Orbita . U Z

Ilm-fan fazosi uzra

  • Shrift o'lchamini kattalashtirish
  • Odatiy shrift o'lchami
  • Shrift o'lchamini kichiklashtirish
Bosh sahifa

Massaning atom birligi

E-mail Chop etish PDF
Maqola Reytingi: / 1
Juda yomon!A'lo! 

Massaning atom birligi

Zarracha (molekula, atom va hokazo) larning massasini ifodalash uchun avvallari ikki usuldan foydalanilar edi. Birinchisi — ularning massa birligi — grammlar bilan ifodalanadigan mutlaq qiymatlari va ikkinchisi — ularning nisbiy kattaliklari (shartli ravishda birlik sifatida qabul qilingan biror zarracha massasiga nisbati). Fizika va kimyoda qabul qilingan bunday kattalik — massaning atom birligi (m.a.b.) bir-biridan bir oz farqlanar edi.

Kimyoda massaning atom birligi sifatida tabiiy kislorod atom massasining 1/16 hajmi qabul qilingan edi. Bu birlik kimyoviy-kislorod shkalasi boʼyicha massaning atom birligi nomiga ega boʻlib,u

1,660210-27 kg ga teng edi.

Fizikada esa massaning atom birligi sifatida massa soni 16 ga teng boʻlgan eng yengil kislorod izotopi massasining 1/16 qismi qabul qilingan edi (maʼlumki, massa soni atom yadrosidagi proton va neytronlarning yigʻindisiga teng).

Bu birlik fizik-kislorod shkalasi boʼyicha massaning atom birligi nomi bilan atalib, u 1,659710-27 kg ga teng edi.

Massaning atom birligi kattaliklarining kimyoviy va fizik-kislorod shkalalari boʻyicha olingan oʻlchamlaridagi farq quyidagicha tushuntirilar edi. Kimyoviy shkalaga asos qilib olingan tabiiy kislorod, massa sonlari 16; 17 va 18 ga teng boʻlgan uchta barqaror kislorod izotoplaridan iborat; bu uch izotop tabiiy kislorod tarkibida 99,76; 0,04 va 0,20 foizdan mavjud. Shuning uchun kimyoviy-kislorod shkalasi boʻyicha olingan massaning atom birligi fizik-kislorod shkalasi boʻyicha olingan massaning atom birligidan 1,00 275 marta katta.

Massaning atom birliklarini birxillashtirish maqsadida va, shuningdek, atom massalarining aniq eksperimental taʼrifi kislorod atomidan koʻra uglerod atomlari bilan koʻproq bogʻliq ekanligini eʼtiborga olib, Nazariy va amaliy fizika Xalqaro ittifoqi [IYUPAP] bilan Nazariy va amaliy kimyo Xalqaro ittifoqi [IYUPAK] birgalikda, 1961 yilda uglerod atomi asosida fizika va kimyo uchun yagona boʻlgan massaning atom birligini oʻrnatishga qaror qabul qildi.

Uglerod shkalasi boʻyicha massaning atom birligi , yuqorida aytganimizdek, massa soni 12 ga teng boʻlgan uglerod massasining 1/12 qismiga teng. Uglerod shkalasi boʻyicha massaning atom birligining hozirgi kunda aniqlangan eng katta anqilik darajasidagi qiymati 1.66053886 (28) 10−27 kg ga teng.

Kimyoviy-kislorod shkalasi boʻyicha massa atom birligining uglerod shkalasi boʻyicha massa atom birligiga nisbati 1,00 0043 ga teng; fizik-kislorod shkalasi boʻyicha massa atom birligining uglerod shkalasi boʻyicha massa atom birligiga nisbati esa 1,000319 ga teng.

Hozirgi kunda buning unchalik ahamiyati boʻlmasa ham, shuni yodda tutish kerakki, massaning yangi atom birligi kimyoviy shkala boʻyicha olingan eskirgan birlikka ancha yaqin. Massaning yangi atom birligi asosida kimyoviy elementlarning atom massalari, kimyoviy moddalarning molekulyar massalari va atom yadrolarining massalari aniqlanadi.

Massaning atom birligi (m. a. b.) ga old qoʻshimchalar qoʻshib ishlatish va yangi oʻlchovlar hosil qilish mumkin emas.

.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:

Feysbukda:https://www.facebook.com/Orbita.Uz/

Tvitterda:@OrbitaUz

Google+ :https://plus.google.com/104225891102513041205/posts/

Telegramdagi kanalimiz:https://telegram.me/OrbitaUz

Yangilаndi: 24.05.2019 09:19  
Maqola yoqdimi? Do'stlaringizga ham tavsiya qiling:

Mulohaza bildiring:


Mahfiy kod
Yangilash

Banner

Orbital latifalar :) :)

????????????????????????

Faylasuf va fizik suhbatidan:

-Muhabbatning kuchi nimada deb o'ylaysiz? - deb so'radi faylasuf.

-Buning javobi juda oson, Muhabbatning kuchi, uning tezlanishi va massasining kopaytmasiga teng, ya'ni Fmuh=ma... - deb javob berdi fizik.


Birliklar Konvertori

Birlik / Kattalik turini tanlang:
Qiymatni kiriting:

Natijaviy qiymat:

© Orbita.uz

Kontent statistikasi

Foydalanuvchilar soni : 368
Kiritilgan mаqolalar soni : 810
O'qilgan sahifalar soni : 4538056

Tafakkur durdonalari

Dunyo imoratlari ichida eng ulug'i - MAKTABDIR! (M Behbuduy)