerakki, vaqt birligining mazkur ta'rifi, huddi metrniki kabi, uzoq yillar davomida, turli variantlardagi aniqlash va ta'riflash usullariing murakkab evolyutsion bosqichlardan o‘tib kelishi natijasida shakllangandir. Vaqtning o‘lchov birligini aniqlash, uzunlik va masofa o‘lchov birliklarini aniqlashga nisbatan birmuncha murakkabliklarga ega, chunki, metr va kilogrammlar uchun bir marotaba mukammal etalon tayyorlab olib, uni ishonchli joyda saqlash va zaruriyat bo‘lganda, undan namunalar olish mumkin. Biroq vaqt esa, doimiy harakatda bo‘lib, uning o‘lchov birligini aniqlashda, nisbiy solishtirish ishlarini bajarish kerak bo‘ladi.

Yangilаndi: 23.05.2019 09:36
 

Xalqaro Birliklar Tizimi - SI ning paydo bo'lishi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 8
Juda yomon!A'lo! 

Xalqaro Birliklar Tizimi - SI ning paydo bo'lishi

XIX asr oxiri va XX asr boshida SGS, MTS, MKSA, MKKGS kabi bir necha xil birliklar tizimlari paydo bo'ldi. Shu tahlit, xalqaro miqiyosda qabul qilingan birliklar tizimlari kopayib ayni bir kattalikka tegishli qiymatni turli tizimlarda turlicha ifodalash, kattalikni ozini esa har xil tariflashga majbur bolinadigan vaziyat yuzaga keldi. Bundan tashqari amalda kop qollaniladigan lekin tizimlashmagan nostandart birliklar, hamda koplab davlatlarda mahalliy ijtimoiy tuzumda uzoq asrlardan beri muqim ornashib qolgan milliy birliklarning ham amaliy ahamiyati yuqoriligicha qolgan bolib, bu holat hisoblashlarda, xalaqaro savdo munosabatlarida va ilmiy natijalarni ifodalashda bir qancha murakkabliklarni keltirib chiqarar edi. Xususan, biror birlikni bir tizimdan ikkinchi tizimga otkazishda kattaliklar qiymatlarining oldiga otkazish koefitsientlarini qoyish, bir qancha matematik amallarni qoshimcha bajarishga majbur bolinardi. Natijada, fizik kattaliklarning metrik tizimiga asoslangan yagona xalqaro tizimini ishlab chiqish va dunyo miqiyosida joriy etish, kun tartidagi dolzarb masalaga aylandi. Bu tizimga qoyiladigan asosiy talablarga binoan, qabul qilinishi lozim bolgan yangi tizim, amaldagi barcha tarqoq xalqaro birliklar tizimlarining va tizimlashmagan nostandart birliklarning ornini butunlay bosa olishi hamda, amaliy foydalanishga qulay bolishi shart edi.

 

O‘lchov va tarozilar xalqaro qo‘mitasi hamda, Metr Konvensiyasi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 7
Juda yomon!A'lo! 

O‘lchov va tarozilar xalqaro qo‘mitasi hamda, Metr Konvensiyasi

O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Qo‘mitasi (O‘TXQ) 1875-yilning 20-may kunida, 17 davlat delegatlari ishtirokidagi Metr diplomatik Konferensiyasining yakuniy qaroriga ko‘ra Metr Konvensiyasiga binoan ta'sis etilgan. Konvensiyaga 1921-yilda o‘zgartirish va tuzatishlar kiritilgan.

O‘TXQ, farang hukumati tomonidan ajratib berilgan, Parij yaqinidagi Pavillon de Breteuil (Parc de Saint-Cloud) dagi 43 520 m2 maydonda joylashgan shtab - kvartirasida faoliyat yuritadi va Metr Konvensiyasining a'zo davlatlari tomonidan moliyalashtiriladi.

O‘TXQning asosiy vazifasi - butun jahon bo‘yicha o‘lchovlarning yagona, unifikatsiyalashgan tizimini ta'minlash; bu borada:

  • Asosiy fizik kattaliklar uchun o‘lchov birliklarining fundamental standartlarini o‘rnatish hamda, xalqaro etalonlarni saqlash;
  • Milliy va Xalqaro standartlarni muvofiqlashtirish;
  • O‘lchov texnikalarini tegishli tartibda muvofiqlashtirish;
  • Fundamental fizik konstantalarning miqdoriy qiymatlarini va o‘lchamlarini yuqori aniqlik darajasida ishlab chiqish va muvofiqlashtirsh;
Yangilаndi: 24.12.2018 09:57
 


Banner

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Kimyo o'qituvchisi Boltavoyga savol beryapti:

-Boltavoy, doskada qaysi moddaning formulasi yozilgan?

Boltavoy vaziyatdan chiqmoqchi bo'lib:

-Domla, shu tilimni uchida turibdiyu, aytolmayapman-da!

Shunda domla rangi oqarib, titroq ovoz bilan:

-Tez tupurib tashla! Axir bu zaharli kislota-ku!!!


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 810
O'qilgan sahifalar soni : 4538132

Tafakkur durdonalari

Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, aqlli va baxtli bo'lishlari shart...

I. Karimov